Kasbiy psixologiya fanining predmeti


Download 470.53 Kb.
bet34/67
Sana18.06.2023
Hajmi470.53 Kb.
#1567111
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67
Bog'liq
Kasbiy psixologiya fanining predmeti

Xotira jarayonlariga esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unitish jarayonlari kiradi. Esda olib qolish- qabul qilinayotgan predmet va hodisalarni tasavvurlar sifatida qabul qilishdir. Esda olib qolish – xotira, materiali bo`lib, qayta esga tushirish xotira mazmunidir. Esda olib qolish mexanik va mantiqiy, ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo`ladi.
Mexanik esda olib qolish tashqi bog`lanishlar orqali xotirlab qolish bilan bog`liqdir.
Mantiqiy esda olib qolish ichki ma‘noga ega bo`lgan bog`lanishlarni xotiralashdir.
Ihtiyorsiz xotira oldindan maqsad qo`yilmagan, material tanlanmagan holda yuz beradi.
Ixtiyoriy xotira maqsad qo`yilib, material tanlangan holda amalga oshiriladi.
Maxsus usullar- bu aktiv (qayta gavdalantirish) va passiv (bitta mateialni qayta idrok etish).
Xotira jarayonida vaqtning ahamiyati katta. U uzluksiz va taqsimlangan bo`ladi. Vaqtning taqsimlanishi M.N. SHardakovning tadqiqotlarida o`z aksini topgan. Xotirada materialni taqsimlash ham katta ahamiyatga ega. Kichik material yaxlitligicha, katta material esa bo`lingan holda xotirada olib qolinishi yoki unda qo`shma usulni qo`llash samaralidir (o`qish, anglash, qismlarga bo`lib yodlash).
Esda olib qolinayotgan materialga shaxsiy munosabat – bu shaxsiy yo`llanma bo`lib, har bir odamda o`ziga xos holda namoyon bo`ladi. Esda olib qolingan materialni saqlash – xotira jarayoni bo`lib, unda ong harakati yuzaga keladi. Xotirada inson tomonidan qabul qilingan barcha narsa qoladi va ma‘lum miqdori esdan chiqadi.
Qayta esga tushirish – esda olib qolingan materialni aktuallashtirish bo`lib, u uzoq muddatli xotiradan operativ xotiraga o`tadi. Esga tushirish tanish yoki xotiralash, ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz bo`lishi mumkin.
Tanish- bu qayta ko`rganda esga tushirish bo`lib, u qayta ob‘ektni idrok etish natijasida yuzaga keladi.
Xotiralash – qayta idrok etishsiz esga tushirishdir. Esdan chiqarish- qayta esga tushirishdagi qiyinchiliklar bo`ilb, u ta‘sir izlarni yo`qotish natijasida yuz beradi.
Esdan chiqarish to`la. Qisman, uzoq muddatli va qisqa muddatli bo`adi.
Esdan chiqarishda tormozlanish yuzaga kelishi mumkin.

Download 470.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling