Karyer elementlari va asosiy kontexnik tushunchalar. Karyerning bosh parametrlari. Darsning maqsadi
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
5-maruza
Himoyalovchi maydonchalar v
p bort turg‘unligini oshirish va shamol ta’sirida pog‘onalarning yemirilishi natijasida о‘pirilib tushadigan tog‘ jinslari bо‘laklarini ushlab qolish uchun xizmat qiladi. Bu maydonchalar kengligi 3-5 mni tashkil etadi. Odatda karyer shakli (planda) ovalsimon bо‘ladi. Karyer uzunligi 0,5 km dan 5 km gacha bо‘ladi, ba’zan esa undan ham yuqori, kengligi esa 2-4 km ni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda karyerlarning chuqurligi bir necha о‘nlab metrdan 300-450 m gacha yetadi. Loyihalarda va istiqbolli karyerlarda texnik-iqtisodiy hisoblarda karyerlarning oxirgi chuqurligi 500-900 m gacha yetadi. Karyerda bо‘sh tog‘ jinslari va foydali qazilmaning umumiy hajmi (kon massasi hajmi) uning о‘lchamlariga bog‘liq va bir necha о‘n ming dan yuz million metrkubgacha yetadi. Yotiq qatlamlarni qazib olishda, foydali qazilmani qazib olgandan sо‘ng karyerda hosil bо‘lgan maydon qazib olingan maydon deyiladi. Agar texnik jihatdan mumkin bо‘lsa, bu maydonga qoplovchi jinslarni joylashtirish yoki foydali qazilma va qoplovchi jinslarni tashish uchun qо‘llaniladigan transport kommunikatsiyalarini joylashtirish uchun foydalanish mumkin. Ochiq kon ishlari yer yuzasini va yer maydonidan foydalanishni buzilishi bilan bog‘liq. Shuning uchun ochiq kon ishlarini atrof muxitga ta’sirini yо‘qotish yoki kamaytirish maqsadida, qazib olish jarayonida va kondan foydalangandan sо‘ng ag‘darmalarni, qazib olingan maydonni va boshka yer yuzasidagi buzilgan uchastkalarni, rekultivatsiya kilish ishlari amalga oshiriladi. Ochiq kon ishlari natijasida qazib olingan va keraksiz bо‘lgan tog‘ jinslari va nokonditsion foydali qazilma boyliklari tо‘planadigan joyga ag‘darma deb aytiladi. Agar, ag‘darma oldin qazib о‘tilgan karyer maydonida joylashgan bо‘lsa ichki ag‘darma, karyer chegarasidan tashqariga joylashgan bо‘lsa tashqi Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling