Kafedrasi mavzu


Radiatsion va kimyoviy vaziyatni baholash maqsad va vazifasi


Download 0.96 Mb.
bet10/11
Sana16.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1518745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Asronqulov Iskandar

2.Radiatsion va kimyoviy vaziyatni baholash maqsad va vazifasi.
Radiatsion va kimyoviy razvedka ma’lumotlarini to‘plash komandirlar va shtablarni bo‘linma va qismlarning harakat yo‘nalishlari (polosalari) da va ularning joylashgan rayonlarida radiofaol va kimyoviy zararlanishi haqidagi ma’lumot bilan o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Radiatsion vaziyatni baholashdan asosiy maqsad, radiofaol moddalar bilan zararlangan joylarni, shaxsiy tarkibning, harbiy qismlar va uning bo‘linmalarining jang qilish qobiliyatiga nechog‘li ta’sir qilishini aniqlashdan iborat.
Bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
zararlangan joylarda jangovar harakatda bo‘lgan shaxsiy tarkib olgan radiatsiya dozasi miqdori aniqlanadi;
radiofaol nurlanish natijasida shaxsiy tarkib tomonidan yuz berishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar miqdori taxminan aniqlanadi;
zararlangan joylarda harbiy qismlarning harakatlari maqsadga muvofiq ravishda belgilanadi;
turli ob’ektlarning radiofaol moddalar bilan zararlanish darajasi aniqlanadi.
Harbiy qismlardagi va bo‘linmalardagi radiatsion sharoit radiatsion razvedka ma’lumotlariga ko‘ra baholanadi.
Harbiy qism shtablari olingan muayyan dalillar asosida joylarni radiofaol moddalar bilan zararlanish oqibatlarini oldindan aytish ma’lumotlariga ko‘ra radiatsion vaziyatni baholash ishlarini o‘tkazishlari mumkin.
Radiatsion va kimyoviy vaziyatni baholash uchun birlamchi ma’lumotlar.
Joylardagi o‘lchangan radiatsiya darajasi va zaharlovchi moddalar aniqlanganligi haqidagi ma’lumot radiatsion va kimyoviy vaziyatni baholash uchun dastlabki ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Radiatsion razvedka ma’lumotlari asosida radiatsion sharoitni baholash.
Radioaktiv moddalardan zararlangan shaxsiy tarkib olgan nurlanish dozasi shaxsiy doza o‘lchagichlar yordamida aniqlanadi.
Bundan tashqari, zararlangan joylarning nurlanish dozasi har 30 daqiqa yoki 1 soat ichida doza o‘lchash asbobi yordamida olingan ko‘rsatkichlar yig‘indisining o‘rtacha ko‘rsatkichi orqali aniqlanishi mumkin:
Ro‘rta = , r/s
Joylardagi radiatsiya darajasi qancha tez aniqlab turilsa, radiatsiya dozasi shuncha aniq bo‘ladi.
Agar shaxsiy tarkib zararlangan joyda transport vositasida harakat qilayotgan bo‘lsa yoki ular pana joyda bo‘lsa, radiatsiya dozasi ko‘rsatkichi radiofaol nurlarning kuchsizlanish darajasini kuchsizlanish koeffitsientiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Bu ko‘rsatkich 2 - jadvalda ko‘rsatilgan.
2-jadval

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling