Kasbiy psixologiya fanining predmeti
Xotiraning individual xususiyatlari
Download 470.53 Kb.
|
Kasbiy psixologiya fanining predmeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xayol
- Agglyutinatsiya
- Sxemalashtirish
Xotiraning individual xususiyatlari
Psixologiyada xotiraning quyidagi individual turlari ajratiladi – ko`rish, eshitish, motor va aralash. ko`rish turi – ko`rish orqali materialni tez eslab qolish. Eshitish turi- eshitish orqali materialni yaxshi esda olib qolish. Motor turi- odamni qayta takrorlash yoki yozib orqali esda olib qolishidir. Aralash turi – bunda ko`rish eshitish, ko`rish-motor, eshitish motor turlari haqida gapirish mumkin. Xayol –ong faoliyati bo`lib, mavjud tasavvurlar orqali yangi, hayotida mavjud bo`lmagan obrazlar, ob‘ektlarni yaratishdir. Xayolning funksiyasi – o`tgan tajriba natijalarni qaytma ishlashdir. Hech narsasiz xayol mavjud bo`lishi va yaratilishi mumkin emas, ushbu tasavvurlar xotira tasavvurlaridan farq qiladi va xayol tasavvurlari deb ataladi. Agglyutinatsiya – bir necha predmetlarni qismlarini alohida bir yagona obrazda birlashtirish (yopishtirish)dir. Akksentrlashtirish – u yoki bu xususiyatlarga urg`u berish orqali yangi obrazlarni yaratish. Masalan, Bahodirlar, lilinutlar, Gulliver obrazlari bunga misol bo`la oladi. Sxemalashtirish –biror bir obrazlarni tasvirlashda umumiy bosh xususiyatlarga to`xtalish. Tushlar- uyquga yuzaga keladigan ixtiyorsiz obrazlar bo`lib, ular tez unutilishi yoki uzoq muddati saqlanishi mumkin. Reeproduktiv hayolda aniq real vazifani amalga oshirish maqsad qilib quyiladi, unda fantaziya elementlari mavjud bo`ladi. Bunday hayol xotira yoki idrokka o`xshab ketadi. Masalan, Amir Temur yurishlari, badiiy adabiyotda tabiat manzaralarning ifodalanishi shular jumlasiga kiradi. Produktiv (ijodiy) xayol- bizning tajribamizda mavjud bo`lmagan obraz va ob‘ektlarni yaratish bilan bog`liq bo`lgan hayol turidir. Masalan, ixtirochi, yozuvsi yangi narsa yaratadi. Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o`qituvchi mahorati masalalari O`qituvchi kasbi sharafli va o`ziga xos murakkab bo`lib, pedagogik mahorat fani esa ilg`or o`qituvchilar va olimlarning amaliy va nazariy bilimlarining yig`indisidir. SHarq pedagogikasi va pedagogik mahorati ming yillik tarixga ega bo`lib, nazm mulkining sultoni A.Navoiy, A.Jomiy, Koshifiy va boshqalarning asarlarida nutq, notiqlik sa‘nati, madaniyati haqida, so`z va uning inson ruhiyatiga ta‘siri haqida juda ko`p, qimmatli, durdona fikrlari mavjud. Pedagogik mahorat fanining predmeti shu sohaga oid bo`lgan nazariy, amaliy bilimlar majmuasini o`rganishdan iborat. Inson xotirasining yaxshi bo`lishi, ya‘ni his-kechinmalarimiz, ko`rgan - kechirganlarimizning mazmuni to`laroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga bog`liq: -esda saqlab qolish bilan bog`liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga; -shaxsning o`zi shug`ullanayotgan ishga nechog`lik qiziqish bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga; -shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining qandayligiga; -shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga; -irodaviy kuchi va intilishlariga. Umuman, xotiraning samaradorligi eslab qolishning ko‘lami va tezligi, esda saqlashning davomiyligi, esga tushirishning aniqligi bilan bog‘lanadi. Demak, odamlar ham aynan shu sifatlarga ko`ra ham farqlanadilar: -materialni tezda eslab qoladiganlar; -materialni uzoq vaqt esda saqlaydiganlar; -istagan paytda osonlik bilan esga tushiradiganlar. Ba‘zi odamlarning xotirasiga xos jihatlarni tug`ma deb atashadi. To`g`ri, oliy nerv tizimi, uning o`ziga xos ishlash xususiyatlari xotiraning o`ziga xos individual uslubini belgilashi mumkin. Download 470.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling