Kasbiy ma’naviyat
Abu Rayhon Beruniy asarlarida mehnat va mehnat tarbiyasi haqidagi qarashlar?
Download 40.21 Kb.
|
kasb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Kasbiy manaviyatda etiket normalari va ularning xodimlar faoliyatida namoyon bo`lishi
7.Abu Rayhon Beruniy asarlarida mehnat va mehnat tarbiyasi haqidagi qarashlar?
Xorazmlik buyuk vatandoshimiz Abu Rayxon Beruniy jahon fani tarixida eng mashhur siymolar qatoridan joy olib, o’z davrining deyarli barcha fanlarida o’chmas iz qoldirgan, gumanistik g’oyalarning rivojiga ulkan xissa qo’shgan. Buni ko’pgana Sharq va G’arb olimlari tan olgap. Beruniyning ilmiy merosiga nisbatan qiziqishning borgan sari oshib borishining sabablaridan biri uning yorqin gumanistik mohiyatidir. Allomaning boy va serqirrali merosining hamma tarkibiy qismlariga gumanistik g’oyalar mujassamlangan bo’lib, ular uning muttasil yaxlitligini va har tomonlama bog’liqligini belgilaydilar. Albatta u faoliyat ko’rsatgan har bir ilmiy sohaning gumanistik xislatlari o’ziga xosdir, lekin umuman olganda ular insonni ulug’lash, inson omilini hamma vaqt nazarda tutish, aqlni e’zozlash, umuminsoniy qadriyatlarni yuksaklikka ko’tarish va shu nuqtai nazardan tabiat, jamiyat muammolarini xal qilishda, inson manfaatlari ustuvorligidan kelib chiqish kerakligi g’oyalari bilan sug’orilgan. Beruiiy ijtimoiy qarashlarining muhim tarkibiy qismi bo’lgan axloqiy g’oyalari chuqur gumanistik mohiyatga ega. “Abu Rayhon Beruniy inson axloqiy kategoriyalari haqida “to’g’rilik va haqiqat”, “yaxshilik va yomonlik”, “rostgo’ylik va yolg’onchilik”, “faxrlanish va g’amginlik”, “g’azab va ilmsizlik”, “halol va haromlik”, “do’stlik-inoqlik va dushmanlik”, “xalqlar do’stligi va tinchiligi uchun kurash va boshqa xususiyatlarni kishilarning tabiati bilan bog’laydi”. U Sharq xususan musulmon xalqlari axloqiga xos “muruvvat”, “futuvvat” va “mardlik” tushunchalariga katta e’tibor bergan: “Odamgarchilik, ya’ni muruvvat kishining o’zi, urug’-aymog’i va o’z ahvoliga ta’sir etish bilan chegaralanadi. Mardlik -futuvvat esa undan ham ustup turib, o’zidan tashqariga ham o’tadi. Muruvvatli mard kishi o’zidagi va o’ziniki ekanligiga hech kim tortishib o’tirmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi”. 8. Kasbiy manaviyatda etiket normalari va ularning xodimlar faoliyatida namoyon bo`lishi? Etika bo’yicha izohli lug’atda ushbu tushuncha ma’nosi quyidagicha: “Kasb etikasi )yoki kasbiy axloq) –bu odamlarning kasb faoliyatidan kelib chiqadigan o’zaro munosabatlarining axloqiy xarakterini ta’minlaydigan qonuniyatlardir”. Bunday qonuniyatlarning kelib chiqishi va rivojlanishi inson axloqi yo’nalishlaridan birini aks ettiradi, chunki ular shaxs qadrini va shaxslararo munosabatlarda odamiylikning yuzaga kelishiga yordam beradi.Axloqiy talablar umumiy bo’lishiga qaramay, ba’zi bir kasbiy faoliyatlarni olib borishda alohida xulq-atvor normalari vujudga kelmoqda.Masalan, tibbiyot xodimi o’z amaliyotidagi qiyinchiliklarga qaramasdan, insonning jismoniy va ma’naviy sog’lig’I uchun kurashishi va kerak bo’lsa, bunda o’zini ham ayamasligi lozim.Tibbiyot etikasi doirasiga kasallikni oshkora qilmaslik, hayot uchun muhim bo’lgan organlarni transplantatsiya qilish sharoitlarini ta’minlash, genetic nazorat tajribalarini o’tkazish kabi masalalar kiradi.Huquq vakillaridan kasb etikasida sodiqlik, hammaning qonun oldida teng ekanligi tamoyiligi rioya qilishni talab qiladi.Xizmat ko’rsatish sohasida esa, avvalambor, muomala madaniyati, mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan diqqat-e’tiborga bog’liqdir.Hammamiz mijoz sifatida kichik do’kon yoki supermarket, qimmatbaho restoran yoki kichik kafe, kinoteatr yoki sartaroshxonalarga kirib turamiz. Va xizmat qiluvchi shaxslarning qanday munosabatda bo’lishlarini, nozik bir tarzda sezib turamiz. Bir joyda savdo xodimi kulib turib muomala qilsa, boshqqa joyda uning qo’pollik bilan javob berishining guvohi bo’lamiz. G’arb tadbirkorlarining muvaffaqiyatlari quyidagi formulaga asoslangan:Vijdon haqida gapirganda, har bir xizmat ko’rsatuvchi soha xodimi quyidagi axloqiy qadriyatlarga ega bo’lishi lozim: -to’g’rilik, nazokat, vazminlik; -xushmuomalalik, xushfe’llik; -Iltifoq; -g’amxo’rlik; -rostgo’ylik, to’g’rilik va h.k. To’g’rilik-odamlar bilan odob-axloq asosiga qurilgan munosabatni, xushfe’llikni, to’g’rilik esa har qanday vaziyatda o’zini tuta bilishni anglatadi.Xushmuomalalik- xulq-atvorning kundalik xususiyati bo’lib, odamlarni hurmat qilishni anglatuvchi axloqiy qadriyatdir.Xushmuomalalik-bu xulq madaniyatining elementar talabi, odamlar bilan mehr-oqibat asosida qurilgan muloqotning sharti, har qanday kishiga, agar u yordamga muhtoj bo’lsa, yordam qo’lini cho’zish, nazokat doirasida ko’zga tashlanadigan xislatlardir.Xushmuomalalik- mehmonxona xodimlarining madaniyatliligi haqida dalolat beradigan eng muhim xislatlardan biridir. Kamtarlik- yutuqlarini pesh qilmaslik, manmanlikdan xoli bo’lish, vazminlikni bildiradigan sifatdir. Shu bilan birga, o’ta kamtarlik ham manmanlikka kiradi. Iste’dodli odam o’z iste’dodini yashirsa ham, iste’dodi ko’rinib turadi.Kamtarlik tortinchoqlik degani emas. Tortinchoq odam o’zini yetarli darajada baholay olmaydi. Bunday odamlarni tez-tez maqtab turish, ularga dadillik beradi, o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi. Download 40.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling