An’anaviy o’qitish asosini, Ya.A. Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika jarayonlari tashkil etadi:
ilmiylik; tabiatga monandlik (o’qitish rivojlanish bilan belgilanadi, ammo shakllanmaydi);
uzviylik va tizimlik; o’zlashtiruvchanlik (soddadan murakkabga) mustahkamlik (takrorlash,)onglilik va faoliyat (qo’yilgan maqsadni bilgan va buyruqlarni bajarishga faol bo’lgan) nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi;
yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish;
SHuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim
SHaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasi - ta’lim oluvchining fikrlash va harakatini inobatga olgan holda uning shaxsi, o’ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim.
SHaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar jarayonlari:
Insonparvarlik, insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko’rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo’ravonlikdan to’la voz kechish;
Hamkorlik, pedagog va ta’lim oluvchilar munosabatidagi tenglik, sheriklik;
Erkin tarbiyalash, shaxsga hayot faoliyatini tanlab olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish.
SHaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarning kommunikativ asosi -Ta’lim oluvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi.
Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilardir:
ta’lim oluvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish, ta’lim oluvchining erkin tanlab olish huquqi; xatoga yo’l qo’yish huquqi;o’z nuqtai nazariga ega bo’lish huquqipedagog va ta’lim oluvchi munosabatining asosi: ta’qiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.
Samarali natija bermaydigan hisoblanadigan majburlash pedagogikasidan voz kechish muhim. Tarbiya jarayonida jazolash insonni kamsitib, rivojlanishini susaytiradi, itoatkorlik xususiyatlarini shakllantiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |