Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»
Loyiha risklari tahlili, investitsiya loyihalarini baholash va tanlash
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI
6.5. Loyiha risklari tahlili, investitsiya loyihalarini baholash va tanlash
mezonlari Investitsiya loyihalarini baholash mezonlarining bundan oldin o’tkazilgan qiyosiy tahlili asosida eng ko’p daromad keltiradigan loyiha afzal deb e’tirof qilinadi. Biroq bunday mezon boshlang’ich shaklida faqat to’liq noaniqlik sharoitida qo’llanilishi mumkin. Riskning mavjudligi esa daromadlilikning turli ehtimollilik darajalariga ega mohiyatlari turkumini nazarda tutadi. Masalan, risk sharoitida muqobil variantlarni qiyoslash uchun investitsiyalarning kutiladigan daromadliligi mezonini qo’llanish mumkin, bunday mezon daromadlilikning ehtimolliliklari bo’yicha tanlab olingan ehtimol tutilgan darajalarining o’rtacha darajasi sifatida belgilanadi. Shu bilan birga, riskli investitsiyalarni baholash uchun qo’llaniladigan eng ko’p kutiladigan daromadlilik mezoni riskni aniq hisobga olmaydiki, bu uning kamchiligidir. Navbatdagi misol bunday ta’kidni tasdiqlaydi. Aytaylik, mutaxassislarning prognozlariga qaraganda, iqtisodiy pasayish (IP) ehtimolliligi 0,2 ni, iqtisodiy yuksalish (IYu) ehtimolliligi esa – 0,8 ni tashkil etadi. Bunday sharoitda ikkita muqobil loyihani ko’rib chiqamiz (6-jadval). 6-jadval (dollarlarda) Ko’rsatkich 1-loyiha 2-loyiha Sotishdan tushumlar (IP) Sotishdan tushumlar (IYu) Kutilayotgan diskontlashtirilgan sof tushumlar Boshlang’ich qo’yilmalar Kutilayotgan sof diskontlashtirilgan daromad 100 2000 1620 1000 620 1100 1750 1620 1000 620 6-jadvaldan ko’rinib turganidek, har ikkala loyiha ham dastlab 1000 dollarlik qo’yilmalar qilinishini talab etadi. Lekin 1-loyihadan tushumlar iqtisodiy shart- 51 sharoitlarga juda sezuvchandir, ya’ni yuksalish davrida ularning keskin o’sishi, pasayish davrlarida esa – juda keskin pasayishi kuzatiladi. 2-loyihadan olinadigan daromad bunday og’ishishlarga kamroq bog’liq bo’ladi va 1-loyihadan olinadigan pul tushumlari 2-loyihadan olinadigan daromadga nisbatan birmuncha beqarorroq bo’ladi. Binobarin, 1-loyihadan olinadigan daromadni belgilash birmuncha mushkul. Shunday qilib, bunday holda kutilayotgan sof foydalarning (620 doll.) bir xilligi shuni ko’rsatadiki, kutilayotgan daromadlilik mezoni riskni hisobga olmaydi, ya’ni noaniqlik sharoitida bunday mezon ehtimollilik o’lchami sifatida yaroqli bo’ladiyu, lekin qarorlarni qabul qilish uchun asos bo’lib xizmat qila olmaydi. Ikkita muqobil loyiha – A va B – misolida ham ehtimollilikni, ham riskni e’tiborga oladigan kutilayotgan eng ko’p foydalilik mezonini ko’rib chiqamiz. 7-jadval A loyihasi B loyihasi Ehtimollilik Foyda, doll. Ehtimollilik Foyda, doll. 0,5 0,5 1000 3000 0,5 0,5 0 4000 7-jadval ma’lumotlari bo’yicha hisob-kitoblar natijasi asosida shu narsa ko’rinadiki, kutilayotgan foydalar teng bo’lganida (ularning kattaligi har ikkala loyiha uchun ham 2000 dollarni tashkil etadi) pul tushumlarining miqdori jiddiy ravishda turlicha bo’lishi oqibatida B loyihasi A loyihasiga nisbatan ko’proq risklidir. Individiumlarning ko’pchiligi uchun iste’moldan qo’shimcha foydalilik iste’molning o’zining o’sishi bilan kamaya boradi. Kamayib boradigan eng ko’p foydalilik konstepstiyasini 6-jadvalda ko’rsatilgan hisob-kitoblar bilan tasvirlaymiz, bu hisob-kitoblar daromadning o’sishi bilan umumiy foydalilikning o’sishi va eng yuqori foydalilikning kamayishini ko’rsatadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling