O’rgatish- ta’lim maqsadini amalga oshirish bo’yicha pedagogning tartiblangan faoliyati.
O’rgatish – axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish ko’nikmalarining ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilishini turli vosita va usullarni qo’llab tushuntirish, ko’rsatish va mashqlarni amalga oshirish jarayoni.
O’rgatish – ijtimoiy xulq – atvorni oddiy shaklga aylantirish maqsadida ta’lim oluvchilar bilan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan turli harakatlar, tashkiliy va amaliy ishlarga undovchi faoliyatdir..Ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy tarkibi sifatida ta’lim oluvchi ham ishtirok etadi. Ta’lim oluvchilarning vazifasi esa o’rganishdir.
O’rganish - anglash, mashq qilish va egallangan tajribalar asosida xulq – atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni. O’rganish – axborotdan foydalanish va turli harakatlarni ko’rsatilgan tartibda mustaqil bajarish ko’nikmalarini egallash.
Nima uchun?: Ta’lim maqsadlari
Maqsad – qo’yilgan muammo (maqsad) yechimiga intilishi yo’nalishi va bu boradagi harakatlar natijasi.
Maqsadlar ta’limni boshqaruv faoliyatiga qarab, bir oddiy ta’limiy masala yechimiga qaralishidan tortib, uzluksiz ta’lim tizimidagi turli faoliyatlargacha belgilanib berilaveradi.
Ta’lim maqsadlari- muayyan ta’lim jarayoni yakunida ta’lim oluvchi tomonidan o’zlashtirilishi, yangi hosil qilinishi lozim bo’lgan BKM va shaxsiy fazilatlarni belgilaydi.
Ta’lim maqsadlari oldindan ko’zlangan yakuniy natijalar tavsifidir. Har qanday dars aniq maqsadga yo’naltirilgan o’quv jarayonidir. Maqsadlar aniq bo’lsa, mazmunini belgilash va didaktik nuqtai nazardan ishlab chiqishga kirishish mumkin.Darsning maqsadlari oldindan aniqlanadi. Aniqlangan ta’lim maqsadlari, dars mazmuni bo’yicha qaysi nazariy manbalarni tanlash, uni o’tkazish bo’yicha qanday metodik va didaktik vositalardan foydalanish lozimligini belgilab beradi. Maqsadlar yozma ravishda dars rejasiga kiritiladi va maqsad erishilgan-erishilmaganligi baholash yordamida tekshiriladi va mustahkamlanadi.
Nimani?: Ta’lim mazmuni
Do'stlaringiz bilan baham: |