Kasbiy ma’naviyat


O`qituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqei va nufuzi pasayib ketganligi,ularni moddiy va manaviy rag`batlantirish tizimi?


Download 40.21 Kb.
bet8/14
Sana17.06.2023
Hajmi40.21 Kb.
#1524121
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
kasb

10.O`qituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqei va nufuzi pasayib ketganligi,ularni moddiy va manaviy rag`batlantirish tizimi? Ijtimoiy tarmoqlar bugun axborotning muhim manbalaridan biriga aylandi. Uni kuzatarkansiz, turli joylarda bo‘layotgan yangiliklar, voqea-hodisalardan bir zumda xabardor bo‘lasiz. Albatta bu yaxshi. Afsuski, ba’zi xabarlar kimlarnidir manfaatiga xizmat qilib, rahbarlarning obro‘sini tushirish, sharmanda qilish, qaysidir kasb egalarini mazax qilish quroliga aylanib qolmoqda. Ayniqsa, o‘qituvchidek sharafli va mas’uliyatli kasbni behurmat qilayotganlarni qanday tushunish mumkin?
Keyingi ikki yil davomida birgina Farg‘ona viloyatini o‘zida o‘qituvchining o‘quvchilarni kaltaklayotgani aks etgan bir nechta videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqab, keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Mutasaddilar tomonidan o‘sha o‘qituvchilarga jazo qo‘llanib, vazifasidan ozod etildi. Kuni kecha Farg‘ona shahridagi 3-umumta’lim maktabida bo‘lgan holat ham yana dolzarb mavzuga aylandi. Voqea kun trendiga chiqdi: “O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi”. Ammo hech kim masalaning tub mohiyatiga e’tibor qaratmayapti. 
O‘qituvchini o‘quvchiga nisbatan tazyiq o‘tkazishiga, kaltaklashi va urishiga barchamiz qarshimiz. Ammo shu o‘rindao‘qituvchi o‘z o‘quvchisiga besabab tanbeh bermaganiga nega beparvomiz. O‘qituvchini qo‘l ko‘tarishga majbur qilgan omillar doimo chetda qolaveradi. Erkak o‘qituvchilarning ta’lim maskanlarida kamligiga e’tibor beramizu, uni g‘ururini, sha’nini hech qachon himoya qilmaymiz. Osongina ishdan bo‘shatib yuboramiz, hatto biror intizomiy chora qo‘llamaymiz. Xalq ta’limi vazirligining mutasaddilari bu masalada hech qachon o‘qituvchi tomonda bo‘lmaydi. Ana shunisi yomon. Jamiyatda o‘qituvchini shu yo‘llar bilan nufuzini ko‘tarib bo‘ladimi? O‘qituvchi ham inson, u ham xato qiladi. Uni videoga olib, sharmanda qilayotgan o‘quvchilarga nega jazo qo‘llanilmayapti? Bugungi saylov jarayonida siyosiy partiyalar ham bu borada jim. 
Shuni unutmaslik kerakki, sharq xalqlarida ilm o‘rgatuvchilar va ustozlarga nisbatan izzat-hurmatda bo‘lish farzandlar ongiga singdirilgan. Xususan, nozikta’b adib, nuqtadon olim, XV asr ma’rifatparvarlari darg‘alaridan biri bo‘lgan Husayn Voiz Koshifiy “Ustoz va muallimlar hurmatini o‘rniga qo‘ygan bu dunyoda ham, oxiratda ham saodat topar“,-deb yozgan edi. O‘qituvchining nufuzini ko‘tarish yo‘lida bugun katta ishlarga qo‘l urildi. Ammo bu kasb egasini hurmat qilmayotganlarni nima deb atash mumkin? O‘qituvchilar bilan ko‘p muloqotda bo‘lamiz. Agar yoshlarning tarbiyasidagi xato o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, undan ko‘z yumilsa kelajakda u katta yaraga aylanadi.
–Ba’zi bir yuvosh o‘qituvchilarni darsiga yuqori sinf o‘quvchilari umuman qatnashmay qo‘ygan, – deydi Farg‘ona shahrilik Aziz Boymatov. – Agar ularga sal qattiqroq gapirib qo‘ysangiz tamom baloga qolasiz. Shunday ota-onalar borki, arzimagan narsadan illat izlaydi. Bu bilan o‘quvchilarni tarbiyalash juda qiyin. O‘qituvchini obro‘si gohida arzimas bo‘lib qolmoqda. 
Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug‘“ degan maqol bor. Donishmandlarimizdan Faxriddin Rasul o‘zining “Axloqnoma“ risolasida ustoz haqida shunday deydi. “Ustozni ranjitmoq ota-onani ranjitmoqdek zo‘r gunoh. Dunyoga keltirgan, yedirgan, kiydirgan hamda voyaga yetkazgan ota-ona moddiy ota-onadir. O‘qitgan, hunar o‘rgatgan, fan-hunar cho‘qqilariga yetaklab, ko‘p zahmatlar oqibatida sening kamol topishingga sababchi bo‘lgan ustozlar ma’naviy ota-onadir. Ilm, kasb o‘rganish xalq iborasida “igna bilan quduq qazish“ kabidir. Bu yo‘lda senga rahnamo bo‘lgan ustozlaring oldida umr bo‘yi qarzdorsan“.
21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida xalq ta’limi tizimi muammolariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Videoselektor yig‘ilishida Xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangan Sherzod Shermatov va uning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.Ma’lum qilinishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazirga ta’lim tizimi bilan bog‘liq bir qator vazifalarni qo‘ygan. Ularning eng asosiysi — jamiyatda o‘qituvchilarning nufuzini oshirish.Qayd etilishicha, ko‘plab rivojlangan davlatlarda o‘qituvchilik eng obro‘li kasblardan biri hisoblanadi. Shuning uchun endi o‘qituvchining nufuzini oshirish, eng obro‘li kasblardan biriga aylantirish bugunning eng muhim vazifasi bo‘lishi kerak «O‘qituvchini hurmat qilmagan rahbarni men ham hurmat qilmayman», — deb aytgan Shavkat Mirziyoyev.


Download 40.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling