Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»
Loyiha risklarining hisobga olinishi: amalda baho berilishi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI
6.2. Loyiha risklarining hisobga olinishi: amalda baho berilishi Risklarning mavjud bo’lishi echimlarning ehtimol tutilgan variantlaridan birini tanlash zaruratini nazarda tutadi, shu munosabat bilan bunday echimlarni qabul qilish jarayonida butun ehtimol tutilgan muqobil variantlar tahlildan o’tkaziladi, ularning ichidan eng rentabellisi va risk darajasi past bo’lgani tanlanadi. Riskning aniq vaziyatlari turli murakkablilik darajasiga ega bo’ladi va shu bilan bog’liq tanlovning muqobilliligi turli usullar bilan hal qilinadi. Eng oddiy vaziyatlarda intuistiyaga va o’tmishdagi tajribaga asoslanadigan o’ziga xos ekspertlik bahosini yo’nalish qilib olish mumkin. Lekin u yoki boshqa murakkab ishlab chiqarish vazifasining optimal hal etilishi zarurligi, masalan, investitsiyalarni sarflash variantini tanlash risklarni tahlil etishning maxsus uslublarini qo’llanishni taqozo etadi. Shuni yana bir bor ta’kidlash kerakki, u yoki boshqa loyiha tavakkalchiligini amalga oshirishda kelib chiqadigan oqibatlar va yo’qotishlarning potenstial salbiyligiga qaramasdan, risk o’ziga xos «taraqqiyot dvigateli», ehtimol bo’lgan foydaning manbai bo’lib hisoblanadi. Risklarga baho berish risk kattaligini (darajasini) belgilashdan iborat bo’ladi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda loyiha risklarini baholashning yaxlit bir nazariyasi yo’q. Ehtimol, buning sababi har qanday nazariyaning amaliyotning umumlashuvi bo’lib hisoblanadigan konstepstiyaga asoslanishida bo’lishi mumkin, mamlakatimizdagi bozor sharoitidagi investitsiya faoliyati amaliyoti esa hozircha etarli shakllanmagan. Raqobatchilik – bozor iqtisodiyotining majburiy belgisi – tadbirkorni noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishga majbur etadi, chunki bunday iqtisodiy tizimda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hech biri ham boshqalarning qanday qaror qabul qilishini oldindan bilmaydi; oldiga qo’yilgan maqsadni amalga oshirishga to’sqinlik qiladigan yana bir qator boshqa ichki va tashqi omillar ham mavjud, buning ustiga, agar qaror tashqi muhitning ahvoli oldindan aytib beradigan holatda bo’lmaganida yoki tez o’zgaradigan holatlarda qabul qilingan 45 tarzda ham yaqqol bir xildagi tanlov bo’lgani bilan ham noaniqlik kelib chiqishi mumkin. Risk muammosiga bag’ishlangan tadqiqotlarda riskni miqdoriy baholash mezonini belgilashga nisbatan bir necha yondashuvlar uchraydiki, quyidagilar ularning asosiylari hisoblanadi: statistik baholash uslubi; ekspertlik baholash uslubi; o’xshashliklar uslubidan qo’llanish; kombinastiyalashgan uslub. Investitsiya loyihasi risklarini miqdoriy baholashning bir qator vositalari matematik statistika uslublariga – dispersiya, standartli og’ishish, variastiya koeffistientiga asoslanadi. Statistik uslub nafaqat muayyan loyihaning, shu bilan birga umuman korxonaning muayyan muddat davomidagi (uning daromadlari dinamikasini tahlil qilib) tavakkalchiligini baholashga imkon beradi. Risklarni baholashning ushbu uslubi afzalliklariga matematik hisob-kitoblarning murakkab emasligini, uning kamchiliklariga esa – ko’p sonli kuzatuvlar qilinishi (ma’lumotlar hajmi qanchalik katta bo’lsa, risklarni baholash shunchalik ishonchliroq bo’ladi) lozimligini kiritish kerak bo’ladi. Ekspertlik baholash uslubining bosh afzalligi loyihani tahlil etish va turli xil sifatga oid omillarning ta’sirini hisobga olish jarayonida ekspertlar tajribasidan foydalanish mumkinligidan iborat. Rasman ekspertlik baholash rusum-qoidalari ko’pincha quyidagilardan iborat bo’ladi. Loyiha (firma) rahbariyati savollarni o’z ichiga oladigan ekspertlik (so’rovnoma) varaqalari shaklidagi baholash mezonlari ro’yxatini ishlab chiqadi. Har bir mezon uchun ekspertlarga bildirilmaydigan tegishli vaznli koeffistientlar tayinlanadi (kam hollarda - hisoblab chiqiladi). So’ngra har bir mezon bo’yicha javoblarning variantlari tuziladi, bunday javoblarning vaznlari ham ekspertlarga ma’lum bo’lmaydi. Ekspertlar ekspertizani o’tkazishda baholanayotgan loyiha haqida to’liq axborotga ega bo’lishi, qo’yilgan savollarni tahlil etishi va javobning tanlangan variantini qayd etishi kerak. Shundan keyin to’ldirilgan ekspertlik varaqalari tegishli ravishda ishlab chiqiladi (axborotlarni ishlash bo’yicha ma’lum statistik (kompyuterdagi) paketlar asosida) va o’tkazilgan ekspertizanng natijasi (yoki natijalari) beriladi. Yuqorida bayon qilingan risklarni ekspertlik baholash uslubini uning bir turi, Delfi uslubi deb ataladigan uslub to’ldirishi mumkin. U risklarni baholashni o’tkazishni tashkil etishning qat’iy rusum-qoidalari bilan tavsiflanadiki, unda ekspertlar qo’yilgan savollarga javoblarni birgalikda muhokama qilish imkoniyatidan mahrum bo’ladi va bu qarorni guruh bo’lib qabul qilish «domi»ni va etakchi fikrining ustunlik qilishini istisno etish, baholarning anonimligini ta’minlashga imkon beradi. Ishlab chiqilgan va umumlashtirilgan natijalar boshqariladigan teskari aloqa orqali ekspert komissiyasining har bir a’zosiga ma’lum qilinadi. Shunday qilib, har bir bahoning tegishli xodimga taalluqli ekanligi bilan bog’liq psixologik noqulaylik holati istino qilinadi, shundan so’ng baholash takrorlanishi mumkin. Loyiha risklarini ekspertlik baholash sifati ko’p jihatdan ekspertlarning tanlanishi sifatiga bog’liq bo’ladi, bunga jiddiy e’tibor berish kerak bo’ladi. 46 Riskka tuzatmali foiz stavkasi uslubi – bu loyihaning samaradorligini hisob- kitob qilishda risk uchun ustama kattaligiga risksiz foiz stavkasining ko’payishidir (risk mukofoti). Innovastion loyihalar ishlatilgan hollarda risk uchun ustama 10 – 20% ga etishi mumkin. Bir necha loyihalarning (yoki bir loyihaning bir necha variantlarining) tavakkalchiligini miqdoriy baholash uchun dispersiya va o’rtacha kvadratli (standartli) tebranishlar ko’rsatkichlarining sonli mohiyatlaridan foydalanish mumkin. Loyihalar bir necha ehtimol tutilgan variantlarga ega bo’lgan hollarda dispersiya o’zining o’rtacha mohiyati (matematik kutish) atrofida tasodifiy kattalikning (masalan, sof diskontlashtirilgan daromadning) tarqalishi darajasini tavsiflaydi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling