Karam (Brassica L.) butguldoshlar oilasiga mansub, bir, ikki va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, sabzavot va yem-xashak ekini. Karamning Yevrosiyo va Shim. Afrikada 35 ga yaqin turi bor
Download 25.27 Kb.
|
7^38
PiyozPiyoz — loladoshlar oilasiga mansub ikki yillik va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, sabzavot va manzarali ekin. SEng koʻp turlari Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Sharqiy Sibirda, kamroq turi Yevropada va Uzoq Sharqda uchraydi. Oʻzbekistonda Piyozning doyra piyoz (qirqbarg piyoz), piskom Piyoz (togʻ piyoz), koʻrimsiz piyoz, gʻadir-budur piyoz, havorang Piyoz (gulpiyoz), yovvoyisarimsoq Piyoz, sarimsoq Piyoz (sarimsoq), Shubert Piyozi (choʻchqa piyoz), qoratov piyozi (choʻchqaquloq), novcha piyoz (anzur piyoz), chimyon Piyoz, Seversov Piyoz i kabi 15 yovvoyi turi usadi. Asosan, 6 turi — osh Piyoz (vatani Oʻrta Osiyo va Afgʻoniston), batun Piyoz (vatani Sharqiy Sibirning janubi), porey Piyoz (vatani Oʻrta dengiz boʻylari) va b. ekib yetishtiriladi . Eng koʻp tarqalgan turi osh Piyoz tuproq unumdorligiga gʻoyat talabchan, sovuqqa chidamli va oʻta namsevar sabzavot ekini . Oʻrta Osiyodan tashqari AQSH, Bolgariya, Ispaniya, Misr, Fransiya, Italiya va Yaponiyada koʻp ekiladi. Oʻzbekistonda 2 yillik, ay-rim mamlakatlarda 2 va 4 yillik ekin. Piyoz boshlari yapaloq, uzunchoq yoki yumaloq . Tarkibida (navlariga qarab) 2,4—14% qand, 2—13,9 mg% S vitami-ni, bargida esa 19—57,7 mg% S vitamini, shuningdek, A, V, V2 vitaminlari va 1,3—5,9 mg% A pro-vitamini, limon va olma kislotalar, fitonsidlar va boshqalar bor . Piyozning tarixi kamida 3000 yil ilgariga, Osiyo va Hindistonga taqaladi. Rimliklar tufayli u Yevropaga yetib kelgan va Kristofor Kolumb uni okean ortigacha yetkazgan. Piyozning rasmlari Misr piramidalarda ham topilgan, u piramidani qurgan qullarning ovqati bo’lgan va ularni kasallik tarqalishidan himoya qilgan. Bugungi kunda piyoz butun dunyo bo’ylab yetishtiriladi va barcha mamlakat taomlarining asosiy tarkibi hisoblanadi.Nega piyozni to’g’raganimizda biz yosh to’kamiz? Piyozdagi LFS enzim va tarkibida oltingugurt bo’lgan amino oksidlarni aralashmasi, sulfonik kislota tufayli tomog’ va ko’z yoshi yo’llariga ta’sir qiladi, bu esa ko’z yosh to’kilishiga olib keladi.Piyoz xolesterolga qarshi kurashda yordam beradi chunki uni miqdorini sezilarli darajada tushuradi. Unda yana qonning mayinlashiga ta’siri mavjud, shu orqali u qon bosimini tushuradi, qonni qo’yiqlashini oldini olib yurakni himoyalaydi. Piyozli mahsulotlar kunlik iste’moli saraton xastaligiga chalinishni kamayishi bo’yicha bir qancha ilmiy ishlar olib borilgan.Piyozning bakteriyaga hamda infektsiyalarga qarshi xususiyatlari o’ta yuqoridir. Piyoz suvi tarkibida fitontsid – tabiiy bakteriyaga qarshi moddalar bor. Shuni takidlash joizki xom piyoz bakteriyaga qarshi moddalarga boy hatto uni qaynatilgan yoki bug’langani ham foydalidir.Download 25.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling