Kasbiy ma’naviyat
Muomala madaniyatining shakllari juda ko’p, ularning ichida uchtasi alohida ko’zga tashlanib turadi
Download 40.21 Kb.
|
kasb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muomala madaniyati uch tarkibiy qismdan iborat
- Muomala madaniyatining umumiy qoidalari quyidagilardan iborat
Muomala madaniyatining shakllari juda ko’p, ularning ichida uchtasi alohida ko’zga tashlanib turadi:
xulq-atvor madaniyati; tashqi ko’rinish madaniyati; nutq madaniyati. Muomala madaniyati ushbu shakllarining barchasi bir vaqtning o’zida har bir odamda ichki mazmun va mohiyat, tashqi ifoda hamda ularning mushtarakligi yoki mushtarak emasligi tarzida sezilib turadi. Muomala madaniyati uch tarkibiy qismdan iborat: 1.fe’l-atvorning ichki mazmuni va mohiyati; 2.yurish-turishning tashqi ifodasi; 3.ular o’rtasidagi uygunlik va mutanosiblik darajalari. Xulq-atvorning ichki mazmuni va mohiyatini shaxs axloqiy-huquqiy va estetik ongining rivojlanish darajasi tashkil etsa, tashqi ko’rinishini ularning sintezi bo’lgan estetik did, fahm-farosat belgilaydi. Har ikkalasining uyg’unligi va mushtarikligi esa yuksak madaniyat sohibi ekanligidan darak beradi. Muomala madaniyatining umumiy qoidalari quyidagilardan iborat: 1. Odob va ehtiyot bilan muomala qilishdan hamma maqsadlar ro’yobga chiqadi. Muloyimlik bilan aytilgan so’zlar ko’ngilga rohat baxsh etadi. Shuning uchun hamma bilan odobga rioya etib muomala qiling, ochiq yuzli, shirin so’zli bo’ling. 2. Bir narsadan xafalanib, achchigingiz kelib turgan vaqtda hech kim bilan so’zlashmang, gazabingiz bosilguncha sabr qilib turing. Odamlarning kamchiliklarini kechiring, har ishda fikr qilish va e’tibor berishni unutmang. 3. Odamlarga aralashmay bir chetda turmang. Kim uchrasa, tekshirmay-ketmay darhol do’st bo’lib ketmang, har ishda hur fikrli, to’gri so’zli bo’ling, tilingiz va dilingiz birdek bo’lsin. 4. Qo’pol muomalali kishilarning muomalalariga yaxshi muomala bilan javob qaytaring. 5. O’zingizdan kichiklarni xo’rlamang, aqlingiz va martabangiz bilan maqtanmang, har kimning o’ziga munosib muomala qiling. 6. Hamsuhbatingiz go’zal muomala qilishini istasangiz, avval o’zingiz unga go’zal muomala qiling, kishilarga muhabbatli bo’lishingiz sababli kamolotingiz hech bir zos ketmaydi. 7. Xalqqa yaxshi ishlarni so’zlang, yomon ishlarni yashiring. Odamlar bilan muomalangiz shunday bo’lsinki, hayotingizda sizni sevsinlar, vafot etganingizdan keyin sizni eslab, qaygursinlar. 8. Juda zarur bo’lib qolgan vaqtdagina xalqdan yordam so’rash mumkin. Xalqqa o’z ogirligingizni solmang, ularning mollariga tama qilmang, o’zingiz ishlang, mehnat qiling rizq-ro’zingizni o’z mehnatingiz bilan yarating. 9. Bir ishni bajarishga ahd qildingizmi, so’zingizning ustidan chiqing, va’dangizga vafo qiling. Kim bilan do’st bo’lsangiz, do’stlikka sodiq bo’ling. Odamlarning shodliklariga shodlaning, qaygulariga qayguring. O’zingiz sevmagan narsani boshqalarga ravo ko’rmang. 10. Jamiyat manfaati uchun xizmat qiling, bu yo’lda sarflagan vaqtingizga achinmang, chunki boshqalarni sevish, ularga yordam bering, kamchiliklarini tugatish uluglik va odamgarchilik belgisidir. Download 40.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling