Kasbiy ma’naviyat


Adolat,sadoqat,burch va halollik kasbiy manaviyatning bosh mezoni?


Download 40.21 Kb.
bet13/14
Sana17.06.2023
Hajmi40.21 Kb.
#1524121
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
kasb

15.Adolat,sadoqat,burch va halollik kasbiy manaviyatning bosh mezoni?
Adolat g‘oyasi butun dunyo xalqlarini azaldan o‘ylantirib kelgan. Islom olamida esa adolat g‘oyasi haqiqatning mezoni hisoblanadi. Buyuk ajdodimiz sohibqiron Amir Temur “Bir kunlik adolat – yuz kunlik toatibodatdan afzaldir» deya adolatga yuksak baho bergan bo‘lsa, hazrat Alisher Navoiyning “Kimki haqiqatni yolg‘ondan, to‘g‘rini noto‘g‘ridan ajrata bilsa, u o‘z adli bilan G‘arbu Sharqni yoritgan bo‘ladi” degan hikmatida mazkur iboraning ma’naviy-ma’rifiy mohiyati mujassamlashgan.
Adolatning o‘zagi «adl» bo‘lib, odillik, haqqoniylik degan ma’nolarni anglatadi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari faoliyatida ushbu tushunchani quyidagicha ham izohlash mumkin:
1) sudda insof va adolat yuzasidan hukm chiqarish;
2) to‘g‘rini noto‘g‘ridan, rostni yolg‘ondan ajrata bilish, biror tomonga yon bosmaslik;
3) zulmni bartaraf etish, insof yuzasidan ish ko‘rish, mazlumni himoya qilish.
Tilimizda «adl» so‘zi bilan bog‘liq bir qator so‘z birikmalari mavjud. Masalan, adl mezoni deganda adolat tarozusi, ya’ni qonun asosida haqiqatni tiklagan kishi, adolat qonuni; adl tariqi deganda shariat nizomlari; adolat posboni deganda adolat himoyachisi, odil podsho, haqgo‘y qozi; adlu insof deganda o‘rtada turib, haqiqatni aniqlash, to‘g‘rilik, to‘g‘ri qaror qabul qilish nazarda tutiladi.
Adolat (arab. odillik, to‘g‘rilik, hamma uchun barobar bo‘lgan haqiqatning talab va prinsiplariga amal qilinishi) insoniyatning azaliy orzusi, ezgu g‘oyasi, ma’naviyat, axloq va huquqning me’yoriy kategoriyalaridan biri. U jamiyat hayotidagi hodisalar, tartib-qoidalarning asl insoniy ideallarga, haqiqat mezonlariga qanchalik mos ekanini aniqlashda hamma zamonlarda ham asosiy bo‘lib, “baxt”, “ozodlik”, “tenglik”, “do‘stlik”, “tinchlik” tushunchalari kabi insonning azaliy ezgu intilishlari timsolidir.
Adolat haqidagi ilk tasavvurlar juda olis zamonlarga borib taqaladi. Qadimgi davr mutafakkirlari uni universal qonun sifatida talqin etishgan. Masalan, Zardusht adolatni “arta” tushunchasi yordamida ifoda etar ekan, uni olamdagi ikki qutbdan biri deb hisoblagan. Yunon faylasufi Aflotun adolat muammosini izchil o‘rganib chiqishga harakat qilgan. Uning ijtimoiy-siyosiy konsepsiyasida adolat “hukmronlik” va “imtiyoz” tushunchalariga yaqin kategoriya sifatida sharhlangan. Faylasufning fikricha, har bir tabaqa ichida tenglik bo‘lmog‘i, tabaqalar o‘rtasida tenglik hukm surmog‘i adolatdandir. “Sadoqat” so‘zining lug‘aviy ma’nosi «samimiy va chin do‘stlik, samimiyat, vafodorlik bo‘lib, insonga xos eng ezgu ma’naviy-axloqiy xislatni ifoda etadi, insonlararo munosabatlardagi birdamlik, do‘stlik, mehroqibat va samimiylik kabi fazilatlarni aks ettiradi.
Sadoqatlilik yoki sodiqlik sadoqatning amaliy ko‘rinishidir. Vatanparvarlik – Vatanga va xalqqa sadoqatning oliy shakli. Tilimizda «sadoqat» so‘ziga o‘zakdosh bo‘lgan sidq, siddiq, sadqa va sadaqa so‘zlari ham qo‘llanadi. «Sidq» so‘zining ikki ma’nosi bor:

Download 40.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling