Kasbiy ma’naviyat


Yusuf Xos Hojibning ``Qutadg`u bilig`` asarida ma`naviyat va kasb egallash haqidagi qarashlari?


Download 40.21 Kb.
bet3/14
Sana17.06.2023
Hajmi40.21 Kb.
#1524121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
kasb

4.Yusuf Xos Hojibning ``Qutadg`u bilig`` asarida ma`naviyat va kasb egallash haqidagi qarashlari? Yusuf Xos Xojib 1069/70 yillarda Bolosog’unda dunyoga keldi. Ma’lumotlarga qaraganda Bolosog’un vayronalari Qirg’izistondagi To’qmoq shahri yaqinida bo’lgan. YUsuf Xos Xojib haqida bizgacha juda kam ma’lumot etib kelgan bo’lib, uning hayoti haqida tushuncha beruvchi yagona asari “Qutadg’u bilig”dir.
Muallif o’zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida xokimiyat va xukmdorlik, ijtimoiy tabaqalar haqidagi o’zining axloqiy-ta’limiy qarashlarini aks ettirgan va ilm-ma’rfat, axloq-odob xaqidagi fikrlarini badiiy personajlar orqali bayon qilgan. Dostonning boshidan oxirigacha shaxslar taqdiriga insonparvarlik g’oyalari singdirilgan. Yusuf Xos Xojibning fikricha, har qanday inson o’qimishli bo’lishi va ilm o’rganishi shart. Bu fazilat avvalo hukmdorlarga tegishli, chunki ular Xudoning xoxishi bilan beklik mansabiga erishgan. Xudo kimni bek bo’lishini xohlasa uni oddiy insonlardan farqli o’laroq qobiliyatli, uquvli qilib yaratgan. Chunki u mamlakatni boshqarish, xalqni osoyishta yashashi va obodonchiligi uchun qayg’urish, foydali qonun-qoidalarni yaratib, ularni amalga oshirishi, ilm-ma’rifat ahlini himoya qilishi lozim. Mana shunday vazifalarni uddalay olishi uchun bek – doishmand, odil va tadbirkor bo’lishi shart. Asar asosida to’rtta fazilat yotadi. Bular adolat, davlat, aql-zakovat, qanoat. Adolatning nomi Kuntug’di. U asarda yurtboshi, ya’ni elig qilib tasvirlangan. Davlatning ismi Oyto’ldi. U vazir mansabida. Zakovat-aql esa O’gdo’lmish deb ataladi. O’gdo’lmish Oyto’ldining o’g’li. Qanoat O’zg’irmish deb nomlanadi. U vazirning qarindoshi.
Kuntug’di adolatli hukmdor, donishmand va ezgu xulqli insonparvar kishi. U mamlakatda qattiq intizom o’rnatib, zolimlarga tanbex berib, mazlumlarni shod etadi. xalk tinch va farovon yashaydi.


5.Muomala madaniyati uning asosiy shakl va qoidalari?
Kasb etika albatta insoniyatning turmushiga, insoniy ehtiyoji mohiyatiga bog’liq bo’ladi, ammo ijtimoiy va individual ong darajasi bilan belgilanadi. Jamiyatda insonlarning xatti-harakatini boshqa shakllar qatorida Kasb etika ham ko’plab individlarning faoliyatlarini muvofiqlashtirishga, uni muayyan ijtimoiy qonunlarga bo’ysungan birlashgan umumiy faoliyatga aylantirishga xizmat qiladi.
Muomala har qanday odam, jamiyat faoliyatining zaruriy va umumiy sharti, har tomonlama rivojlanishining muhim omili, ongli odamni tabiatdan ajratib turuvchi mezonlardan biridir.
Muomala juda murakkab jarayon bo’lib, u odamlarning o’zaro iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-ma’naviy munosabatlarini, aloqalarining yigindisidan tashkil topadi.

Download 40.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling