Karam (Brassica L.) butguldoshlar oilasiga mansub, bir, ikki va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, sabzavot va yem-xashak ekini. Karamning Yevrosiyo va Shim. Afrikada 35 ga yaqin turi bor
Download 25.27 Kb.
|
7^38
PomidorPomidor bir yillik, tropik iqlimlarda koʻp yillik oʻt oʻsimlikdir. Sabzavot ekini sifatida keng ekiladi. Ilmiy terminologiyada tomat nomi ishlatilsa-da, Oʻzbekistonda oʻsimligi ham, mevasi ham pomidor yoki „pamildori“ (xalq orasida) deb yuritiladi. Pomidor italyancha pomo d’oro soʻzidan olingan boʻlib, „oltin olma“ degan maʼnoni anglatadi. Ingliz, yapon, koreys tillarida tomato, xitoy tilida shu fan qie, fransuz tilida arbe a tomates, tomate arbustive, nemis tilida tomatobaum, zbaumtomate, baumtomatenstrauch, ispan tilida esa tomate deb nomlanadi. Pomidor ilk bor Amerika materigida kelib chiqqan. Keyinchalik ispanlar Amerikada mustamlakalar oʻrnata boshlaganidan soʻng butun dunyoga tarqalgan. Hozirgi kunda pomidorning juda koʻp navi dunyoning turli mamlakatlarida yetishtiriladi. Pomidor ham pishirilmasdan, ham turli taomlar va qaylalar yoki ichimliklar ingrediyenti sifatida isteʼmol qilinadi. Pomidor oʻsimligi odatda 1-3 metr balandlikkacha oʻsa oladi. Poyasi boʻsh boʻlib, koʻpincha yerda tarqalib va boshqa oʻsimliklarga chirmashib oʻsadi.Ko‘proq likopinga boy ovqatlar iste’mol qilish uchun boshqa sabab kerak bo‘lsa, uning iste’moli yoshga bog‘liq makula degeneratsiyasi va ehtimol katarakta xavfining pastligi bilan bog‘liq. Pomidorni tuxum hamda salat bargi bilan iste’mol qilish lyutein va zeaksantin – ko‘zlar uchun foydali karotinoid mavjud. Natijada pomidor iste’moli tufayli ko‘rish qobiliyati yaxshilanadi.Pomidor iste’mol qilish terining ultrabinafsha nuriga ta’sirini kamaytiradi va quyosh urishi xavfini kamaytiradi. Tadqiqotchilarning fikricha, bu pomidorda karotenoidlarning ko‘pligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Albatta, bu pomidor iste’mol qilgandan so‘ng quyoshdan himoyalovchi kremlardan voz kechish mumkin, degani emas. Quyoshda bo‘lganda SPF 30 yoki quyoshdan saqlovchi kremni qo‘llash bilan birga bonus sifatida pomidorning qo‘shimcha himoya xususiyatlaridan foydalanish mumkin.Ko‘pchilik mahsulotlar singari pomidor ham kletchatkaning eng yaxshi manbayidir. Bitta pomidor tarkibida 1,5 gramm kletchatka ovqat hazm qilish tizimining ishlashiga yordam beradi. Shuning uchun muntazam ravishda ichak harakati yuzaga keladi. Shuningdek, boshqa uglevodlardan farqli o‘laroq vazn yo‘qotishga olib keladi.Qandli diabetga chalinganlarga ratsionga pomidorni kiritish tavsiya etiladi. Biroq tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, pomidor stress, yallig‘lanish, ateroskleroz va diabetga olib keladigan to‘qimalarning shikastlanishini kamaytiradi. Tushlikda pomidor iste’mol qilish, ehtimol, qondagi qand miqdorini darhol kamaytirmaydi, lekin uzoq muddatli himoya xususiyatlarini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.Tadqiqotchilar shuni aniqladiki, haftada ikki yoki undan ko‘proq pitssa iste’mol qilgan erkaklarda prostata saratoni xavfi 23 foizga past bo‘ladi. Olimlarning fikricha, bu ta’sirga pomidor tarkibidagi likopen sabab bo‘lgan. O‘shandan beri pomidorni iste’mol qilish bilan tuxumdon, oshqozon, oshqozon osti bezi va prostata saratoni xavfi o‘rtasida bog‘liqlik borligini ko‘rsatadigan boshqa tadqiqotlar paydo bo‘ldi.Download 25.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling