Insoniy kapital. Ular investitsiyalarning natijasi bo'lib,
ma'lum davr mobaynida daromad kestirib turadi. Insoniy
kapital bu shunday qo'yilmalarki, ular kishining jismoniy va
aqliy qobiliyatlarini ko'paytirishga olib keladi, kishilarda
to'plangan daromad keltirmen olish qobiliyati, tug'ma
iqtidor va qobiliyatni, shijoatni, shuningdek, bilim va
olingan kasb malakasini o'ziga to'plagan bo'ladi. Inson
kapitali ham mashina va dastgohlarga o'xshash – insonning
o'zi uchun, o'zi yoki ota-onalari yordamida o'qishi uchun,
malakasini oshirishi uchun investitsiya xarajatlari hisobiga
yaratiladi.
Investitsiya – uzoq muddat xizmat qiladigan, ishlab
chiqarish vositalari yaratish uchun ajratilgan,
mo'ljallangan, lekin hali sarf etilmagan kapitaldir.
Investitsiya siyosati bosqichlari: 1. Investitsiya siyosatini
tanlab. 2. Qimmatli qog'ozlar bozorini tahlili. 3. Qimmatli
qog'ozlar portfelini shakllantirish. 4. Portfel ma'lumotlarini
qayta ko'tarish. 5. Investorning har doim duch keladigan
daromad va xo'jalik tavakkalchiligi to'g'risidagi
ma'lumotlar samaradorligini baholab borish.
1. Investitsiya siyosatini tanlash. Bu bosqich investorning
maqsadi va investitsiya qilinadigan mablag'larning hajmini
aniqlashni o'z ichida oladi. Investitsiya maqsadlari daromad
olish bilan birga tavakkalchilikni ham hisobga olib
aniqlaniahi zarur. Investitsiya jarayonining bu bosqichi
asosiy portfelga kiritish uchun moliyaviy aktivlarning
potential xillarini tanlab olish bilan tugallanadi. Tanlashda
investitsiyaning maqsadi, investitsiya qilinayotgan
mablag'larning hajmi, soliq to'lovchi sifatida investorlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |