Karyer mexanik uskunalari


EKG-8I Ekskavatorning konstruktiv sxemasi va ishlash prinsipi


Download 79.93 Kb.
bet4/11
Sana05.11.2023
Hajmi79.93 Kb.
#1749900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
EKG-8I Ekskavatorning konstruktiv sxemasi va ishlash prinsipi
1-cho’mich; 2-kovsh osmasi; 3-ko’taruvchi arqon; 4-rukoyat; 5-strela; 6-strela podveskasi; 7-mashinist kabinasi; 8- ikki oyoqli ustun (stoyka); 9-yordamchi lebyodka; 10-kuzov; 11-buruluvchi platforma; 12-chiqish narvoni (zina); 13-yurish qismi; 14-rolikli aylana; 15- qaytuvchi kanat; 16-kuch berish kanati; 17-egarli uzel.
Ekskavator ishchi uskunalariga cho’mich, strela va rukoyat kiradi. Cho’mich tagidan ochiluvchi strela (5) platformaga tayanchli sharnir orqali o’rnatilgan va ikki oyoqli ustun (8) ga kanat 5 yordamida burchak ostida tortib qo’yiladi.

Cho’mich kon jinsini qamrayotganda buriluvchi platformada joylashgan ko’taruvchi baraban yordamida kanat (3) orqali ko’tariladi.


Rukoyat (4) ni zaboyga surish ya’ni rukoyatga kuch berish uchun kuch berish mexanizmidan foydalaniladi. EKG-8 ekskavatori kanatli kuch berish mexanizmi (16) ga ega bo’lib strelada joylashgan egarli uzelda(17) rukayot harakatlantiriladi.
Buriluvchi platformada ko’tarish barabanidan tashqari burish mexanizmlari, kuch berish uskunalari va ekskavatorni boshqarish mexanizmlari joylashgan.
Buriluvchi platforma rolikli aylana (14) yordamida tishli venets o’rnatilgan yurish telejkasi (13) ramasiga o’tiradi va 360 gradusga burilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
EKG-8I, EKG-12,5 kabi ekskavatorlar esa PO «Ijorskiy zavod» (Rossiya) zavodida ishlab chiqariladi va ular kanatli kuch berish mexanizmi bilan jihozlanadi.


Ekskavatorining konstruktiv sxemasi ishlash prinsipi

3-rasm.
EKG-8I ekskavatori xarakatlanuvchi to’g’ri lapatari bo’lib,( 3-rasmda) ko’rsatilgandek ,cho’mich 1, egarli podshipnik 3 va kuch berish mexanizmi detallari tomonidan tutib turiladigan rukayat 2 dan tashkil topgan. Ekskavator strelasi buruluvchi platformaga tayanchi sharnir orqali tayanadi va ilgak 5 yordamida tutib turiladi, ko’taruvchi kanat lebyodkalardan strela bosh bloki 6 orqali o’tib nuqtada ilgagi 7 orqali cho’michga tushadi. O2 sharner uchi 2 kesimga ajratadi.


Ushbu ekskavatorda rukayat karopkasi (kuch berish) kanat orqali amalga oshiriladi. Strelaning pastki qismi 9 ( 10 patkos orqali tutib turiladi ) yuqorigi qismi 8 esa ilmoq 5orqali tutib turiladi. Rukayat xarakatiga kuch beruvchi lebyotka 11 platformada joylashadi rukayatning oldinga va orqaga xarakati o’zakiga o’rnatilgan markaziy bloklar 14 va rukayatda joylashgan 15 va yarim 16 bloklar orqali o’tuvchi 12 va 13 kanatlari yordamida bajariladi.
4-rasm
Rukayatni xarakatlantiruvchi kuch berish mexanizmining kanatli polispas tizimi sxemasi. A. Kanatlarning o’ralish sxemasi B. Libyotkasi Kuch berish mexanizmida libyotkasi platformaning old qismida joylashadi kuch beruvchi 1 va qaytaruvchi kanat 2 lar 3 va 4 barabanlardan chiqib strelada joylashgan 5 va 6 bloklarni aylanib o’tadi va rukayatda joylashgan oldingi va orqa yarim bloklarga boradi 3 va 4 barabanlar aylanganda rukayatning uq yo’nalishida siljishi sodir boladi.
Kanatli kuch berish mexanizmi juda sodda bo’lib yuqori sifatli kanatlar ishlatilsa ishonchli ishlaydi texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash qiyin emas mexanizm to’xtash yuklanishlaridan va zarblaridan himoya qilishi uchun dvigatel 10 va reduktor 11 oralig’iga chegaraviy moment muftasi 9 o’rnatiladi yechiluvchi baraban 3 kanatlarning tarangligini moslashtiruvchi qurilma 12 ga ega EKG ekskavatorlarida libyodka 2 ta elektrodvigatel yordamida ishlatiladi.Reduktor 11 gorizontal o’rnatilgan bo’lib 3 pog’onalik silindrik tishli uzatmalarga ega . Tishli uzatmalar va podshipniklar reduktor korpusiga joylashtirilgan moy vannasidan sochish bilan moylanadi buning uchun reduktor yetaklovchi o’qiga 2 ta sochuvchi moslama o’rnatilgan.



Download 79.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling