Katalitik kreking mahsulotlari
Katalitik kreking reaktor bloklari rivojlanishi
Download 355.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Katalitik kreking mahsulotlari Eshmuradov Sh (1)
Katalitik kreking reaktor bloklari rivojlanishi.Neftniqaytaishlashzavodlarida
o’lchamlari vajihozlari murakkabligi bo’yicha reaktor-regenerator bloklari eng katta hisoblanadi. Reaktor va regenerator tashqi ko’rinishiga katalizatorlar mukamallashib borishi ta’siri tarixi katalitik kreking qurilmalari rivojlanishi misolida yaqqol ko’zga tashlanadi. Jarayon sanoat miqyosida AQSh da 1936 yildan beri mavjud, Rossiyada mahalliy ishlanmalar 1945 yilda Grozniy shahrida GrozITI loyihasi bo’yicha qo’yilgan. Birinchi sanoat jarayonida (“Houdry”, 1936 y.) katalizatorning qo’zg`almas oqimi joylashgan reaktor ishlatildi. Ketma-ket ulangan uchta reaktorlarda navbat bilan reaktsiya va regeneratsiya o’tkazildi. Reaktorlarni o’tkazish va siqilgan havo bilan tozalash murakkabligi jarayonni ancha qimmatli qilardi, biroq aynan shu jarayon kerosin va neftning boshqa og`ir fraktsiyalarini yuqori oktanli benzin fraktsiyalariga o’zgartirish davrini ochib berdi. Katalitik kreking yuqori oktanli benzin komponentlarini ishlab chiqarish raqobatida termik krekingni siqib chiqarishni boshladi, va bu raqobat hali ham davom etmoqda. 1941 yilda AQSh da yangi jarayon “Thermofor” (TSS) ishga tushirilib, unda regeneratsiyalangan katalizatorni yuqori balandlikka bunkerga ko’tarish uchun mexanik elevator- yukko’targich ishlatilib, keyin bunkerdan regeneratsiyalangan katalizatorning o’zi og`irlik kuchi ta’sirida reaktorga va keyinchalik quyi joylashgan regeneratorga harakatlandi. 1945 yilda Rossiyaning 43-1 turidagi qurilmasida ilk marotaba sharikli (2-6 mm) amorf alyumosilikatli katalizatorni yuqori bunkerlarga pnevmatik tashish qurilmasi qo’llanilgan bo’lib, u yerdan katalizator qiya mo’rilar bo’ylab reaktorga va yonida joylashgan regeneratorga harakatlanardi. TSS qurilmalarida faqatgina 1952 yilda mexanik elevator havo oqimi bilan katalizator pnevmatik yuk tashuvchisiga – erliftga almashtirildi. “Houdriflow” qurilmasida 1951 yilda shuningdek tutun gazlari oqimi bilan pnevmo-yuk ko’targichda harakatlanadigan amorf sharikli katalizator qalin qatlami ishlatildi: reaktor regenerator ustida joylashgan edi. 11 Ikkinchi Jahon urushigacha AQSh da flyuid- jarayon–reaktor va regeneratorda mavhum suyultirilgan katlizatorli va ko’targich mo’rilarida katalizator pnevmotransportiga ega jarayonlar bo’yicha tadqiqotlar o’tkazildi. Alyumosilikat katalizatori pudra yoki mikrosferik zarrachalar ko’rinishida tayyorlangan edi. “Esso Research and Engineering” (1945 y.) firmasining I modelining birinchi flyuid- jarayonida katalizator reaktor va regeneratordan pastdan yuqoriga qarab (Upflow) o’tardi, keyinchalik siklonlarda tashuvchi gazdan ajratilardi, bunkerga kelib tushardi va u erdan yana jarayonga uzatilardi. Bir oz keyinroq “Esso” firmasi model II (Downflow) ni joriy qilib, bu erda rege- nerator reaktordan yuqorida joylashgan edi. Reaktor va regeneratorda tashuvchi bug` yoki gaz tezligi ancha past bo’lgan, shu sababli katalizatorning bir qismi qalin faza – mavhum suyultirilgan qatlam ko’rinishida taqsimlovchi panjara ustida “qaynardi”, katalizatorning ikkinchi qismi esa “suyultirilgan” faza ko’rinishida (undagi katalizator miqdori yuqori emas) qalin qaynayotgan qatlam ustida joylashgan edi. Qalin faza shu darajada flyuidlashgan ediki, u taqsimlovchi panjaralar ustida tekis taqsimlanishi, katalizator va xom-ashyo (yoki regeneratordagi issiq havo) hajmida aralashishi, sirkulyatsion mo’rilar bo’ylab regenerator va reaktor orasida oqib o’tishi lozim bo’lgan. Katalizator sirkulyatsiyasi darajasi endi kerakli chegaragacha oshirilishi mumkin bo’lib, regenerator va reaktor orasida issiqlik balansini ta’minlovchi va katalizatorning lokal isib ketishini oldini olish uchun regeneratorda sovituvchi zmeeviklarni olib tashlash ta’minlanardi. Model III (1951 y.) da reaktor va regenerator endilikda bir sathda joylashgan bo’lib, bu qurilmaning og`ir metallokonstruktsiyalarini ancha arzonlashtirardi. 1952 yilda xom-ashyo bo’yicha quvvati 3,5 mln t/yil bo’lgan model IV joriy qilingan bo’lib, u model III ga nisbatan narxi 25% kamroq bo’lgan. AQSh hukumati yirik neft firmalarining harakatlarini birlashtirdi, va 1942-1952 yy. orasida deyarli hamkorlik tadqiqotlarini o’tkazishdi. Shuning uchun har bir firma o’zining FKK qurilmalarini o’rnatardi, biroq umuman olganda ular deyarli bir xil bo’lishgan. Masalan, “UOP”(“Universal Oil Products”) firmasi 1947 yilda o’zining FKK loyihasini joriy qildi, 1951 yilda“Kellogg” firmasi o’zining “Orthoflow V” jarayonini ishga tushirdi. 12 Bular kompakt bloklar bo’lib, ularda reaktor “UOP” jarayonida regenerator ustida joylashgan edi, va aksincha, “Orthoflow V” jarayonida reaktor regenerator ostida joylashgan bo’lib, unda ilk marotaba jihozlar ichida katalizator tashuvchi to’g`ri chiziqli mo’rilari ishlatilgan edi. Download 355.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling