Karyer elementlari va asosiy kontexnik tushunchalar. Karyerning bosh parametrlari. Darsning maqsadi


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana27.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1234968
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-maruza

5.1-rasm. Pog‘ona elementlari 
Pog‘onaning qazib olingan tomoni bо‘yicha 
р

burchak ostida 
chegaralovchi 
qiyalik pog‘ona qiyaligi deyiladi. Pog‘ona qiyaligini uning ostki 
va ustki maydonchalari bilan kesishgan chizig‘iga mos ravishda ustki (s) va ostki 
(d) brovkalar deyiladi. 
Pog‘ona balandligi N
u
ish olib borish xavfsizligini hisobga olgan holda 
о‘rnatiladi va ekskavator о‘lchamlari hamda tog‘ jinslarining fizika-texnik 
xususiyatlariga bog‘liq bо‘ladi. Kо‘plab karyerlarda pog‘ona balandligi 10-15 m ni 
tashkil etadi, ba’zan esa 20-40 m ga yetadi. Ish olib boriladigan pog‘onaning 
qiyalik burchagi odatda 65-80˚ ga teng, ish olib borilmaydigan pog‘onada bu 
kо‘rsatkich 45-60˚ ni tashkil etadi. 
Ish olib boriladigan pog‘onani uning balandligi buyicha chegaralovchi 
gorizontal yuzaga ustki (a) va ostki (v) maydonchalar deyiladi. Qazib olish uchun 
mо‘ljallangan jihozlar (burg‘ulash dastgohlari, ekskavatorlar, transport vositalari 
va b.) joylashgan maydon ishchi maydon deyiladi. Ishchi maydon kengligi 40-70 
m ni tashkil etadi. Agar maydonda kon ishlari tо‘xtatilsa, u holda ish olib 
borilmaydigan maydon deyiladi. 
Pog‘ona odatda ketma-ket ravishda parallel yо‘laklar, 10-20 m kenglikdagi 
ba’zan esa undan kengroq bо‘lgan zaxodkalar bilan qaziladi. Zaxodkalarning boshi 
berk qismi (ye) kovjoy (zaboy) deyiladi. Zaboyda bevosita foydali qazilma yoki 
qoplovchi jinslarni qazish-yuklash ishlari amalga oshiriladi. Natijada zaboy siljib 
boradi va zaxodka qazib olinadi, sо‘ngra esa yangi zaxodkaga о‘tiladi. 
a) b) 
f
р



 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling