Karam (Brassica L.) butguldoshlar oilasiga mansub, bir, ikki va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, sabzavot va yem-xashak ekini. Karamning Yevrosiyo va Shim. Afrikada 35 ga yaqin turi bor


Download 25.27 Kb.
bet2/8
Sana25.10.2023
Hajmi25.27 Kb.
#1719814
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7^38

Sabzi

Sabzining asosiy vatani Afg’oniston hisoblanadi. Ammo tarixiy ma’lumotlarda eramizdan avvalgi minginchi yillarda ham O’rta Osiyoning boshqa hududlarida ham bu o’simlik mavjud bo’lgani haqida bitiklar bor. Qadimiy misrliklar sabzini o’z davrida tibbiyot maqsadlarida ishlatishgan. Yozishlaricha, o’n yettinchi asrga qadar sabzi siyoh rangida bo’lgan. Ba’zan u oq, qora rangda ham ko’zga tashlangan. Lekin o’sha davrlarda sabzining ifori ham, ta’mi ham bo’lmagan. O’n ikkinchi asrga qadar Yevropada sabzi faqat otlarga yem sifatida berilgan. Keyinchalik ispaniyaliklar sabzini moy, uksus va tuz bilan birga iste’mol qila boshlashdi. Italiyada esa sabzi asalga aralashtirilgan holda iste’mol qila boshlandi. Olovrang sabzini biz yerliklarga niderlandlar hadya etgan. O’shanda Niderlandiya shahzodasi Uilyam Oranjskiy bu rangni juda yoqtirgan. Mutaxassislar shahzodani xursand qilish maqsadida sabzining olovrang turini yetishtirishgan. Sabzining organizmga juda foydasi katta. Dietologlar har bir odamga bir yilda 9 kilo sabzi iste’mol qilishni maslahat berishadi. Sabzi qaynatilganda, tarkibidagi antioksidantlar miqdori kamida 30 foizga ortadi. Ulug’ Vatan urushi davrida askarlarga odatiy choy o’rniga sabzili choy tarqatishgan. Nemislar esa o’z askarlariga sabzidan kofe tayyorlab berishgan. Rossiya hayvonot bog’larida malla, olovrang quloqli mushuklar rangi yanada yorqin tus olishi uchun ularga kuniga bir-ikkitadan xom sabzi beriladi. Amerikaning Kaliforniya shtatiga qarashli Xoltvil shaharchasi jahon sabzi markazi sanaladi. Har yil fevralda bu yerda sabzi festivali bo’lib o’tadi. Dunyodagi eng uzun sabzini nottingemshirlik Jo Aterton yetishtirgan. Bu sabzining uzunligi 5, 84 metrga teng bo’lgan. Eng og’ir sabzi esa Alyaskada saqlanadi. Uning vazni 8, 61 kilo keladi. Sabzi sharbati qon tomirlarni tozalashda muhim ahamiyat kasb etadi.Agarda siz to’xtovsiz har hafta sabzili sharbat ichsangiz, shunda teringizning sarg’ayayotganiga ko’zingiz tushadi. Bu sabzining nojo’ya ta’siri bo’lib, karotinli sariq kasalligi deb nomlanadi. Virusli geppatitdan farqli ravishda, bunda ko’z sarg’aymay, teri va yuzda sarg’ish dog’lar paydo bo’ladi. Shuning uchun ham sabzini kunlik me’yori 250-300 grammni tashkil qilib, undan ortiq iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Sabzi sharbati o’zida ko’pgina futonsidlarni saqlab, ular organizmga viruslarga qarshi kurashishda yordam beradi. Yana unda ko’p miqdorda kaliy va mineral tuzlar bo’lganligi sabab ham, ular yurak va tomirlarni mustahkamlaydi. Hafta mobaynida ichilgan bir necha stakan sabzi sharbati infarkt va insultni oldini olishda yaxshi profilaktika bo’la oladi. Eng asosiysi, undagi karotin moddasi organizmga yaxshi singishi uchun kichkina qoshiqda qaymoq yoki xohlagan o’zimlik yog’idan solishni unutmang.Kaloriyasining pastligi sabab ham sabzi juda foydali bo’lib, u soch, tirnoq va tishlarni mustahkam qiladi, terini esa tiniqlashtiradi. Sabzi tarkibida ko’pgina antioksidantlar navjud bo’lib, ular organizm yoshligini saqlab qolib, immunitetni ham mustahkamlaydi. Yana shunisi qiziqki, antioksidantlar miqdori xom sabziga nisbatan, qaynatilganida 35 % ga ko’proq bo’lib, ular pishirish jarayonida kamaymasdan, balki ko’payib borar ekan. Shuning uchun bu foydali mahsulotdan har xil pishiriqlar pishiraverishingiz mumkin, masalan bizning sabzili pirogimizni.


Download 25.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling