Kafedrasi mavzu
Radiatsion, kimyoviy va biologik razvedka bo‘linmalari qo‘shinlar maxsus harakatida amalga oshiradigan tadbirlar
Download 0.96 Mb.
|
Asronqulov Iskandar
2.Radiatsion, kimyoviy va biologik razvedka bo‘linmalari qo‘shinlar maxsus harakatida amalga oshiradigan tadbirlar.
Radiatsion, kimyoviy va biologik razvedka bo‘linmalari qo‘shinlar maxsus harakatida, qo‘shinlarni harakatlanish marshrutlarida, artilleriya bo‘linmalarining o‘t otish pozitsiyalarida, qarshi hujumga o‘tish marralarida, boshqaruv punktlarda radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyatni aniqlashini ta’minlaydi. Radiatsion, kimyoviy va biologik razvedka bo‘linmalari, joylarda, havodani radioaktiv nurlar bilan zararlanganligini, shuningdek, radiatsiya darajasi va zaharlovchi moddalar turi, radioaktiv va kimyoviy zaharlangan zona, rayon, uchastkalarini aniqlab belgilaydilar. Zaharlangan zona, rayon, uchastkalarini aylanib o‘tish yo‘llarini qidirib topadilar va joylarda kam miqdorda radiatsiya tarqalgan marshrut uchastkalarini va yo‘nalishlarini aniqlaydi. Joylarda radiatsiya quvvatini o‘zgarishi va havoning zaharlovchi moddalar bilan zaharlanish darajasini nazoratini olib boradi. Havoda, suv, tuproq, o‘simlik va boshqa narsalardan namuna (proba) olib laboratoriyaga yuboradilar va havoning erga yaqin qatlamlarida meteorologik kuzatuv ishlarini olib boradilar. R adiatsion, kimyoviy va biologik razvedka bo‘linmasi o‘z vazifalarini bajarish uchun boshqaruv punktlari, belgilangan rayonlar, qo‘shinlarni ko‘chirish marshrutlari, tashish va ko‘chirish yo‘llari, suv to‘siqlaridan o‘tish rayonlarida (uchastkalarida) radiatsion, kimyoviy va biologik kuzatuv postlari va radiatsion, kimyoviy va biologik razvedka dozorlarini o‘rnatadi. Radiatsion, kimyoviy va nomaxsus bakteriologik (biologik) razvedka uchun tayinlangan seksiya radiatsion, kimyoviy va biologik razvedka dozorini tashkil etadi. Radiatsion, kimyoviy va biologik razvedka dozori mustaqil ravishda yoki qo‘shinlar razvedka organlari, oldindagi reyd otryadlari va alohida, aylanib o‘tish otryadi, avangard, ommaviy qirg‘in qurollarini portlash o‘chog‘ida qutqaruv ishlarini olib boradigan otryadlar tarkibida harakatlanadi. Radiatsion, kimyoviy va biologik kuzatuv postlari umumiy qoidaga ko‘ra boshqaruv punktlarida radiatsion, kimyoviy va nomaxsus bakteriologik (biologik) kuzatuv olib boradilar. Maxsus radiotarmoq orqali, harbiy okrug va qo‘shilma shtablari o‘rtasida doimiy ravishda radiatsion, kimyoviy va biologik razvedka natijalari to‘g‘risida o‘zaro axborotlar almashinuvini tashkil etadi. Ayrim hollarda yuqorida turgan shtab tomonidan qo‘shilmalarni manfaatini ko‘zlab, havoda, erda, harbiy okrugning kuch va vositalari yordamida radiatsion, kimyoviy va biologik razvedka tadbirlari amalga oshirilishi mumkin. ushbu hollarda radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar yuqoridagi shtabga, yoki bevosita qo‘shilmalar shtabiga uzatilib turadi Havoda radiatsion, kimyoviy razvedka ishlarini tashkillashtirish uchun vertolyot aviatsiyasi bo‘linmalari ham qo‘llanilishi mumkin. Ularning zimmasiga radiatsion, kimyoviy zaharlangan zonalarni havodagi miqdorini aniqlash va zaharlangan zona, rayon, uchastkalarini aylanib o‘tish yo‘llarini qidirib topish va joylarda kam miqdorda radiatsiya tarqalgan marshrut uchastkalarini va yo‘nalishlarini aniqlash yuklatiladi. Qo‘shilmalar shtabi, qo‘shinlardan va radiatsion, kimyoviy va biologik razvedka bo‘linmalaridan keladigan radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi, tahlil qilib radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyatni baholashni amalga oshiradi. radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat prognoz (tashxiz) usuli bilan aniqlanishi ham mumkin. Radiatsion, kimyoviy va biologik zaharlanishdan, qo‘shinlarni o‘z vaqtida ogohlantirishni tashkil etilishi zarur. Dushman ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llaganda radiatsion va kimyoviy vaziyatni baholashda radiatsion va kimyo razvedkasi ma’lumotlaridan foydalaniladi. Radiatsion va kimyoviy vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar komandir tomonidan xaritaga (chizmaga) tushiriladi va yuqori qo‘mondonlikga ma’lumot beriladi. Shaxsiy va jamoaviy himoya vositalaridan joylarni, ob’ektlarni himoya xususiyatidan o‘z vaqtida va mohirona foydalanish, shaxsiy tarkibni zaharli moddalar bilan zararlanishi, radioaktiv moddalar va biologik (bakteriologik) vositalarning ichki organlarga va teri qavatiga tushishidan ishonchli himoyasini ta’minlaydi. Nafas olish a’zolarini himoya vositalari (filtrlovchi gazniqoblar) doimo shaxsiy tarkib o‘zi bilan olib yurishi kerak. Terini himoya qilish uchun mo‘ljallangan umumharbiy himoya to‘plami - shaxsiy tarkib o‘zi bilan olib yurishi yoki u bilan birga jangovar texnikada, va boshqa mashinalarda olib yurishi zarur. SHaxsiy va jamoaviy himoya vositalaridan o‘z vaqtida foydalanish, shaxsiy tarkibning o‘rgatilganligi, ishonchli va o‘z vaqtida ogohlantirilishi, komandirlarning individual himoya vositalarini to‘g‘ri kiyish, echish vaqti aniqlay olish qobiliyatiga egaligiga bog‘liqdir. Individual himoya vositalarini qancha vaqt davomida shaxsiy tarkibning kiyib yurishi havoni haroratiga va jismoniy faoliyatga uzviy bog‘liqdir. Himoya kiyimi bilan ishlash sharoitini yaxshilash, shuningdek, issiqlik ta’sirida odamning isib ketishini oldini olish uchun himoya vositalaridan foydalanish vaqtiga qat’iy rioya qilish tavsiya etiladi (jadval). SHaxsiy va jamoaviy himoya vositalaridan mohirona foydalanishga ularni doimiy nazorat qilish, sozligi, shaxsiy tarkibning ushbu vositalardan foydalanishni muntazam ravishda mashq qilishi; himoya vositalarini jangovar holatga o‘tkazish va ularni echish marralari va vaqtini to‘g‘ri aniqlash; kollektiv himoya vositalari bilan jihozlangan inshootlarni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish rejimi va qoidalari hamda broneob’ektlardagi ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalash tizimidan foydalanish tartibiga rioya qilish bilan erishiladi. Qo‘shinlar maxsus harakatida asosiy e’tiborni fortifikatsiya inshootlarini, jangovar hamda boshqa texnikalarni himoya xususiyatidan foydalanishga qaratiladi. Dala sharoitlarida kollektiv himoya vositalari sifatida engil yashirinish joylari va blindajlardan (dala istehkomidan) keng foydalaniladi. Engil yashirinish joylari ularning ishlatilishiga qarab turli hajmda bo‘lishi mumkin. Eng oddiy yashirinish joylari guruh seksiya uchun mo‘ljallangan joylar hisoblanadi. Bu yashirinish joylari 8-10 kishiga mo‘ljallanishi mumkin, lekin ba’zi hollarda qisqa muddatga 20-25 kishini joylashtirishi ham mumkin. Ushbu yashirinish joylari qo‘mondonlik punkti, kuzatish punkti hamda tibbiyot punktlari uchun ham qurilishi mumkin. Blindajlar filtrlovchi agregatlar FVA-100/50 va FVA-50/25 qurilmalari bilan jihozlanadi. Tanklar va piyodalar jangovar mashinalari (PJM) ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalash tizimi bilan jihozlangan (atomga qarshi tizim PAZ). Zirxli bronetransporterlar va furgon-kuzovli avtomobillar ham filtrlovchi qurilmalar bilan jixozlangan. Qo‘shinlar maxsus harakatidagi jangovar taktik manyovrlar, jangovar harakatlar xususiyatlari, statsionar kollektiv himoya vositalarining blindajlarning (dala istehkomi) himoya xususiyalaridan keng foydalanishini chegaralaydi, ammo hujum jarayonida qo‘shinlarni egallab turgan pozitsiyalarni almashtirilishi, bo‘linmalarni tarqoq holatda joylashtirilishi tabiiy joylarni himoyalanish xususiyatlaridan foydalanishga keng imkoniyat beradi. SHaxsiy tarkibni, qurol-yarog‘larni, jangovar texnikani va moddiy vositalarni radiatsion va kimyoviy nazorati bo‘linmalarni jangovar qobiliyatini baholash uchun ma’lumotlar olish, individual himoya vositalarini echish imkoniyati hamda maxsus va sanitar ishlov berish hajmini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Radiatsion va kimyoviy nazorat, radiatsion va kimyoviy razvedka, dozimetrik nazorat bo‘linmalari, radiatsion, kimyoviy va biologik himoya vzvodi hamda muxandis qo‘shinlari radiatsion, kimyoviy va biologik xizmat boshlig‘i, laboratoriyalari tomonidan, kimyoviy instruktorlar va maxsus tayyorlangan harbiy xizmatchilar tomonidan amalga oshiriladi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling