Kasbiy ma’naviyat


Kasbiy manaviyatda xulq- atvor madaniyati va xodimning tashqi ko`rinishi ?


Download 40.21 Kb.
bet11/14
Sana17.06.2023
Hajmi40.21 Kb.
#1524121
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
kasb

13. Kasbiy manaviyatda xulq- atvor madaniyati va xodimning tashqi ko`rinishi ? Axloqiy talablar umumiy bo’lishiga qaramay, ba’zi bir kasbiy faoliyatlarni olib borishda alohida xulq-atvor normalari vujudga kelmoqda.Masalan, tibbiyot xodimi o’z amaliyotidagi qiyinchiliklarga qaramasdan, insonning jismoniy va ma’naviy sog’lig’I uchun kurashishi va kerak bo’lsa, bunda o’zini ham ayamasligi lozim.Tibbiyot etikasi doirasiga kasallikni oshkora qilmaslik, hayot uchun muhim bo’lgan organlarni transplantatsiya qilish sharoitlarini ta’minlash, genetic nazorat tajribalarini o’tkazish kabi masalalar kiradi.Huquq vakillaridan kasb etikasida sodiqlik, hammaning qonun oldida teng ekanligi tamoyiligi rioya qilishni talab qiladi.Xizmat ko’rsatish sohasida esa, avvalambor, muomala madaniyati, mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan diqqat-e’tiborga bog’liqdir.Hammamiz mijoz sifatida kichik do’kon yoki supermarket, qimmatbaho restoran yoki kichik kafe, kinoteatr yoki sartaroshxonalarga kirib turamiz. Va xizmat qiluvchi shaxslarning qanday munosabatda bo’lishlarini, nozik bir tarzda sezib turamiz. Bir joyda savdo xodimi kulib turib muomala qilsa, boshqqa joyda uning qo’pollik bilan javob berishining guvohi bo’lamiz.
G’arb tadbirkorlarining muvaffaqiyatlari quyidagi formulaga asoslangan:Vijdon haqida gapirganda, har bir xizmat ko’rsatuvchi soha xodimi quyidagi axloqiy qadriyatlarga ega bo’lishi lozim:
-to’g’rilik, nazokat, vazminlik;
-xushmuomalalik, xushfe’llik;
-Iltifoq;
-g’amxo’rlik;
-rostgo’ylik, to’g’rilik va h.k.
To’g’rilik-odamlar bilan odob-axloq asosiga qurilgan munosabatni, xushfe’llikni, to’g’rilik esa har qanday vaziyatda o’zini tuta bilishni anglatadi.Xushmuomalalik- xulq-atvorning kundalik xususiyati bo’lib, odamlarni hurmat qilishni anglatuvchi axloqiy qadriyatdir.Xushmuomalalik-bu xulq madaniyatining elementar talabi, odamlar bilan mehr-oqibat asosida qurilgan muloqotning sharti, har qanday kishiga, agar u yordamga muhtoj bo’lsa, yordam qo’lini cho’zish, nazokat doirasida ko’zga tashlanadigan xislatlardir.Xushmuomalalik- mehmonxona xodimlarining madaniyatliligi haqida dalolat beradigan eng muhim xislatlardan biridir.
Kamtarlik- yutuqlarini pesh qilmaslik, manmanlikdan xoli bo’lish, vazminlikni bildiradigan sifatdir. Shu bilan birga, o’ta kamtarlik ham manmanlikka kiradi. Iste’dodli odam o’z iste’dodini yashirsa ham, iste’dodi ko’rinib turadi.Kamtarlik tortinchoqlik degani emas. Tortinchoq odam o’zini yetarli darajada baholay olmaydi. Bunday odamlarni tez-tez maqtab turish, ularga dadillik beradi, o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi.
Pedagogik etika umumiy nazariy va amaliy funktsiyalarni bajaradi. Uning asosiy kategoriyalariga pedagogik burch, erkinlik va mas’uliyat, adolat kiradi.
Pedagogik etikada o’qituvchining individual axloqiy ongining mohiyati va o’ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor qaratish lozim. O'qituvchi shaxsning axloqiy ongini qayta ishlab chiqarish jarayonida nafaqat individual, balki pedagogik va o'quvchilar jamoalari, ota-onalar jamoasi orqali ham ishtirok etadi.
Pedagogik etika pedagogik faoliyatni rag'batlantirish yo'llarini izlash asosida ta'limni takomillashtirish muammosini hal qilishga hissa qo'shish uchun mo'ljallangan.
Lug‘aviy jihatdan “imidj”(ing. “image”)tushunchasi “siymo”, “timsol”, “qiyofa” va “obraz” ma’nolarini anglatadi.Mohiyatiga ko‘ra esa ushbu tushuncha yordamida “joziba”, “maftunkorlik” ma’nolarini ifodalaydi.Imidj-aniq bir insonga bo‘lgan munosabatda insonlar tafakkurida yuzaga keladigan tashkilot yoki boshqa ijtimoiy ob’ekt qiyofasidir. Pedagogik imidj-pedagogningma’naviy-axloqiy qiyofasi bilan tashqiko‘rinishi o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlikva mutanosiblikdir.
O‘qituvchining tashqi qiѐfasini ifodalovchi madaniyati
1. Gavdani tutish-to‘g‘ri tutish(yurishda, o‘tirib turishda), qo‘llarning o‘qituvchi stolida erkin holatda bo‘lishi, batartibligi, ixchamligi.
2. Kiyim- ozodaligi, shinam va bashangligi, kamtarligi, ranglning mos holda tanlanishi, kiyimning ѐshiga va kasbiga mosligi, kiyimni modaga muvofiqligi, bijuteriya, taqinchoqlarning ko‘p va kamligi, ishiga mosligi.
3. Pardozning me’ѐrdaligi, ѐshi, kasbi va ishiga mosigi.
4. Soch turmagi(sochning ma’lum bir tartibliligi).
5. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi. O‘qituvchining pedagogik texnikasi tizimida mimik va pantomimik ifodalari ham muhim o‘rin tutadi. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi, o‘qituvchining imo-ishorasida, ma’noli qarashlarida, rag‘batlantiruvchi ѐki kinoyali tabassumida namoѐn bo‘ladi va ular o‘qituvchi-tarbiyachining pedagogik ta’sir ko‘rsatishida, o‘quvchi-talabalarga mashg‘ulotlarni ta’sirchan, qiziqarli, samarali va mazmunli o‘tish uchun puxta zamin tayѐrlab beradi.
6.Mimika-his-hayajonning ifoda etishi, yuz mushaklarining, ma’noli harakatlarning so‘zlaѐtgan nuqtaga gapga mosligi. Mimika- bu o‘z fikrlarini, kayfiyati, holati, hissiѐtini tinglovchi bajaraѐtgan ishdan roziligi ѐki norizoligini bildirish maqsadida uchun yuz, qosh, ko‘z muskullarini harakatga keltira olish san’atidir. Ba’zan yuzning va nigohning ifodasi o‘quvchilarga katta tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Mimik harakatlar, ifodalar ma’lumotlarning hissiy ahamiyatini kuchaytirib, ularni chuqur o‘zlashtirish uchun imkon yaratadi. O‘quvchi pedagogga qarab uning kayfiyatini, munosabatini «o‘qib» oladilar. Shuning uchun uydagi ba’zi noxushliklar o‘quv mashg‘ulotlariga ta’sir ko‘rsatadi. Mimik ifodalar o‘quvchining o‘quv kayfiyatiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmasligi kerak. Yuz ifodasida, mimik belgilarida faqat dars mashg‘ulotlariga xos ta’sirini ko‘rsata bilishi talab etiladi. Bu o‘quv - tarbiya topshiriqlarini yechish o‘quvchilar ta’limi va tarbiyasiga ijobiy yo‘nalish bera oladigan ko‘rinishlarni ifodalashi lozim.
7.Pantomimika- qo‘l,oѐq, gavda harakatlari: yurish, qadam tashlash, erkin harakat qilish, jestlar va boshqalar. Pantomimika – bu gavda, qo‘l, oѐq harakatidir. O‘qituvchi darsda o‘quv ma’lumotlarini baѐn qilar ekan, gavda holati orqali ma’lumotlarning obrazini chizadi, o‘quvchi-talabalar bundan zavqlanadilar, ichki his-tuyg‘ulari, ularning tashqi hissiѐtlari bilan qo‘shilib butun borliq ma’lumotlar mazmunini o‘zlashtirishga qaratiladi.
8.O‘z hissiѐtini boshqara olish malakasi. O‘qituvchining pedagogik texnikasi tizimida o‘z hatti-harakati, hissiѐtini idora qilishi va ruhiy (psixik) holatini boshqara olishi ta’lim-tarbiya jaraѐni uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi ta’sir ko‘rsatish vaqtida (darsda, darsdan tashqari mashg‘ulotlar paytida, tarbiyaviy ishlar jaraѐnida) o‘z hissiѐtini boshqara olishi, jiddiy bo‘lishi, umidbaxshlik, hayrixohlik kayfiyatda bo‘la olishi ham pedagogik texnika tizimining muhim elementidir.
9.O‘qituvchining aktѐrlik va rejissѐrlik malakalari. O‘qitish samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish uchun o‘qituvchi pedagogik texnikasi tizimidan o‘rin olgan yana bir malaka – bu o‘qituvchining aktѐrlik va rejissѐrlik malakasidir.



Download 40.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling