Karam (Brassica L.) butguldoshlar oilasiga mansub, bir, ikki va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, sabzavot va yem-xashak ekini. Karamning Yevrosiyo va Shim. Afrikada 35 ga yaqin turi bor
Download 25.27 Kb.
|
7^38
BodringBodring – (lotincha: Cucumis sativus) bir yillik, oʻt oʻsimlik. Vatani — Hindiston,[1][2][3] ammo hozir dunyoning koʻpgina mamlakatlarida yetishtiriladi. Issiqsevar oʻsimlik xisoblansada, vegatasiya davrining qisqaligi sababli er kurrasining shimoliy oʻlkalarida ham etishtiriladi. Oʻzbekistonda sabzavot ekini sifatida keng ekiladi, etishtirish maydonlari boʻyicha pomidor, piyoz, sabzi, oq bosh karam sabzavotlaridan keying oʻrinda turadi. Oʻzbekistonda taxminan 8000-10000 gektar maydonda etishtiriladi. Bodring madaniy holda 3 ming yil ilgari yetishtirila boshlangani haqida maʼlumotlar bor. Vatani Hindistonning tropik va subtropik rayonlari hisoblanib, Himolay togʻ yonbagʻirlarida haligacha tabiiy holda oʻsadi. Hindistondan Gresiya va Italiyaga tarqalgan va keyinroq Xitoyga ham kirib borgan. Evropaning boshqa qismlariga rimliklar tomonidan olib kirilgan. Bodring Fransiya hududiga 9-asrda, Angliyaga 14-asrda, Shimoliy Amerika qitʼasiga 16-asr oʻrtalarida kirib borgan. Rossiyaga bodring Sharqiy Osiyo davlatlaridan 16-asrlarda kirib borgan degan taxmin bor (olmon elchisi Gerbershteynning Fors oʻlkasi va Moskovyaga boʻlgan safari xotiralari), lekin ayrim tarixchilarning fikriga qaraganda bodring Rus oʻlkalarida 9-asrlarda ham maʼlum boʻlgan.Bodringning 95 foiz qismi suvdan iborat..Himolay tog’lari bodringning vatani hisoblanadi. Hozir ham u yerda bodringlar yovvoyi tabiat qo’ynida o’z holicha pishib yotadi. Bodring va qovunning ajdodlari bir. Tarixiy ma’lumotlarda qayd etilishicha, bodring bundan 6 ming yil oldin paydo bo’lgan.Ekvadorda eng yirik hajmdagi bodringlar yetishtiriladi. Birlashgan Arab Amirliklarida seleksionerlar to’rtburchak shaklga ega bodring turini yaratishdi. Bir kilo bodring 150 kaloriyaga ega. Shu sababli ham u parhez taomlar sirasiga kiradi. O’z davrida Napoleon kimda kim bodringni uzoq vaqt iste’molga yaroqli ko’rinishda saqlash usulini aytsa, katta pul mukofoti va’da qilgan. Ammo bu mukofotga hech kim ega chiqa olmagan. Qadimiy Misrda odamlar o’z fir’avnlari qabriga boshqa qimmabaho buyumlar bilan birga bodring ham qo’yishgan. Ilk bor yil bo’yi bodring yetishtirish imkonini beruvchi issiqxona qadimiy Rimda imperator Tiberiya uchun maxsus yaratilgan. Chunki imperator har kuni bodring yeyishni xush ko’rgan. Rossiyaning Nejin shahrida bodring uchun yodgorlik o’rnatilgan. Har yili 27 iyul kuni dunyo miqyosida Xalqaro bodringlar kuni bayram qilinadi. Tinch okeani sohillarida yashovchi yovvoyi qabilalar vakillari istalgan vaqtda to’fon turishi yoki hosil mo’l bo’lmasligi mumkinligini hisobga olib, bodringni banan daraxti barglariga o’rashadi-da, yerga ko’mib qo’yishadi.Misr malikasi Kleopatra go’zalligida birinchi navbatda bodringning roli borligini aytib charchamagan. U har kuni albatta bodring iste’mol qilgan.Download 25.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling