Kasaba uyushmalari to‘G‘risida


-modda. Davlat organlarining, ish beruvchilarning, ular birlashmalarining


Download 163.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/24
Sana20.09.2023
Hajmi163.72 Kb.
#1681838
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
O‘RQ-588-сон 06.12.2019. Kasaba uyushmalari to‘g‘risida

39-modda. Davlat organlarining, ish beruvchilarning, ular birlashmalarining
(ittifoqlarining, uyushmalarining) ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari
tashkilotlari davlat organlarining, ish beruvchilarning, ular birlashmalarining (ittifoqlarining,


uyushmalarining) ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lib, mazkur organlar o‘z
ochiq hay’at majlislarida ularning ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislariga xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy
huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqilayotganda kasaba uyushmalarining
eng ommaviy birlashmasi vakili taklif etiladi.
40-modda. Jamoatchilik muhokamasi
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari
tashkilotlari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-
huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, davlat organlari, ish
beruvchilar, ularning birlashmalari (ittifoqlari, uyushmalari) qarorlari loyihalarining jamoatchilik
muhokamalarini o‘tkazishi mumkin.
41-modda. Jamoatchilik eshituvi
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy
huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan
tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini bajarish bo‘yicha davlat organlarining, ular
mansabdor shaxslarining, ish beruvchilarning faoliyatiga taalluqli bo‘lgan masalalarni muhokama
qilish maqsadida jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazishi mumkin.
Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va
manfaatlariga daxldor bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish
sohasidagi normativ hujjatlar talablarini bajarish bo‘yicha ish beruvchilarning faoliyatiga taalluqli
bo‘lgan masalalarni muhokama qilish maqsadida jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazishi mumkin.
Jamoatchilik eshituvlari davlat organlarining, ish beruvchilarning, ular birlashmalarining
(ittifoqlarining, uyushmalarining), fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari va kasaba
uyushmalarining a’zolari ishtirokida o‘tkazilishi mumkin.

Download 163.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling