Kafedrasi kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslari uchun


Download 0.57 Mb.
bet54/106
Sana11.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1450320
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   106
Bog'liq
umumiy pedagogika

Ta’lim dasturi quyidagi tamoyilga asoslanib tuziladi:
bolalarga yetarli bilim berish;
har bir yoshga xos bilim va malakalar;
bilim va malakalarni sekin-asta murakkablashtirib borish; materialning bir maqsadga qaratilganligi;
maqalliy materiallardan foydalanish; tabiatdagi voqealar;
ta’limga doir bo’limlar orasidagi bog’liqlik.

  • Didaktik o’yinli darslarni o’quvchilarning bilim olish va o’yin faoliyatining uyg’unligiga qarab: syujetli-rolli o’yinlar, ijodiy o’yinlar, ishbilarmon-lar o’yini, konferentsiyalar, o’yin-mashqlarga ajratish mumkin.

Munozarali darslar
Munozarali darslar muammoli ta’lim texnologiyalariga asoslanadi.

  • Munozarali darslar mazmuni va mohiyatiga ko’ra 2 turga bo’linadi:

  • 1. Ilmiy munozara darslari;

  • 2. Erkin fikrlash darslari.

Ilmiy munozara darslari dasturdagi muayyan bir mavzuni o’rganishga bag’ishlanadi. Mazkur dars oldida quyidagi vazifalar turadi:

  • 1. O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish orqali tahsil olishga va fanga qiziqishlarini orttirish, bilimlarini kengaytirish.

  • 2. O’quvchilarning avval o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini odatiy, tanish va kutilmagan yangi vaziyatlarda qo’llanishi orqali yangi bilimlarni egallashlariga erishish.

  • 3. O’quvchilarning bilimidagi mavhum tushunchalarni aniqlash va ularga barham berish, bilim olishga bo’lgan intilishlarini rivojlantirish.

  • 4. O’quvchilarni nutq madaniyatini o’stirish, o’z fikrlarini lo’nda va mantiqan to’g’ri bayon etish, ularda dalillash ko’nikmalarini hosil qilish.

  • M: Biologiya fanidan munozarali darslar «Odamning paydo bo’lishi», «Erda hayot paydo bo’lishi va dastlabki rivojlanish», «Genetika asoslari» kabi mavzulardagi umumlashtiruvchi darslarda foydalaniladi.

  • Seminar darslari o’quvchilar o’quv materialini o’qituvchi tavsiya etgan reja asosida, manbalardan foydalanib, mustaqil o’rganadilar. Bunday darslar o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, bilimlarni mustaqil egallashlarida katta imkoniyatlarga ega. Bu jarayonda o’qituvchining vazifasi, o’quvchilarning seminar mashg’ulotlariga tayyorgarligi, o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish xisoblanadi.

O’quvchilar seminar darsiga tayyorlanish uchun quyidagilarga amal qilishi kerak.

  • 1. Seminar darsida bajariladigan topshiriq yoki savollarni diqqat bilan o’qib chiqishi.

  • 2. Bu savollarga darslikdan foydalanilmasdan, o’z bilimiga tayangan holda javob berishga harakat qilishi.

  • 3. Seminar topshirig’i yoki savollarga binoan darslik yoki tavsiya etilgan adabiyotlardan kerakli betni topishi, matndan savollarga javob izlashi, o’qiganlarini idrok etishi, mag’zini chaqishi, yodda saqlashga harakat qilishi.

  • 4. O’quv reja tuzib shu reja asosida javob yozishga harakat qilishi javob qisqa va aniq bo’lishiga erishish.

  • 5. Javoblar yakunida xulosa chiqarishi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini yozishi.

Seminar darsining tuzilishi taxminan quyidagicha bo’lishi mumkin.

  • O’qituvchining kirish so’zi. Unda seminar darsning vazifasi, rejasi va dars davomida xal qilinishi lozim bo’lgan muammolar bayon etiladi.

  • 2. Seminar savollariga binoan o’quvchilarning javoblari tinglanadi.

  • 3. Munozarali ahborotlar mazmuni muxokama qilinadi.

  • 4. Seminar mashg’ulotlarini yakunlash unda o’quvchilar javobi taxlil qilinib, ularning munozaradagi ishtiroki baholanadi. Seminar mazmuni umumlashtirib, yakun yasaladi.




Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling