Katalitik kreking mahsulotlari


Download 355.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana16.04.2023
Hajmi355.12 Kb.
#1360873
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Katalitik kreking mahsulotlari Eshmuradov Sh (1)

 
 
 



1.2.Katalitik krekingda foydalaniladigan xom-ashyo turlari 
Katalizator oqimiga dastlab issiqlik almashinish qurilmalarida va quvurli pechda 
250-300 °S gacha isitilgan xom-ashyo purkaladi (masalan, 280-320 °S haroratdagi va 
0,4-1,0 mPa bosimdagi suv bug`i bilan). Yuqoriga chiquvchi katalizator va xom-ashyo 
bug`i aralashmasi mavhum suyultirilgan oqimida 500-520 °S haroratda 2,0-3,5 soat 
davomida xom - ashyo o’zgarishining barcha reaktsiyalari (yuqori molekulyar uglevo-
dorodlar krekingi, alkanlar izomerizatsiyasi, sikloalkanlarni arenlarga degidratlash 
orqali aromatizatsiyasi va boshq.) kechadi. Lift-reaktor ustida ancha kattaroq 
diametrdagi an’anaviy reaktorning o’zi joylashadi. Reaktorda mavhum suyultirilgan 
oqimda reaktsiya jarayoni tugaydi, reaktorning separatsiyalash zonasida reaktsiya 
mahsulotlari katalizatordan ajratiladi va rektifikatsiya blokiga uzatiladi. Reaktorning 
bug`latib chiqarish sektsiyasida katalizatordan suv bug`i yordamida uglevodorodlar 
ajratiladi, va ular qiya mo’ri bo’ylab qurilmaning balandligi 80 m, diametri 8-9 m va 
balandligi 15-20 m bo’lgan regeneratoriga uzatiladi. Regeneratorda katalizator sirtidan 
koks (uning miqdori 1% atrofida bo’ladi) yondirib chiqarilishi amalga oshiriladi. 
Koksning katta molekulalari seolit saqlagan katalizatorlarning ichki g`ovaklariga kira 
olmaydi. Koks yondirilishi shuningdek mavhum suyultirilgan oqimda regenerator 
pastki qismidagi taqsimlash panjarasiga bosim bilan havo uzatish qurilmasi orqali 
yuboriladigan 160-200 °S haroratdagi issiq havo yordamida ham amalga oshirilishi 
mumkin. Regeneratsiyalangan katalizatorda koks miqdori - 0,02-0,05 dan 0,1 mas. % 
gacha bo`ladi.600-650 °S haroratli regeneratsiyalangan katalizator qiya mo’ri bo’ylab 
lift-reaktorning pastki qismiga yuboriladi. Shunday qilib, katalizator 5-12 kg/kg xom-
ashyo tezlikda uzluksiz sirkulyatsiyalanib, butun siklni 15-18 min ichida bajaradi va 
bu vaqt ichida u faqat bir necha sekund davomida lift-reaktorda bo’ladi. Koks 
yondirilishida hosil bo’lgan 750-780 °S haroratli tutun gazlari katalizator zarrachalarini 
saqlab qoladigan siklonlar orqali chiqadi, suv bug`ini olish uchun qozon-utilizatordan, 
katalizator changidan mayin tozalash uchun elektrofiltrdan va boshqa issiqlik 
ishlatuvchi qurilmalaridan o’tadi.Reaktsiyaning bug`-gaz mahsulotlari murakkab 
rektifikatsion kolonnaning pastki qismiga o’tib, uning quyi sektsiyasida kaskad 



tarelkalarda suyuq sirkulyatsion sug`orish reaktsiya mahsulotlaridan katalizatorni 
yo’qotadi (“suv bilan yuqib chiqaradi”), va uni 500 °S dan 350-380 °S gacha sovitadi. 
Rektifikatsion kolonnaning boshqa yuqori sektsiyalari reaktsiya mahsulotlarini gaz va 
suyuq fraktsiyalarga: benzin fraktsiyasi, og`ir va yengil gazoyllarga ajratadi. Katalitik 
kreking gazi (xom-ashyoning 16-20 mas. %) C
1
-C
2
uglevodorodlardan(gazning 
taxminan yarmi) va olefinlar - etilen, propilen, butilen, shuningdek etan, propanva 
butandan iborat bo’ladi. Odatda C
1
-C
2
uglevodorodlar deetanlashtiriladi, ajraladigan 
propan-propilen (PPF) va butan-butilen (BBF) fraktsiyalari esa alkillash uchun xom-
ashyo sifatida ishlatiladi. Katalitik kreking gazida vodorod (3-4 mas. %) va vodorod 
sulfid (0,1 mas. %) saqlanadi. Benzin fraktsiyasi C

- 195 °S (xom-ashyoning 40-50 
mas. %) oktan soni 93-96 ga ega bo’lishi mumkin, va u tovar benzinning qimmatli 
komponenti bo’lib hisoblanadi. Setan soni 38-40 bo’lgan yengil gazoyl 195-350 °S 
(15-20 %) tovar dizel mahsulotlari komponenti bo’lib xizmat qiladi. Og`ir gazoyl 350-
420 °S (5-9 %) –aromatik birikmalar kontsentrati (60-80 %) bo’lib, texnik uglerod 
ishlab chiqarish uchun yaxshi xom-ashyo hisoblanadi. 420 °S dan yuqori qoldiqlar 
(xom-ashyodan 1-3 mas. %) shlam (katalizator changi) ajratib olinganidan so’ng 
qozonxona yonilg`isi uchun komponent sifatida ishlatiladi.  
Xom-ashyo resurslari mavjudligidan, xom-ashyodan maksimal miqdorda oktan 
soni bir oz pasaygan bo’lsa ham benzin fraktsiyasi olish boshlang`ich maqsadlaridan, 
mavjud katalizator xossalaridan bog`liq ravishda krekingda retsiklkreking 
mahsulotlarining bir qismining yangi xom-ashyo bilan aralashmada retsirkulyatsiyasi 
jarayoni ishlatiladi yoki ishlatilmaydi. Retsikl sifatida, masalan, toza xom-ashyoga 10-
25 % miqdorda og`ir va kam holatlarda yengil gazoyllar, shuningdek qoldiq – 
katalizator saqlagan shlam ishlatilishi mumkin (birinchi avlod katalizatorlarida restikl 
karraligi 50-150% ni tashkil qilardi). Zamonaviy katalizatorlarda benzin fraktsiyasi 78 
hajm. % gacha chiqishida xom-ashyoning reaktordan birinchi marotaba o’tganda 
o’zgarishi chuqurligi (darajasi) yuqori (70- 80 hajm. %) bo’lishi mumkin (“nazariy” 
chegara 85% ni tashkil qiladi), shuning uchun ko’p hollarda toza xom-ashyoni 
retsiklsiz krekingi amalga oshiriladi. FKK qurilmalarining xom-ashyo bo’yicha 


10 
unumdorligi keng diapazonlarda o’zgaradi (0,3-0,9 dan 2,5 va hatto 4-5 mln t/yil 
gacha). 10-18 m balandlikda reaktorlar diametri 4-14 m, 12-30 m balandlikda esa 
regeneratorlar diametri 6-18 m. 

Download 355.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling