Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»
Loyiha risklarini tadqiq qilish uslublarini tasniflash
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI
6.3. Loyiha risklarini tadqiq qilish uslublarini tasniflash
Hozirgi vaqtda qo’llaniladigan risklar tahlilining matematik apparati garchi ushbu aytib o’tilgan sohani matematik modellashtirishga nisbatan boshqa yondashuvlar ham mavjud bo’lsa-da, lekin ko’pincha ehtimolliklar nazariyasi uslublariga tayanadi. Risklar nazariyasida matematik modellarning quyidagi turlarini: bevosita, teskari va sezuvchanlikni tadqiq etish vazifalarini ajratib ko’rsatish qabul qilingan. Bevosita vazifalarda riskni uning darajasini belgilash bilan bog’liq baholash ma’lum axborotning apriorisi asosida amalga oshadi. Teskari vazifalarda berilgan cheklashlarni qabul qilinadigan risk darajasiga qoniqtirish maqsadida bir yoki bir necha o’zgartiriladigan asosiy parametrlarga cheklashlar belgilanadi. Boshlang’ich axborotlarning muqarrar tarzdagi noaniqligi sababli zarur bo’ladigan sezuvchanlikni tadqiq etish uslubining asosiy g’oyasi natijali, mezonli ko’rsatkichlarning modellar parametrlarini variantlashga (ehtimolliklarning taqsimlanishi, u yoki boshqa kattaliklarning o’zgarish sohalari va shu kabilarga) nisbatan qaltisligi, o’zgaruvchanligi darajasini tahlil etishdan iboratdir. Investitsiya loyihasining sezuvchanligini tadqiq qilish xulosalari loyiha risklarini tahlil etishda olingan natijalarning ishonchlilik darajasini aks ettiradi. Ular ishonchli bo’lmaganida loyihaning tahlilchisi quyidagi imkoniyatlardan birini amalga oshirishga majbur bo’ladi: noaniqligi natijaning buzilishiga eng ko’p ta’sir qilgan parametrlarni aniqlashtirish; javobning sezuvchanligini kamaytirish maqsadida boshlang’ich ma’lumotlarni ishlash uslublarini o’zgartirish; loyiha risklari tahlilining matematik modelini o’zgartirish; loyiha risklarining miqdoriy tahlilini o’tkazishdan voz kechish. Hozirgi vaqtda matematik modellarning noaniqlikni hisobga oladigan va uni bayon qilish usullariga ko’ra farqlanadigan quyidagi toifalari investitsiya loyihasi risklarini tahlil etish uchun ko’proq qo’llaniladi: 1) stoxastik modellar; 2) lingvistik modellar; 3) nostoxastik (uyinli) modellar. 47 Loyiha risklarini tadqiq qilish sohasidagi xorijiy adabiyotlar tahlili mavjud uslublarni va ular bilan bog’liq modellarni quyidagi yo’nalishlar (yondashuvlar) bo’yicha tasniflashga imkon beradi: A. Ehtimollilik taqsimotlarining jalb etilishiga qarab: 1) ehtimolliliklar taqsimotlarini hisobga olmaydigan uslublar; 2) ehtimolliliklar taqsimotlarini hisobga oladigan uslublar. B. O’zgaruvchan ko’rsatkichning har bir alohida mohiyatini amalga oshirish ehtimolligini hisobga olish va ehtimolliliklar taqsimotlarini hisobga oladigan tahlilning butun jarayonining o’tkazilishiga qarab: 1) ehtimollilik uslublari; 2) tanlash uslublari. V. Ko’rilgan model bo’yicha natijalovchi ko’rsatkichlarni topish usullariga qarab: 1) tahlilchilik uslubi; 2) imitastion uslub. Har bir stoxastik kattalik uchun uning faqat bir mohiyati olinishi A yondashuvining belgisi hisoblanadi; riskni ekzogen o’zgaruvchi bilan bu tarzdagi «quyiltirish»dan maqsad – aniqlik vaziyatida hech qanday o’zgarishlarsiz tahlil etish uchun ishlab chiqilgan uslublarni qo’llanish imkoniyatiga ega bo’lishdir. B yondashuvi uchun tuzilgan model bo’yicha hisob-kitoblarning natijasi natijalovchi o’zgaruvchining alohida mohiyati emas, balki ehtimolliklarning taqsimotidan tashkil topadi. Ehtimollilik uslublari modelning qurilishi va u bo’yicha hisob-kitoblar ehtimollar nazariyasi tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi, deb faraz qiladi. Tanlash uslublarida esa bularning hammasi tanlashlar bo’yicha hisob-kitoblar yo’li bilan bajariladi. Echimlarni qabul qilishni modellashtirish uslublarining qo’llanilishi B yondashuvining o’ziga xos belgisidir. Bu yo’lda maqsadli, optimallashtirilgan va bir tizimli yondashuvlar ajratib ko’rsatiladi. Maqsadli yondashuvga modelni konstrukstiyalashda maqsadlarning aniq berilishi xosdir. Maqsadga oid ko’rsatkichlarning har qanday o’zgarishi modelning o’zining rekonstrukstiyasiga olib boradi va yangi hisob-kitoblarni talab qiladiki, bu qo’shimcha harajatlar bilan bog’liqdir. Ushbu yondashuvdan shunga o’xshagan aniq berilgan maqsadli vaziyatlarda doimiy tarzda qarorlarni qabul qilish zarur bo’lganida foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bir tizimli yondashuv maqsadlarning ifodalangan tizimini emas, balki faqat reallikni aks ettirishga qaratilgan modelning qurilishi bilan bog’liqdir. Bunday modelni va unga doir hisob-kitoblarni baholash natijasida harakatlarning optimal strategiyasi emas, balki real tizimning o’zini tutishi bayoni ifodalanadi. So’ngra maqsadlar tizimi tanlanadi va tizimning o’zini tutishi va qilingan farazlar haqidagi prognozli axborotlar yordamida qarorni qabul qilish mumkin bo’ladi. Investitsion loyihalashtirish jarayonida vujudga keladigan maqsadlarning o’zgarishlari modjelning o’zgarishiga olib keladi va yangi hisob-kitoblarni talab qiladi. Nihoyat, V yondashuvi qurilgan model bo’yicha natijalovchi ko’rsatkichlarni topishning tahlilchilik va imitastion usullarini ajratib ko’rsatadi. 48 Natijalarni olishning tahlilchilik usuli bevosita ekzogen o’zgaruvchilar mohiyatlari asosida amalga oshiriladi. Uning afzalliklariga qarorni topishning tezligi kiradi, kamchiliklariga esa - qo’yilgan vazifaning tasarrufda bo’lgan matematik apparatga ko’niktirilishi zarurligi va uning nisbatan unchalik ko’p bo’lmagan «shaffofligi» kiradi. Imitastion usul model bilan ko’p martalik tajribalarni o’tkazish hisobiga natijalovchi ko’rsatkichning mohiyatini qadam-baqadam topishga asoslanadi. Uning asosiy afzalliklari – barcha hisob-kitoblarning shaffofligi, loyihani tahlil etish natijalarining rejalashtirish jarayoni barcha ishtirokchilari tomonidan idrok etilishi va baholanishining soddaligidir. Ushbu usulning jiddiy kamchiliklaridan biri sifatida chiqadigan axborotning hajmi kattaligi bilan bog’liq hisob-kitoblarga katta harajatlar qilinishini ko’rsatish zarur. Ko’rib chiqilgan tasniflashga yo’nalish olib, loyiha tavakkalchiligini baholashga nisbatan o’zaro bir-birini to’ldiruvchi sifatli va miqdoriy yondashuvlarni tahlil qilamiz. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling