alternativ usullarda foydalanish yotadi, ya'ni pulling eng
foydali ishlarga sarf qilinadigan yo'llari, sohalari(masalan,
bankka qo'yish, aksiyalar sotib olish yoki boshqa oshunga
o'xshashlar) tanlab olinadi. Foiz hisobida kapitaldan foyda
miqdori stavka foizlari yordamida topiladi, ya'ni qarzga
Logan har qanday kreditor yildan foydalanganligi uchun
to'laydigan qiymat asosida topiladi. Foiz hisobidan
kapitaldan daromad olishning iqtisodiy mohiyati shundaki,
inson psixologiyasi bo'yicha bugungi kunda kishilarga
yetishmayotgan ne'matlarni xarid qilish kelajakdagiga
qaraganda ularni ko'roq qoniqtiradi, ularning
imkoniyatlarini oshiradi.
Stavka foizi – yillik to'lovning hozirgi davrdagi muddatsiz
olingan kapital qiymatiga nisbatini foiz hisobidagi
miqdoridir. Faraz: 100 dollar miqdorida muddatsiz qarz
beriladi, bunda kapital egasiga yillik to'liq miqdori 5
dollarga teng. Unda stavka foizi 5% bo'ladi. Stavka foizlari
real va nominal stavka foizlariga bo'linadi.
Real stavka foizi – investitsiyalarning hisobiga xarid
qilinadigan tovarlar miqdorining qaytimini ko'rsatadi.
Nominal stavka foizi – bugun dollar investitsiya qilinsa,
kelajakda qancha ko'p dollar olishni ko'rsatadi. Bu yerda
ko'proq hozirgi va kelasi davrdagi bir xil miqdordagi
dollarga qancha narsa xarid qilish mumkinligi qiziq. Ya'ni
ko'proq nominal stavka foizi emas, real stavka foizi
qiziqroa.
Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u o'zini
qayta takror ishlab chiqarada, ya'ni u ishlatilishi davomida
o'z qiymatini ma'lum qismini mahsulot qiymatiga o'tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |