Karyer elementlari va asosiy kontexnik tushunchalar. Karyerning bosh parametrlari. Darsning maqsadi


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana27.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1234968
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-maruza



MARUZA № 5. KARYER ELEMENTLARI VA ASOSIY KONTEXNIK 
TUSHUNCHALAR. KARYERNING BOSH PARAMETRLARI. 
Darsning maqsadi: Karyer va pog‘ona elementlari hakida asosiy kontexnik 
tushunchalarga ega bо‘lish. Karyer elementlari, karyerning bosh parametrlari 
bilan tanishish.
Reja: 
1. Karyer haqida tushuncha. Pog‘ona elementlari. 
2. Karyer elementlari va asosiy kontexnik tushunchalar. 
3. Karyerning bosh parametrlari. 
 
Karyer haqida tushuncha. Pog‘ona elementlari.
 
Yerning ustki qismida ochiq kon ishlari olib borilishi natijasida katta 
chuqurliklar paydo bо‘ladi. Chuqurliklarning yigindisi karyer (ochiq kon ishlari 
korxonasi) deb aytiladi. Bu chuqurliklarning kо‘ndalang kesimi chegarasi 
tutashmagan bо‘ladi. 
Ma’muriy-xо‘jalik tushunchasida esa karyer deb konni ochiq usulda qazib 
olishni tashkil etadigan kon korxonasiga aytiladi. Kо‘mir sanoatida va sochilma 
konlarni ochiq usul bilan qazib olishda karyerni kesim (razrez) deb ataladi. 
Foydali qazilmalarni, qoplovchi va о‘z ichiga oluvchi tog‘ jinslarini qazish 
ishlari tabaqalangan holda yuqoridan pastga qarab olib boriladi. Natijada qazish 
ishlari olib borilayotgan tog‘ jinslari massivi pog‘ona shaklini egallaydi. 
Alohida qazish, yuklash va tashish vositalariga ega bо‘lgan (ta’minlangan) 
va pog‘ona shaklidagi ishchi yuzaga ega bо‘lgan tog‘ jinsi qatlamining bir qismiga 
pog‘ona deyiladi.
Har bir pog‘ona unda transport vositalarining gorizont bо‘yicha joylashuviga 
mos keluvchi balandlik belgisi bilan xarakterlanadi. Pog‘ona belgilari absolyut, 
ya’ni mutlaq (dengiz sathiga nisbatan) yoki shartli (yuzadagi doimiy punktga 
nisbatan) bо‘lishi mumkin. 
Alohida qazish vositalari bilan qazib olinadigan, lekin barcha pog‘onalar 
uchun umumiy bо‘lgan transport vositalari bilan xizmat kо‘rsatiladigan 
pog‘onaning balandligi bо‘yicha qismiga pog‘onacha deyiladi. 
Pog‘onalarning ish olib boriladigan va ish olib borilmaydigan turlari 
mavjud. Ish olib boriladigan pog‘onada qoplovchi tog‘ jinslarini olib tashlash yoki 
foydali qazilmalarni qazib olish ishlari amalga oshiriladi. 
Pog‘ona ostki va ustki maydonchalar, qiyalik va brovkalardan iborat (5.1 
rasm) bо‘ladi. 



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling