Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


O‘zbekiston xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari


Download 389.03 Kb.
bet22/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   128
Bog'liq
MA

O‘zbekiston xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari
Reja:
1. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari (sanoat - qishloq xo‘jaligi) kichik korxonalar, kichik biznes.
2. O‘MKHT dagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichi.
3. O‘MKHT da kichik mutaxassis tayyorlash tizimi.


Tayanch so’z va iboralar: xalq xo’jaligi, sanoat, qishloq xo’jaligi, yo’nalishlar, tasniflagich, kasb, ixtisoslik.



  1. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari (sanoat - qishloq xo‘jaligi) kichik korxonalar, kichik biznes

Xalq xo‘jaligi mamlakatimizda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik asosida vujudga kelgan ijtimoiy ishlab chiqarish tizimidir.
Ijtimoiy mehnat taqsimotiga muvofiq xalq xo‘jaligi ikki katta sohasini – ishlab chiqarish (moddiy ishlab chiqarish) va noishlab chiqarish sohalarini o‘z ichia oladi.
Ana shu sohalarning tarkibi o‘zaro munosabati va bir-biriga bog‘liqligi mamlakatimiz xalq xo‘jaligi strukturasini tashkil etadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasiga moddiy boyliklarni ishlab chiqaradigan yoki iste’molchilarga yetkazib beradigan hamma tarmoqlar kiradi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va qurilish jamiyat uchun zarur ishlab chaqarish vositalari (mashinalar, materiallar, inshoot va hokazolar) hamda iste’mol mollari (oziq-ovqat mollari, kiyimlar, poyabzal va hokazolar) yaratiladi.
Yuk transporti, ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aloqa, savdo, umumiy ovqatlanish, moddiy texnika ta’minoti tayyorlanish va sotish hamda moddiy ishlab chiqarish sohasiga kiradi, chunki bular mahsulotlarni yaratishda yordam beradi va ularning qayta qurilishini ta’minlaydi.
Moddiy ishlab chiqarishning yetakchi tarmog‘i – sanoatdir. Mamlakatimiz iqtisodiy qudratining asosi og‘ir sanoat bo‘lib, u ishlab chiqarish vositalarining (materiallar, mashinalar, asbob-uskunalar, priborlarning) ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Yengil va oziq-ovqat sanoatda iste’mol mollari (oziq-ovqat mahsultlari, gazlama, poyabzal, kiyim va hokazolar) tayyorlanadi. Aholi uchun maishiy madaniy va xo‘jalikka mo‘ljallangan xilma-xil tovarlarni tayyorlash bilan asosiy mahsulot chiqarishdan tashqari sanoatning iste’nosiz barcha tarmoqlari shug‘ullanadi.
Qishloq xo‘jaligi sanoatni xom ashyo bilan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. U o‘simlikshunoslik (dalachilik, sabzavotchilik, mevachilik, yem-xashak tayyorlash va hokazolar) hamda chorvachilik (qoramolchilik, cho‘chqachilik, qo‘ychilik, parrandachilik, baliqchilik va hokazolar)ni o‘z ichiga oladi.
Qurilishning vazifasi ishlab chiqarish binolari, inshootlar, turar joylar, yo‘llar, kasalxonalar, maktablar va boshqa obektlarni qurish va qayta qurishdir. Transport, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa qurilishlar bir-biridan farq qiladi.
Transport xalq xo‘jaligi va aholini xilma-xil yuklarni tashish ehtiyojini uzluksiz hamda o‘z vaqtida ta’minlaydi.
Aloqa jamiyatning ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatida, aholining madaniy maishiy ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynaydi. U axborotlarning uzatilishini ta’minlaydi va pochta, telegraf, telefon, radio, televideniyani o‘z ichiga oladi.
Xalq xo‘jaligi tarmoqlari strukturasi to‘xtovsiz takomillashmoqda. Masalan, sanoatda atom energetikasi va atom mashinasozligi kabi yangi tarmoqlar, elektron, mikrobiologiya sanoati va hokazolar vujudga keldi.
Xalq xo‘jaligini rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishi uning tarmoqlar tarkibini takomillashtirish – tarmoqlararo xalq xo‘jaligi komplekslarini vujudga keltirishdir. Bunday komplekslarning bir nechta tulari bor.
Mashinasozlik kompleksi mamlakat xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini mehnat vositalari bilan ta’minlaydi, shunga ko‘ra ularning rivojlantirish sur’atini va ishlab chiqarish samaradorligini ham ko‘p darajada belgilaydi. Bu kompleksga energetika, og‘ir mashinasozlik va transport, kimyo va neft, qurilish, yo‘l mashinasozligi, stanoksozlik va asbobsozlik, elektrotexnika, elektron sanoat, priborsozlik, avtomobil sanoati va boshqa ayrim tarmoqlar kiradi. Bu kompleksga energetika, og‘ir mashinasozlik va transport, kimyo va neft, qurilish, yo‘l mashinasozligi, stanoksozlik va asbobsozlik, elektrotexnika, elektron sanoat, priborsozlik, avtomobil sanoati va boshqa ayrim tarmoqlar kiradi.
Mashinasozlik kompleksini, birinchi navbatda stanoksozlik, hisoblash texnikasi ishlab chiqarish, priborsozlik kabi tarmoqlarni, elektrotexnika va elektron sanoatni jadal rivojlantirish mo‘ljallangan. Fan texnika taraqqiyoti eng avvalo mana shularning rivojlanish darajasiga bog‘liqdir.
Konstruksion materiallar ishlab chiqarish kompleksiga qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft, sellyuloza va yog‘ochni qayta ishlash, qurilish materiallari kiradi.
Xalq xo‘jaligi kompleksini dinamik va proporsional rivojlantirish, ishlab chiqarishni intensivlashtirish tomon keskin burilish yo‘liga o‘tish, uning sifati va samaradorligini oshirish vazifasini qo‘ydi. Bu vazifani amalga oshirishning asosiy vositalari fan texnika taraqqiyoti jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini tubdan o‘zgartirish, fan va texnikaning eng yangi yutuqlari bazasida xalq xo‘jaligini chuqur rekonstruksiyalashdir. Bunday rekonstruksiyalash barcha tarmoqlar va xalq xo‘jaligi komplekslariga, birinchi navbatda mamlakat iqtisodiyotining poydevori – og‘ir sanoatga taalluqli bo‘lib, mashinasozlikning rivojlanishi birmuncha tezlashtirish chiqarilayotgan mahsulotlarning texnikaviy darajasini tubdan yuksaltirish talab qilinmoqda.
Agrosanoat kompleksi tarmoqlarini jadal va proporsional rivojlantirish qishloq xo‘jaligini industrial bazasiga o‘tishini tugallash, barcha tarmoqlarini xo‘jalik ekinlarini hosildorligini va chorvachilik mahsuldorligini ta’minlashga mo‘ljallangan.
Yengil sanoat va bevosita aholi ehtiyojlarini qondirish uchun ishlaydigan tarmoqlarni, transport ava aloqani jadal rivojlantirish zarur. Kapital qurilishni sifat ihatdan yangi industrial va tashkiliy darajaga ko‘tarish rejalashtirilmoqdaki, busiz xalq xo‘jaligini texnik rekonstruksiyalash mumkin emas.
Ishlab chiqarishni intensivlashtirishda, xo‘jalik masalalarini oqilona hal qilishda rejalashtirish katta rol o‘ynaydi. Rejalashtirish – zamonaviy sharoitda xalq xo‘jaligini boshqarishning markaziy zvenosidir. Xalq xo‘jaligi rejalarining bir qancha turlari mavjud bo‘lib, besh yillik va yarim yillik rejalardir. Har qanday korxona faoliyati rejaga asoslanadi. Yuqori tashkilotlar (vazirliklar, idoralir)korxonalar rejalarining faqat eng zarur ko‘rsatkichlarini: mahsulot ishlab chiqarish hajmi va muddati, buyumlarining asosiy turlari hamda boshqa ba’zi narsalarni tasdiqlaydi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun qishloq mahsulotlarini xarid qilishda erkinlik va davlat rejalari belgilanadi. Xo‘jalik va turli ekiladigan maydonlarini, chorva mollari boshini, har xil ishlarini amalga oshirish muddatlarini o‘zlari mustaqil holda rejalashtiriladi.
Korxona xo‘jalik hisobi sharoitida muvaffaqiyatli ishlashi uchun mehnatni yaxshi tashkil etish, tejamkorlikning g‘oyat jiddiy rejimi zarur. Bundagi vazifa xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, elektro-energiya, yer-mulk va ishchilardan kam miqdorda foydalanib ko‘p mahsulot olishdan iborat bo‘lib, ishlab chiqarishdagi tejamkorlik rejimining ma’nosiham shundadir. Bu rejim oddiy narsalardan vujudga keladi.
Ishlab chiqarishda buyumlarni kam material ketadigan qilish, qimmat tabiiy materiallar o‘rniga sun’iy materiallar ishlatish, buyumlarning chidamliligini oshirish, kam chiqindiligi, resurslari iqtisod qiladigan texnologiyani joriy etish orqali materiallarni tejashga erishiladi.
Har bir ishchining ish vaqtidan rasional va to‘liq foydalanish – ishlab chiqarishdagi tejamkorlik rejimini kuchaytirishning asosiy shartlaridan biridir. Ish vaqti bunday foydalanish bir yo‘la ko‘p mahsulotlar tayyorlash, shu orqali uning tan narxini arzonlashtirish va korxonaning foydasini ko‘paytirish imkonini beradi.
Ish vaqti mehnat sarflanishning eng muhim o‘lchovidir. Mehnat sarflashning samaradoligi – mehnat unumdoligidir. U vaqt birligi ichida tayyorlangan buyumning miqdorida o‘z ifodasini topadi.
Mehnat unumdorligi anchagina omillarga, ya’ni texnika va ilg‘or texnologiyani joriy etishga, ishlarni sifatli tashkil qilishga, mehnat intizomini mustahkamlash, ishchilarni malakasini oshirish va hokazolar orqali sarflanadigan ish vaqtini qisqartirishga bog‘liq. Mehnat unumdorligini oshirish iqtisodiy o‘sish va xalq farovonligini yuksalishining asosiy omillaridir.
Kichik biznesning davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlanishi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: byudjet orqali bevosita yordam puli. Pul hajmi kichik biznes sug‘urta qilinmagan zararlarni qoplash uchun belgilangan bo‘lishi kerak. Yordam puli innovasiyaning xavfli loyihalarini qoplaydi va katta biznes talab qilmaydigan mahsulot turlarini ishlab chiqarishni kuchaytiradi.
Davlat bank kreditlarni olishda kafil sifatida chiqadi. Shuning uchun mayda biznesga kredit olish ancha yengilroq kichik biznes soliq imtiyozlariga ega bo‘lishi kerak. Agar firma ijtimoiy tarmoqqa yoki ishlab chiqarish rivojlanishiga ajratilgan mablag‘ini ko‘paytirsa, soliq solinadigan ulushni qisqartirishi mumkin.



Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling