Karam (Brassica L.) butguldoshlar oilasiga mansub, bir, ikki va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, sabzavot va yem-xashak ekini. Karamning Yevrosiyo va Shim. Afrikada 35 ga yaqin turi bor


Download 25.27 Kb.
bet4/8
Sana25.10.2023
Hajmi25.27 Kb.
#1719814
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7^38

KARTOSHKA

Kartoshka tuganak mevali koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik; asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri boʻlgan bir yillik oziq-ovqat, texnika va xashaki ekin. Vatani — Janubiy Amerika. 150 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari aksariyat Janubiy va Markaziy Amerikada oʻsadi. Dehqonchilikda 2 turi chili kartoshka yoki yevropa kartoshkasi bir yillik ekin sifatida ekiladi. Kartoshkani Amerikaning tubjoy aholisi bundan taxminan 14 ming-yil ilgari ekib kelgan. Yevropaga 1565-yil keltirilgan. Rossiyada 18-asr boshlarida ekila boshlagan. Oʻzbekistonga esa 19-asrning 70-yillaridan bu yerga koʻchib kelgan ruslar va tatarlar olib kelishgan. Jahon boʻyicha kartoshka ekilgan umumiy maydoni 17,9 million ga, hosildorlik 16,3 t/ga, yalpi hosil 294,3 million t (1999). Oʻzbekistonda ekin maydoni 52 ming ga, hosildorlik 12,7 t/ga, yalpi hosil 729,8 ming t (2000). Xitoy (3 millionga), Polsha (1,2 millionga)da koʻp ekiladi. Kartoshka oziq-ovqat va yem-xashak sifatida, shuningdek, kraxmal, spirt, glyukoza, dekstrin va boshqa mahsulotlar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Kartoshka tuganagi tarkibida 75—80 % suv, 23,7 % quruq modda, shu jumladan, 17,5 % kraxmal, 1—2 % oqsil, 0,5 % qand moddasi, 1 % mineral tuzlar, shuningdek V,, V2, V6, S, RR, D vitaminlari va provitamin A (karotin), poʻstida esa zaharli modda — solonin bor. Kartoshka kishilarning oziq-ovqat ratsionida muhim oʻrinda turadi. Fiziologik tavsiya normalariga koʻra, bir kishi uchun yillik kartoshka isteʼmoli miqdori 45 kg ni tashkil etadi.Statistik ma’lumotlarga ko’ra, har bir inson o’rtacha hisobda yiliga 80 kg kartoshka iste’mol qilar ekan. Kartoshka tarkibida ko’p turdagi mikroelementlar, B guruhidagi vitaminlar, A, C, U, PP vitaminlari, kaliy, ruh va magniy moddalari mavjud. Shuningdek kraxmalga boyligi sabab organizmga quvvat bag’ishlaydi, a’lo darajada to’yintiradi.Kartoshka qaynayotgan suvga solinsa, uning tarkibidagi C vitamin ko’proq saqlanib qolinadi. Po’sti bilan pishirilgan kartoshka eng foydali hisoblanadi. Agar sabzavot yangi kavlab olingan bo’lsa, uni hatto po’sti bilan ham yeyish mumkin. Salat uchun kartoshkaning qattiq navini ishlatish lozim.Sovuq kartoshkadagi glikemik indeks issiq kartoshkaga nisbatan pastroq bo’ladi. Shu sabab ortiqcha vazndan halos bo’lishni istaganlar uchun uni sovuq tarzda iste’mol qilish tavsiya etiladi. Qishda kartoshkaning po’stini tozalab tashlash zarur - uning ostida ko’p miqdorda zararli moddalar yig’ilgan bo’lishi mumkin.Uzoq vaqt davomida saqlangan kartoshkani faqatgina qaynatilgan va tozalangan holda iste’mol qilish lozim. Kartoshka yuqori kaloriyali mahsulot sanalgani sabab, dietologlar kuniga 200 grammgacha,haftada esa 2-3 kun davomidagina kartoshka tanovul qilishni maslaxat beradilar.


Download 25.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling