Kasbiy ma’naviyat
Yosh kadrlarda korrupsiyaga qarshi kurash madaniyatini yuksaltirish masalalari?
Download 40.21 Kb.
|
kasb
9.Yosh kadrlarda korrupsiyaga qarshi kurash madaniyatini yuksaltirish masalalari?
Korrupsiyaga qarshi kurash bugungi kundagi dunyo hamjamiyati oldida turgan eng dolzarb masalalardan biriga aylandi. Uning davlatlar, mintaqa iqtisodiyoti, siyosati, ijtimoiy hayotiga halokatli ta’sirini ayrim mamlakatlar inqirozi misolida ko‘rishimiz mumkin.Korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda ham davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Buni so‘nggi yilllarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar misolida ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini oshirishda Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ahamiyati katta hisoblanadi.Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2017-2018-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida qabul qilingan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi, “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlar ham mohiyatan korrupsiyaga qarshi kurashish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.2018-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyani bartaraf etish bo‘yicha qo‘mitalar tashkil etildi. Bu tuzilmalar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament nazorati samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida fuqarolik jamiyatini qurishda toʻgʻanoq boʻladigan muammolardan biri korrupsiyadir, deb qayd etgan. Bozor iqtisodiyoti tizimi kushandasi, davlatlar oʻrtasida ikki va koʻp tomonlama hamkorlik, biznes hamda investitsiya rivojida shafqatsiz toʻsiq ham ayni shu korrupsiya hisoblanadi. Har yili oʻnlab qoʻshma korxonalarning ochilishi va yopilishi zamirida ana shu “koʻrinmas qoʻllar” yotadi. Korrupsiya darajasi yuqorilashgan davlatga chet el investitsiyasini kiritish kamayib borayotganining asl sabablarini ham shu xavfli illatdan izlash lozimga oʻxshaydi. Oldin Gʻarb, keyinroq Osiyo davlatlarida bu masala chuqurlashib, jamiyatda “kasallik” hududi, koʻlami va darajasi kuchayib borayotgan ekan, nima qilmoq kerak, degan doimiy savol paydo boʻladi. Nima qilsa, dunyoni egallab, mamlakatlar iqtisodiyotiga raxna solayotgan bunday balo-qazoning taʼsir doirasi kamayadi?! Korrupsiya keng qamrovli tushuncha boʻlib, u jamiyatning ayrim qatlamlari, toifalari, guruhlarikundalik faoliyatiga aylanib, oʻzaro bir-biriga bogʻlanib, chirmashib ketganligidan koʻz yumib boʻlmaydi. “Nozik”, “chigalroq” ushbu masalada davlatning huquq-tartibot idoralari birmuncha hushyor, ziyrak boʻlishi, shuningdek, nodavlat tashkilotlari, turli komissiyalar, jurnalistlar, mustaqil sudlar tizimi faolroq ishlashi haqida tadqiqotchilar anchadan beri yozib keladi. Siyosatchilar, sotsiologlar, psixologlar, tarixchilar, davlat hamda jamoat organlari, siyosiy partiyalar, eng muhimi, amaliyotchilar masalani tahlil etish va yechimini topish ustida bosh qotirishi lozim. Download 40.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling