Karyer mexanik uskunalari


Mashinalar kompleksini tanlash va ularning texnik tavsiflari


Download 79.93 Kb.
bet3/11
Sana05.11.2023
Hajmi79.93 Kb.
#1749900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1. Mashinalar kompleksini tanlash va ularning texnik tavsiflari
1.1. Ekskavator EKG-8I
Ekskavatorlar – kon jinslarini kovlab olib ag‘darmaga to‘kish yoki transport vositasiga yuklash uchun mo‘ljalangan yer kovlaydigan mashinalardir. Barcha ekskavatorlar ikki guruhga ajratiladi: bir cho‘michli uzlukli va ko‘p cho‘michli uzluksiz ish jarayonli. Bir cho‘michli ekskavatorlar kam jipislashgan yumshoq jinslarni qazib oladi yoki yumshatilga qattiq jinslarni qamrab yig‘ib oladi va o‘z navbatida ma’lum masofaga siljitadi, siljitish vaqtida qamrash yoki qazib olish to‘xtaydi; ko‘p cho‘michli ekskavatorlarda esa bu jarayonlar bir vaqtning o‘zida bajariladi. Har qanday bir cho‘michli yoki ko‘p cho‘michli ekskavator quyidagi asosiy qisimlardan tashkil topadi: ish bajaruvchi, mexanik, yurish va kuch berish uskunalari, boshqarish mexanizmlari, rama bilan platforma, ustki qurilmalar va kuzuv. Umumiy holda ekskavatorlar quyidagi belgilari bo‘yicha sifatlarga ajratiladi:

-bajaradigan ish turi va ishga belgilanishiga ko‘ra;


-cho‘michi hajmi (V, m3 – bir cho‘michli ekskavatorlar uchun) yoki nazariy unumdorligi (Q, m3/tonna – ko‘p cho‘michli ekskavatorlar uchun) bo‘yicha;
-ish bajaruvchi, yurish va kuch berish uskunalari turi bo‘yicha;
Ekskavator ish sikli ketma – ket bajariladigan quyidagi jarayonlardan tashkil topgandir:
  1. kon jinsini qazish va cho‘michni to‘ldirish (qamrash);


  2. cho‘michni zaboydan ko‘tarish;


  3. cho‘michni yuk to‘kish joyiga burish;


  4. cho‘michdagi yukni transport vositasiga yoki ag‘darmaga bo‘shatish;


  5. zaboyga burilish;


  6. navbatdagi qazish jarayonini boshlash uchun cho‘michni joyiga tushirish.




1.1 EKG-8I Ekskavatorning texnik tavsifi
- Chumichining xajmi – 8,0 m3

- Strela uzunligi – 13,35 m


- Rukayat uzunligi – 11,43 m
- Maksimal qazish radiusi-18,4m
- Maksimal qazish balandligi-13,5 m
- Maksimal yuklash balandligi – 8,6m
- Maksimal yuklash radiusi – 16,3m
- Cho’michga beriladigan bosim kuchi – 800kN
- Ishchi massasi – 370t
- Divigitel quvvati– 630kVt
- Sikl davomiyligi – 26sek



Download 79.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling