Kafedrasi kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslari uchun


Reja Kreativlik haqida tushuncha


Download 0.57 Mb.
bet61/106
Sana11.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1450320
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106
Bog'liq
umumiy pedagogika

Reja

  1. Kreativlik haqida tushuncha.

  2. Pedagogik kreativlik va ta‘lim jarayonida kreattibvlikning o‘rni.

  3. Pedagog faoliyatiga kreativ yondashuv.

  4. O’qituvchining ijodkorlik sifatlari.



Tayanch iboralar: Kreativlik, pedagogik kreativlik, kreativ yondashuv, pedagogik ijodkorlik.


Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative ” yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi. SHaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o’tkirlikni tavsiflaydi. SHuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.
Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o’zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o’zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi.
Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirilib boriladi.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo’lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo’naltiradi. Oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega bo’lishlari ularda o’quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an’anaviy yondashishdan farqli yangi g’oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o’ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi.
Binobarin, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatin tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi, ilg’or, talabalarning o’quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish, ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo’lishga e’tibor qaratadi.
Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy -tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o’zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi.
Pedagog o’z-o’zidan ijodkor bo’lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo’lgani kabi bo’lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo’yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o’zini o’zi ijodiy faoliyatga yo’naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.
Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy -irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o’z oldiga muammoli masalalarni qo’yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo’lgan dalillar bilan to’qnash keladi. Buning natijasida o’z ustida ishlash, mustaqil o’qib o’rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Pedagogning ilmiy -tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirishi unda kreativlik potentsialini yanada rivojlantiradi.
Zamonaviy ta’lim barcha turdagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o’qituvchi, pedagoglarning ijodkor bo’lishlarini taqozo yetmoqda. Pedagogik kreativlik (ijodkorlik) - pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g’oyalarni yaratish, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo’lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati. “Pedagogik ijodkorlik” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:

  • O’qituvchilar tomonidan o’quv fanlarini past o’zlashtirayotgan va ularini o’rganishni zerikarli deb hisoblayotgan o’quvchilar e’tiborlarini fan asoslarini o’zlashtirishga jalb etish;

  • O’qituvchilarga o’quvchilarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag’batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish. Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo’lmasligi tufayli o’quvchilar ham qiziqarli va ajoyib g’oyalarga ega bo’lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo’l qo’yadi. Bu sababli ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan metodlar o’quvchilarda erkin, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi.

Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo’ladi. Ular quyidagilardir:
1. Me’ѐriy hujjatlar (o’quv fanlari bo’yicha DTS, o’quv dasturi va rejalari)ni tayyorlash;
2. O’quv manbalari (darslik, o’quv-metodik va metodik qo’llanma,tavsiyanoma, lug’at, entsiklopediya, atlas, ish daftari )ni yaratish ;
3. Ta’lim jarayoni va ma’naviy-ma’rifiy ishlar loyihalarini tayyorlash;
4. O’quv axborotlari, nazorat hamda sinov topshiriqlarini shakllantirish;
5. Ta’lim jarayonini qiziqarli, jonli, jo’shqin tashkil etish;
6. Ilmiy-tadqiqotlarni muvaffaqiyatli olib borish;
7. Ilmiy va metodik anjumanlarda faol ishtirok etish, chiqishlar qilish;

  1. . Ilmiy, ilmiy-metodik va metodik ishlarni chop ettirish;

  2. . Davriy hisobotlarni topshirish, attestatsiyadan o’tish;

Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil tilishi uning kreativligi qay darajaa ekanligiga bog’liq bo’ladi. Kreativ pedagogikaning umumiy ohiyati uning konpeptsual holatlarini ifodalovchi tushunchalar quyidagilardan iborat:

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling