Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
III.O„quv jarayonini boshqarish bilan bog„liq bo„lgan ishlab chiqarish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„quv ustaxonasiga
III.O„quv jarayonini boshqarish bilan bog„liq bo„lgan ishlab chiqarish
ta‟limining tashkiliy shakllari a) Ishlab chiqarish ta‟limi ustasining faoliyatini tashkil qilish. 44 Yangi ta‟lim mazmunini o„quv jarayoniga qo„llash ishlab chiqarish ustalar faoliyatini qayta qarab chiqishni taqozo etmoqda. Ya‟ni ilgari har bir usta bitta gruppaga biriktirib qo„yilib faqat shu gruppa bilan ish olib borgan bo„lsa, endi bu ta‟lim mazmuni ularni ixtisoslashtirishni taqozo etmoqda. Chunki, ishlab chiqarish ta‟limi bo„limlari murakkablashib bormoqda. Shuning uchun usta uning hammasini mukammal bilishi qiyin. Xozirgi paytda ba‟zi o„quv muassasalarida ishlab chiqarish ustalarini o„quv ustaxonalariga, laboratoriyalarga hamda guruxlarga biriktirib qo„yilmoqda. Ustaxona yoki laboratoriyalarga biriktirilgan ustalar o„quv reja va dastur mazmuniga oid hamma guruhlarda dars olib boradi. Shu bilan birga guruhga biriktirilgan ishlab chiqarish ustasi laboratoriya yoki ustaxonaga biriktirilgan usta bilan birga o„zining pedagogik faoliyatini olib boradi. (Bu VNII protexobrazovaniyaning ba‟zi o„quv muassasalarining ximiya profilida yaxshi natija beradi). O„quv ustaxonasiga biriktirilgan ishlab chiqarish ustasi ishlab chiqarish ta‟limi jarayonida bir vaqtning o„zida tarbiyaviy ishlarni ham olib boradi. Guruhga biriktirilgan usta o„z guruhidagi o„quvchilarda bilim olishga bo„lgan intilishlarni oshirish, qiziqtirish. Ularda intizomni mustahkamlash, o„qishdan tashqari faoliyatni boshqarish kabi hususiyatlari uchun javobgarlar bo„ladi. Ishlab chiqarish ustalari o„rtasida rejalashtirish ishlarini olib borishning quyidagi turlari tavsiya etiladi. Rejalashtirish hujjatlari: laboratoriya-ustaxonalar ustasi. hamma guruxlar uchun laboratoriya. Amaliy mashqlar va ishlab chiqarish ishlari ro„yxatini hamma guruhlar uchun tuzish; bir oylik ish rejasi hamma guruhlar uchun tuzish; istiqbolli-tematik ish reja (ishlab chiqarish uchun); ishlab chiqarish ta‟limining majmuaviy-uslubiy ta‟limning tematik ro„yxati; ishlab chiqarish ta‟limining dars rejasi; ishlab chiqarish ta‟limini nazorat qilish ishlar ro„yxati; o„quv ustaxona, laboratoriyalarni jihozlash rejasi; texnik ijadkorlik ish rejasi; mustaqil uslubiy ishlar ro„yxati. O„quv guruhi ustasi tuzadi: guruhning butun o„quv davri uchun tarbiyaviy ishlar istiqboli rejasi; bir oylik tarbiyaviy ishlar rejasi; mustaqil bajaradigan uslubiy ishlar. o„quv ustaxonasi-laboratoriya ustasi bilan uning ish rejalarini tuzishda qatnashish. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling