Kafedrasi mavzu


Belorus davlati Qurolli Kuchlari tomonidan qo‘shinlarning maxsus harakati hozirgi bosqachda muhandislik taminotining qo‘llanishi, rivojlanish yo'llari


Download 0.96 Mb.
bet8/11
Sana16.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1518745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Asronqulov Iskandar

1.Belorus davlati Qurolli Kuchlari tomonidan qo‘shinlarning maxsus harakati hozirgi bosqachda muhandislik taminotining qo‘llanishi, rivojlanish yo'llari.
Raditsion va kimyoviy razvedka bo‘linmasi o‘z vazifalarini bajarish uchun boshqaruv punktlari, belgilangan rayonlar, qo‘shinlarni ko‘chirish marshrutlari, tashish va ko‘chirish yo‘llari, suv to‘siqlaridan o‘tish rayonlarida (uchastkalarida) kimyoviy kuzatuv postlari va kimyoviy razvedka dozorlarini o‘rnatadi.
Radiatsion va kimyoviy razvedka bo‘linmalari zaharlangan rayonlardan chiqqan qo‘shinlarni va ombor, bazalardagi moddiy vositalarni maxsus ishlov berish va o‘tkazish rayonlarini nazorat qilishga ham jalb qilishlari mumkin. Radiatsion va kimyoviy kuzatuv ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan radiatson va kimyoviy razvedka seksiyasi kimyoviy kuzatuv postini tashkil etadi.
Bo‘linma harakatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: kuzatuv rayoniga olg‘a siljish, kimyoviy kuzatuv postini jixozlash va nikoblash, radiatson kimyoviy, bakteriologik (biologik) zaharlanish to‘g‘risida xabardor qilish, zaharlangan uchastkalarning chegaralarini belgilash joyidagi radiatsiya darajasi va havoning zaharlovchi moddalar bilan zaharlanish darajasining o‘zgarishini nazorat qilish, havo, suv tuprok, o‘simliklardan namuna olish va ularni laboratoriyaga jo‘natish.
Radiatsion, kimyoviy va biologik himoya jangovar ta’minotning bir turi bo‘lib, tashkil qilish va rejalashtirish jixatdan murakkab hisoblanadi, uni bajarish uchun sa’y-harakatlar, resurslar va vaqt sarflanishiga olib keladi, bir vaqtni o‘zida jangda mutlaqo kerakli ta’minot bo‘lib, jang jarayonida kimyoviy qurollar qo‘llanilganda yoki jangovar harakatlarda ommaviy qirg‘in qurollari qo‘llanilmagan vaziyatlarda ham bajarilishi zarur bo‘lgan ta’minotlar turiga kiradi.
Radiatsion, kimyoviy va biologik himoya vazifalarining tarkibi, ko‘pincha radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyatni o‘z vaqtida va to‘g‘ri baholashga va ulardan to‘g‘ri hulosalar chiqarishga uzviy bog‘liqdir.
Ushbu ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlariga asoslanib qo‘yidagilarni hulosa qilish mumkin:
radiatsion, kimyoviy va biologik himoya vazifalarini qo‘shinlar o‘z kuch va vositalari yordamida amalga oshirishadi, ammo o‘ziga xos eng murakkab vazifalarni bajarishga radiatsion, kimyoviy va biologik himoya bo‘linmalari jalb qilinadi;
Chet el armiyalari RKB himoya qo‘shinlari radiatsion, kimyoviy va biologik himoya tadbirlarini to‘liq bajarish imkoniyatiga ega. Ularni jangovar qo‘llash jarayonida quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilinadi:
radiatsion, kimyoviy va biologik himoya tadbirlarini bajarilishidagi umumiy rahbarlikni tegishli komandirlar (boshliqlar) zimmasiga yuklatiladi, brigadaning radiatsion, kimyoviy va biologik himoyasini bevosita tashkillashtirishni kimyo xizmati boshlig‘i amalga oshiradi;
qo‘shilmalarda radiatsion, kimyoviy va biologik himoyani tashkillashtirishni va rahbarligini shtab boshlig‘i zimmasiga yuklatiladi va shtatdagi kuch va vositalar yordamida amalga oshiriladi;
radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyatni baholash, taktik vaziyatni baholashni muhim bir qismi hisoblanadi, u hamma darajadagi komandirlar tomonidan shtatdagi yoki maxsus tayyorlangan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling