Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»


 Loyiha risklari tahlilining miqdoriy usullari


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/61
Sana16.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1273228
TuriУчебное пособие
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI

6.4. Loyiha risklari tahlilining miqdoriy usullari 
 
Risklarning 
miqdoriy 
tahlili 
alohida 
risklar 
va 
umuman 
loyiha 
tavakkalchiligining kattaliklarining sonli belgilanishini nazarda tutadi. Miqdoriy 
tahlil ancha murakkabroq va ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, 
operastiyalarni tadqiq qilish nazariyasiga asoslanadi. 
Loyiha risklarining miqdoriy tahlilini amalga oshirish uchun quyidagi ikkita 
shart-sharoit zarur: 

loyiha hisob-kitobining o’tkazilgan bazisli variantining mavjudligi; 

oldindan to’liq sifatli tahlilning o’tkazilishi. 
Miqdoriy tahlilning vazifasi loyihaning riskli omillari o’zgarishlarining loyiha 
samaradorligi mezonlarining o’zini tutishiga ta’sirini sonli o’lchashdan iboratdir. 
Sezuvchanlik (qaltislik) tahlili, sstenariylar tahlili va risklarning Monte-Karlo 
uslubi bo’yicha imitastion modellashtirilishi loyiha risklari miqdoriy tahlilining 
eng ko’p uchraydigan uslublari hisoblanadi. 
Sezuvchanlik 
(qaltislik) 
tahlili 
jarayonida 
barcha 
tavakkalchiligi 
tekshirilayotgan o’zgaruvchilarning izchil-birdek o’zgarishi yuz beradi: har safar 
o’zgaruvchilarning faqat bittasi o’z mohiyatini foizlarning prognozli soniga 
o’zgartiradi va 
shu asosda qabul qilingan mezonning yangi kattaligi hisoblab 
chiqiladi. 
Xalqaro amaliyotda zararsizlik nuqtasi tahlili (breakeven point analysis) keng 
qo’llaniladi. U loyiha risklarining qo’pol baholanishini o’tkazishga imkon 
beradigan oddiy usul va investitsiya loyihalarining samaradorligini baholashda 
qo’llaniladigan moliyaviy axborotning elementlaridan biri hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish hajmi, tannarx va foydaning 
o’zgarishida ushbu ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liqligini tadqiq qilish zararsizlik 
tahlili deb ataladi. Bunday tahlilning maqsadi – xarajatlar, ishlab chiqarish hajmi 
va foydalar o’rtasidagi balanslashgan o’zaro nisbatni aniqlashdan va pirovard 


49 
natijada – xarajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan sotish hajmini topishdan 
iboratdir. 
Zararsizlik tahlilining o’tkazilishi real jarayonning modellashtirilishi bo’lib, 
quyidagi asosiy shartlarga asoslanadi: 
1. Bir tomondan sotish narxlarining va boshqa tomondan iste’mol qilinadigan 
ishlab chiqarish resurslari narxlarining o’zgarmasligi. 
2. Korxona xarajatlarining ishlab chiqarish hajmining jiddiy o’zgarmaganida 
o’zgarmas bo’lib qoladigan doimiy va hajmga mutanosib ravishda o’zgaradigan 
o’zgaruvchan xarajatlarga bo’linishi. 
3. Kelib tushayotgan tushum bilan sotish hajmining proporstionalligi. 
4. Ishlab chiqarish hajmining yagona nuqtasining mavjud bo’lishi (bu 
yuqorida sanab o’tilgan shartlardan kelib chiqadi). 
5. Ishlab chiqarish hajmining sotish hajmiga teng bo’lishi. 
6. Bir necha buyumlarni ishlab chiqargan holda buyumlar assortimentining 
doimiyligi. 
Ko’rib turganimizdek shartlarning bayon qilingan tizimi ancha qat’iy bo’lib, 
bu tabiiyki model bilan ishlash natijalarining aniqligiga ta’sir qilmay qolmaydi. 
Tahliliy yondashuv sotishlar hajmidagi o’zgarishlarning (Q) foydaga ta’sirini 
aniqlashni nazarda tutadi. Mahsulot birligining narxi (R), mahsulot birligi uchun 
o’zgaruvchan xarajatlar (V) va mahsulot birligi uchun doimiy xarajatlar (S) va 
ushbu o’zgaruvchilar o’rtasidagi o’zaro nisbatni belgilaydigan elementlar 
hisoblanadi. 
Doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar summasiga teng bo’lgan umumiy 
xarajatlar (VQ + C) kattaligini tashkil etadi. Tushum (PQ) kattaligiga teng. 
Zararsizlik nuqtasida (Q
*
) umumiy harajatlar bilan tushumning tengligiga amal 
qilinadi, ya’ni: PQ
*
q VQ + C. 
Mahsulotlarni ishlab chiqarishning bunday tenglikni ta’minlaydigan 
kattaligiga nisbatan ushbu tenglamani hal etishda quyidagilarni olamiz: 

Q


----------- (23) 
P - V 
Ushbu ifodaning o’ng qismidagi o’zgaruvchilarning mohiyatini izchillik bilan 
o’zgartira borib, sezuvchanlikning oddiy tahlilini o’tkazish mumkin. 
Biroq yuqorida qayd qilinganidek, asosiy shartlarning kuchli tizimi va doimiy 
va o’zgaruvchan xarajatlarni hisob-kitob qilishlarning turli usullari (soliqlar, 
inflyastiya va shu kabilarning hisobga olinishi yoki hisobga olinmasligi) pirovard 
natijaga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. 
Matematik 
dasturlashtirish 
vazifasi 
loyiha 
sezuvchanligi 
tahlilining 
navbatdagi usuli bo’lib xizmat qilishi mumkin. 
Masalan, NPV mezonining qandaydir eng oddiy o’xshashligini shunday 
modelning funkstionali sifatida, loyiha resurslarining pullik ifodadagi limitlarini 
model cheklanishlarining o’ng qismlari mohiyatlari sifatida ko’rib chiqish 
mumkin. Loyihadagi mahsulotlar yoki xizmatlar hajmlarining qiymatga oid 
mohiyatlari bu vazifadagi noma’lum sonlar bo’lishi mumkin. 


50 
Matematik dasturlashtirishdagi ikkiyoqlamalik nazariyasi asosida ushbu 
vazifaning ikkiligi bo’lgan vazifani qurish mumkin, uni hal etishda olingan 
ikkiyoqlama o’zgaruvchilar deb ataladigan o’zgaruvchilar (yashirin narxlar yoki 
yashirilgan narxlar kabi ob’ektiv bog’langan baholar deb ataladigan baholar) esa 
loyihada ishlatiladigan taqchil resurslarning muqobil qiymatini belgilashga imkon 
beradi.
Loyihaga nisbatan qo’llaniladigan klassik sezuvchanlik (qaltislik) tahlili 
jarayonida har bir o’zgaruvchida izchil-birlikli o’zgarish yuz beradi: 
o’zgaruvchilarning faqat bittasi foizlarning prognozli soniga o’z mohiyatini 
o’zgartiradi va shu asosda qo’llaniladigan mezonning yangi kattaligi (masalan: 
NPV yoki IRR) qaytadan hisoblab chiqiladi. So’ngra mezonning bazis holatiga 
nisbatan foizli o’zgarishi baholanadi va mezonning foizli o’zgarishining 
o’zgaruvchi mohiyatining bir foizga o’zgarishiga nisbatidan iborat bo’ladigan 
sezuvchanlik ko’rsatkichi (ko’rsatkich o’zgarishining elastikligi deb ataladigan) 
hisoblab chiqiladi. Xuddi shu tarzda boshqa o’zgaruvchilarning har biri bo’yicha 
ham sezuvchanlik ko’rsatkichlari hisoblab chiqiladi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling