Katalitik kreking mahsulotlari
Download 355.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Katalitik kreking mahsulotlari Eshmuradov Sh (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB. Katalitik tеxnologik jarayonlari 2.1. Krеkinglashning tеxnologik jarayonlari
13 II.BOB. Katalitik tеxnologik jarayonlari 2.1. Krеkinglashning tеxnologik jarayonlari 1962 yilda jahon bozoriga yangi sintetik, seolit-saqlagan “Durabead-5” kreking katalizatori chiqarildi. Bu avvalgi amorf alyumosilikat katalizatori barcha turlariga nisbatan ancha faolroq va selektivroq kristallik katalizator bo’lgan. Unda krekingda kamroq vodorod, quruq uglevodorod gazi va koks chiqqan bo’lib, bu so’nggi bo’lmagan uglevodorodlar miqdori 2 marta kichik, oktan soni esa ancha yuqori benzin fraktsiyasi chiqishini oshirardi. 1962 yildan boshlab katalitik kreking texnologiyasida yangi bosqich va reaktor bloklarining printsipial yangi konstruktsiyalari paydo bo’ldi. Eng jiddiy farqi bo’lib krekingni lift-reaktorda o’tkazish, ya’ni katalizatorning tez qaynar qatlamida xom-ashyo bilan aralashmada transport-yuk ko’targichda o’tkazish amalga oshirilishi hisoblanadi. 1971 yilda kreking jarayoni deyarli butunlay yukko’targichda o’tadigan reaktorli blokli birinchi qurilma ishga tushirilgan (All Riser Cracking ili Transfert Line Cracking). Ko’pchilik qurilmalar mavhum suyultirilgan katalizatorli kichik reaktor zona, separatsion zona va bug`latish zonasidan iborat kichik o’lchamdagi an’anaviy reaktor va lift-reaktor oraliq texnologiyasidan foydalanadi. Bu turli xom-ashyoda reaktor bloki ishida katta texnologik moslashuvchanlikni ta’minlaydi. 1970-yillarda eski jihozlar rekonsruktsiyalanib, FKK qurilmalarining turlicha yangi loyihalari joriy etilib, ularda mikrosferik seolit-saqlagan katalizator yangi modifikatsiyalariga nisbatan bir qator muhandislik yechimlari qo’llanildi. Turi loyihalarning o’ziga xosliklari va farqliklari katta emas, va asosan qo’yidagilardan iborat bo’lgan: faqat lift-reaktordagi kreking, faqat ikkita lift-reaktordagi kreking, kreking asosan lift-reaktorda o’tkaziladi, biroq zich fazada kichikroq “an’anaviy” reaktor mavjud. Yirik firmalar ham o’zlarining jarayonlarini joriy qilishgan: “Esso” 1970 yilda - model IV (1952 g.) modifikatsiyasi, katalizator uchun U-simon transport liniyalari, lift- reaktor va katalizatorning zich qaynar qatlami mavjud; “Esso” Flexicracking 1972 yilda - kreking faqatgina lift-reaktorda o’tkaziladi; “UOP” 1972 yilda–faqat lift- 14 reaktor, va unga xom-ashyo uzatilishiga va retsiklga ega; “Kellogg” 1972 yilda - model “Orthoflow S” xom-ashyo uchun lift-reaktor va retsikl uchun boshqa lift-reaktor, shuningdek an’anaviy reaktor; “Kellogg” 1973 yilda–“Orthoflow” modellaridan farqlanuvchi yangi konseptsiya, bitta kuchli lift-reaktorga ega, katalizator bevosita bug`latish sektsiyasiga bo’shatiladi, regeneratorda ikkita bosqich, katalizator liniyalari uchun maxsus klapanlar; model «Texaso» 1972 y. – xom-ashyo uchun lift-reaktor va retsikl uchun boshqa lift-reaktor (birinchi bosqich), undagi kreking kichik reaktorning zich qatlamida tugaydi (ikkinchi bosqich); model “FCC-Gulf” (1972 y.) – xom ashyoning butun krekingi lift-reaktorda o’tkaziladi, bunda turli xom-ashyo uchun reaktsiya turli vaqtini boshqarish uchun balandligi bo’yicha xom-ashyo kiritiladi; “Standard Oil” firmasining “Ultracat Cracking” jarayoni (1973 y.) xom-ashyo va retsikl uchun bitta kuchli lift-reaktor, shuningdek uglerod oksidni 98% gacha yondirish bilan katalizator regeneratsiyasi yangi texnologiyasini ishlatadi. Yangi katalizatorlarga o’tishda murakkam masala bo’lib, misol uchun, lift- reaktorda katalizator va xom-ashyoni bir tekis kontaktiga erishish bo’ldi. Vertikal lift- reaktor devorlari oldida katalizator va xom-ashyo oqimi zichligi yuqoriga chiquvchi mavhum suyultirilgan oqim turli tezliklari sababli uning o’qi oldidagi zichligiga nisbatan kattaroq bo’ladi. O’q oldidagi oqim tezligi devorlar oldidagi tezligiga nisbatan 2 marta kattaroq bo’lishi mumkin. Lift-reaktor bo’yicha qancha yuqoriga chiqilsa, lift- reaktor kesimi bo’yicha oqim taqsimlanishi tekisroq bo’ladi, bunga esa yuqoriga chiquvchi katalizator qatlamiga lift-reaktor balandligi bo’yicha xom-ashyoni injektsiyalash uchun pulverizatorlar (oil nozzle) soni yordam beradi. Bu shuningdek katalizatorning ancha bir jinsli granulometrik tarkibini, lift-reaktor geometrik o’lchamlarini (turli diametrdagi sektsiyalar balandligi, xom-ashyo kiritilishi miqdori va sathi va boshq.) optimallashtirishni talab qiladi. Seolit-saqlagan katalizator koksga juda sezuvchan bo’ladi, shuning uchun katalizator regeneratsiyasi shartlari amorf katalizatorlarga nisbatan ancha qat’iyroq bo’ladi. Seolit saqlagan katalizatorning 760- 780 °S gacha yuqori termik barqarorligi (amorf katalizatorlardagi 560-650 °S o’rniga) katalizatorni yuqori haroratda regeneratsiyasini regeneratorda uglerod oksid CO ni nazoratli qo’shimcha yondirish bilan birgalikda o’tkazish va regeneratordan chiquvchi 15 tutun gazlarida CO miqdorini 0,1hajm % va hatto 0,005% dan kichik («Amoco», «UOP», «Kellogg», «Exxon» firmalari jarayonlari) miqdorlargacha pasaytirish, shuningdek regeneratsiyalangan katalizatorlarda koks qoldiq miqdorini 0,02-0,05 mas. % gacha tushirish imkoniyatini beradi. Katalizator sirkulyatsiyasi shu darajada oshadiki, xom-ashyoni dastlabki tashqi isitilishini kamaytirib, issiq regeneratsiyalangan katalizator bilan asosiy isitishni bajarish orqali regenerator va reaktor orasida issiqlik balansini ushlab turish mumkin. Katalizatorni yuqori haroratda regeneratsiyasini qo’llab FKK qurilmalari samaradorligi shuningdek energiya utilizatsyasi (rekuperatsiyasi) kiritilgan sistemalari hisobidan ham oshiriladi. Suv bug`ini ishlab chiqarish uchun qozonlar-utilizatorlar, havo isitgichlar va boshqa isiqlik ishlatuvchi qurilmalarning turli konstruktsiyalari ishlatiladi. Ko’pgina qurilmalarda regeneratordan tutun gazlarini chiqarish sistemalarida rekuperatsion gaz turbinasi ishlatiladi. 0,3 mPa va undan ortiq bosimli issiq gaz tutunlari energiyasi gazlar bosimi va haroratini pasaytirib turbinada utilizatsiyalanadi. Turbina odatda regeneratorga havoni uzatish uchun havo puflab yuborish qurilmasi uzatmasi uchun ishlatiladi. 670-760 °S haroratli tutun gazlari regeneratordan qurilmaning errozion yemirilishini kamaytirish uchun katalizator changidan nafaqat regeneratorlarning ikki bosqichli siklonlarida, balki yana changdan ajratish maxsus uchinchi bosqichida (shell-separatorda) yaxshilab tozalanadi. Gazlarda qolgan katalizator zarrachalari o’lchami 10 mkm dan oshmasligi lozim. Mazkur turbinalar uzoq vaqt davomida ishlaydi, energiya rekuperatsiyasi zamonaviy sistemalari ta’mirlararo davri ikki yilgacha boradi, bu esa FKK qurilmalarining o’rtacha ta’mirlararo davri (2-3 yil)ga yaqinlashadi. Yuqori faol yangi katalizatorlar xom-ashyoni benzin fraktsiyasi 78 hajm. % gacha chiqishi bilan o’zgarishini ta’minlaydi, shu sababli retsikldan minimal foydalanishga tendentsiyasi kuzatilib, uning hajmi toza xom-ashyodan 3-5% dan oshmasligi lozim. So’nggi yillarda, ayniqsa AQSh da ko’plab qurilmalar ekspluatatsiyasining xarakterli xususiyati bo’lib tarkibga og`ir neft fraktsiyalarini jalb qilish hisoblanadi, bunda katalizatorning kokslanishi oshadi va katalizator sirkulyatsiyasi sonini oshirilishi talab qilinadi, bu esa o’z navbatida apparatura alohida uzellari abraziv yeilishini, katalizator 16 emirilishini va uning yo’qotilishini oshiradi. Regeneratorda koksning katta miqdorlarining yondirilishi regenerator va reaktor orasidagi issiqlik balansini buzadi, regeneratorda bug`li zmeeviklarni o’rnatish orqali undan ortiqcha issiqlikni chiqarishga, xom-ashyo dastlabki isitilishini qo’shimcha tushirishga, koks yondirilishi uchun havo ortiqcha miqdorini oshirishga, yengil gazoyl retsirkulyatsiyasini amalga oshirishga majbur qiladi. FKK ko’rsatkichlari sezilarli yaxshilanishi anchadan beri xom-ashyoni dastlabki gidrotozalash orqali erishiladi. Katalizatorlar mustahkamligi va eyilishga chidamligi unda Al 2 O 3 miqdori oshirilishi hisobidan ko’tariladi, FKK qurilmalarida katalizatorning o’rtacha sarfi 0,5 kg/t xom-ashyoni tashkil qiladi, qurilmalarning ta’mirlararo ishlash davri esa 2-3 yilga (ba’zan 6 yilgacha) yetishi mumkin. FKK qurilmalari uchun qoldiq xom-ashyoni qayta ishlashda undan metallarni (nikel, vanadiy, natriy, mis va temir) yo’qotish qiyinchiliklarni chaqirishi kuzatilib, mazkur metallar yoki katalizatorni zaharlaydi (natriy), yoki katalizatorda yig`ilib, uning selektivligini pasaytiradi va gaz hamda koks chiqishini oshiradi. Qoldiq xom-ashyo krekingi uchun yangi maxsus katalizatorlar ham ishlatiladi, biroq ular FKK boshqa katalizatorlaridan ancha qimmatroq turadi. Neft qoldiqlarini (shu jumladan mazutni) gidrotozalash va gidrometallsizlantirish (yumshoq rejimda gidrokreking) usullari, ayniqsa neftni dunyo bo’ylab qazib olish hajmida og`ir neftlar ulushi oshishini hisobga olsak, FKK qo’llnilishi imkoniyatlarini kengaytiradi. Biroq gidrogenizatsion jarayonlar uchun ortiqcha vodorod manbalari muammolari, turli mamlakatlarda yonilg`i energetik balans farqlanishi, turli nohiyalardagi u yoki bu yonilg`iga bo’lgan har xil talablar neft fraktsiyalarini qayta ishlash jarayonlarining u yoki bu ikkilamchi jarayonlarini tanlashga kuchli ta’sir ko’rsatadi, chunki ko’rsatilgan jarayonlarning birontasi ham absolyut afzalliklarga ega bo’la olmaydi. Download 355.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling