Katta guruh bolalarida ekologik tushunchalarni shakllantirish vositalari


Qomusiy olimlar va mashxur pedagoglarning bolalarga ekologik talim-tarbiya berish haqidagi qarashlari


Download 1.24 Mb.
bet8/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1520589
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
maktabgacha talim yoshdagi bolalarda ekologik bilimlarni shakllantirish

1.2. Qomusiy olimlar va mashxur pedagoglarning bolalarga ekologik talim-tarbiya berish haqidagi qarashlari

Respublikamiz Mustaqillikka erishishi sharofati tufayli buyuk ajdodlarimizga bo’lgan Sharq mutafakkirilarining qoldirgan ilmiy meroslarini chuqur o’rganish va ulardagi beqiyos ma’naviy boyliklardan biri bo’lgan inson ta’limi va tarbiyasiga oid g’oyalardan, fikrlardan foydalanish imkoniyati yaratildi.


Biz buyuk Sharq mutafakkirlarining qaysi birining asarlarini o’rganmaylik, ularning asarlaridagi eng noyob g’oyalarning vujudga kelishida, xalqimizning ko’p ming yillik hayotiy tajribasi asosida to’plangan qadriyatlaridan, xalq yaratgan og’zaki va yozma manbalarda insonni kamolotga olib boradigan g’oyalardan unumli foydalanganligini ko’ramiz.Shuning uchun ham buyuk allomalarimizning qoldirgan ilmiy asarlaridagi ekologik ta’lim–tarbiyaga oid g’oyalarini yoshlarimiz ongiga singdirish bugungi kun ta’lim–tarbiya muassasalarining dolzarb vazifalaridan biridir.
Ekologik muammolarning oldini olish uchun butun O’zbekiston aholisiga, ayniqsa yoshlarga ekologik bilim ko’nikma va malumot berish orqali, ularda ekologik madaniyatni takomillashtirish zarur. Shunday ekan, bolalarda ekologik madaniyatni tarkib toptirish, ularga ekologiyaga oid bilim ko’nikma va odatlarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.Ayniqsa kichik yoshidagi bolalarda ekologik madaniyat haqidagi tushunchalarni shakllantirish, ularda ruhiy–hissiy ta’sir etish bilan birga tabiatda bo’lgan muhabbat, uning go’zalliklaridan zavq ola bilish kabilarni kamol toptirish o’ta muhimdir. Ekologik madaniyat bolalarda tabitani asrash, unga oqilona munosabatda bo’lish singari ko’nikma va malakalarni shakllantiradi. Har bir shaxsda jamiyat va insoniyat oldida, shuningdek, tabiatga bo’lgan munosabatda o’z burchini anglab yetish kabi mas’uliyatini rivojlantiradi.
Ekologik ta’lim-tarbiya madaniyat haqidagi tushunchalarni shakllantirishda Sharq mutafakkirlari ilmiy merosidan foydalanish muhimdir. Chunki buyuk mutafakkirlarimiz o’z asarlarida inson va tabiat munosabati masalasini hyech qachon chetlab o’tmaganlar.Ularning asarlarida ekologik tarbiya faqat tabiatni muhofaza qilish tarzidagina emas, balki insonparvarlik, inson tafakkurini rivojlantirish, ma’naviy–axloqiy xislatlarni tarbiyalash kabi muhim muammolar bilan bog’liq holda o’z ifodasini topadi. Buning isboti sifatida, biz maskur paragrafda buyuk allomalarimizning bolalarni ekologik ta’lim–tarbiyalashga oid qarashlarini to’xtalib ochib berishga harakat qilamiz.
O’rta asrlarda yashab ijod etgan Sharq allomalaridan Muhammad Muso al – Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar.
Buyuk alloma Muhammad Muso al – Xorazmiy (782-847) risolalaridan birida bunday deb yozgan edi: «Bilginki, dunyoning ko’zlari yoshlansa, uning boshiga g’am, kulfat tushgan bo’ladi. Odamlar, daryodan mexringizni darig’ tutmanglar. Dunyoning yoshli ko’zlari deganda Muhammad al–Xorazmiy nimalarni ko’zda tutgan» edi?Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof bo’lishini nazarda tutgandir? U eng avvalo daryo bilan odamlarning bir–birini tushunishlari, o’zaro mexr – muxabbatili bo’lishlarini nazarda tutgan.
Muxammad al–Xorazmiy (847-yilda)«Kitob surat al–ard» (yerning surati) degan asarini yozdi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdan qit’alar, qutblar, ekvatorlar, gullar, tog’lar, daryo va dengizlar, ko’llar, o’rmonlar va ulardagi o’simliklar, hayvonot dunyosi, shuningdek, boshqa tabiiy resurslar, yerning asosiy boyliklari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbu risolada matematika, geologiya, astronomiya, etnografiya, tibbiyot shuningdek dunyo xalqlarining tabiiy ko’nikmalari va tarixiy–huquqiy bilimlari umulashtirilgan.
Imom al–Buxoriyning «al–Jome’ as-saxix» asarida yosh avlodda ekologik madaniyatni tarkib toptirishga qaratilgan hadis namunalari keltirilgan. Quyidagi Hadislardan bir nechtasini misol keltiramiz:Hadis: «Dunyo yam–yashil va go’zaldir. Kimki undan haqli ravishda hallolik Bilan olsa, undan baraka topadi. Kimki nafs xoxishi Bilan dunyoni mukkasidan ketib egallasa, qiyomat kuni do’zaxdan boshqa narsaga erishmaydi», «Sadaqaning afzali chanqoq odamlarga suv ulashmoqdir», «Faravonlik vaqtlaringda Tangrini tanib, unga iltijo qilib yur, toki qiyinchilik davringda u ham seni tanisin»1deb izoxlangan.
Abu Nasr Forobiy (870-950) Forobiy tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug’ullangan bo’lib, «Kalom fi-l xiyz val miqdor» («Hajm va miqdor haqida so’z»), «Kitob al–mabodi al-insonga» («Insoniyatning boshlanishi haqida kitob»), «Kalom fi a’zo al–hayvon» («Hayvon a’zolari to’g’risida so’z») nomli asarlari bunga dosil bo’la oladi.
Farobiy o’zining asarlarida zamonasidagi ilmlarni har tomonlama o’rganib, ularni ma’lum tizimga solib, turkumlarga ajratdi, har bir ilm tarmog’iga ta’rif berishga harakat qildi, tabiatshunoslik ilmiga katta e’tibor berdi. Tabiatshunoslikka oid «inson a’zolari haqida risola tuzilishi», Hayvon a’zolari to’g’risida so’z» kabi asarlarida odam va hayvonlar ayrim a’zolarining tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida, ularning o’xshashligi va farqlari keltirilishi bilan birga, asosiy anotomik–fiziologik tushunchalar berilgan. Ularning ruhiy holatlaridagi xususiyatlari haqida ham to’xtab o’tilgan. Odam tanasini tuzilishi va vazifalari haqida so’z yuritilganda ularning o’zaro bog’liqligi va yaxlitligi, ulardagi o’zgarishlar, ya’ni kasalliklar birinchi navbatda ovqatlanish tartibining bo’zilishi oqibatida kelib chiqadi, deb tushuntiriladi. Kasallikning oldini olish, sog’lomlashtirish va boshqa chora tadbirlarini qo’llash lozim ekanligi haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Forobiy tabiiy va inson qo’li bilan yaratiladigan sun’iy narsalarni ajratgan. U tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratilgan degan, xulosaga keladi. Inson omilining ta’siri kata ekanligini, tabiiy va sun’iy tanlash hamda tabiatga ko’rsatiladigan boshqa ta’sirlarni atroflicha baholangan.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan, narsa va hodisalarning o’zaro ta’siri bilan tushuntirishga urinadi. Beruniy tabiatshunos sifatida tabiat haqida quyidagicha fikr yuritadi: «Ekin va nasl qoldirish bilan dunyo to’lib boraveradi».
Beruniy asarlarida o’simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi va xo’jalikdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar topish mumkin. Beruniyning ilmiy qarashlari, asosan «Saydana», «Mineralogiya», «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» kabi asarlarida uchraydi. Olim «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» asarida Eronning turli tropik o’simliklari va hayvonlarining tashqi muxit bilan aloqasi, ularning xulq – atvori yil fasllarining almashinuvi bilan bog’liq ravishda o’zgarishini misollar bilan tushuntirgan.
Jumladan, asarda qish qattiq sovuq kelsa, qushlarning tog’dan tekislarga tushishi, chumolilarning o’z uyasiga berkinib olishi ifoda etilgan. Yana bu asrda «Suvga bag’ishlangan odatlar haqida ko’p to’xtalgan. Jumladan, qadimgi «Navro’z» odatlarining biri haqida: Odamlar shu kuni tong paytida o’rinlaridan turib kanal va zovurlarga boradilar. Ko’pincha oqib turgan suvlarga ro’para turib, barkamol bo’lish va ofatlarni daf etish uchun ustlaridan suv qo’yadilar»2, deb yozilgan. Shuni ta’kidlash lozimki «Navro’z» kuni odamlarning bir–biriga suv sepish odati yaqin davrlarga qadar saqlanib kelingandi, bu marosim nomi (suv xotat) do’st xotin deb nomlanadi.
Beruniy tirik organizmlarning hayoti Yer tarixi bilan bog’liq bo’lishi kerak deb hisoblaydi. Qumni kovlab, uning orasidan chig’anoqni topish mumkin, deydi alloma. Buning sababi shuki, bu qumlar qachonlardir okean tubi bo’lgan, deb xulosa qiladi .Beruniy «Saydana» degan asarida 1116 turdagi dori darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli o’simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 107 tasi esa minerallardan olinadi. Har bir o’simlik hayvon va minerallarning xossalari, tarqalishi va boshqa xususiyatlari keltirilgan.
Beruniyning o’zi yoshlik davrlaridan boshlab tabiat shaydosi bo’lgan. Buning isboti uchun «Saydana» kitobidagi ma’lumotni keltirish mumkin. Jumladan, olim rumdan kelgan kishiga o’simlikning mevasi va urug’larini ko’rsatib, uning nomini so’rab va yozib olganligini hikoya qiladi.
Beruniyning «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» va «Hindiston» degan asarlarida o’simlik va hayvonlarning tuzilishi hamda ularning tashqi muhit bilan o’zaro aloqasi haqida ham qiziqarli ma’lumotlar keltiriladi.
Abu Ali ibn Sino (980 – 1037) jaxon Fani va madaniyati taraqqiyotiga buyuk hissa qo’shgan olimlardan biridir. Yirik qomusiy olim sifatida u o’z davri ilm–fanining deyarli barcha sohalari bilan shug’ullangan.Ibn Sino asarlari orasida uning mashhur «Tib qonunlari» nomli shox asari tibbiyot ilmining qomusi hisoblanadi. Olimning juda ko’p qimmatli fikrlari, jumladan, uning inson sog’lig’ini saqlash haqidagi, parxez, gshigiyena to’g’risidagi xulosa va maslahatlari hanuzgacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan. U barcha yoshdagi kishilar uchun jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’ullanishni tavsiya etgan. Asab kasalligiga mubtalo bo’lganlarga jismoniy usullar bilan davolanishni maslahat beradi.
Ibn Sino o’z davridagi barcha ilm sohalarining rivojlanishida turli masalalarni o’z ichiga oluvchi tabiat falsafasiga katta e’tibor beradi. Masalan, kishi daraxtni yaxshilab parvarish qilsa, u yaxshi o’sadi va chiroyli bo’ladi. «Agar kishi chiroyligi aql va farosat bilan birga ko’rolsa va uni sevsa, bu insoniylikning yuqori darajasidir. Bu insonning buyuk ideali hisoblanadi. Anna shunday odamni mard va dono, estetik didi yuksak deb haqli ravishda aytish mumkin»3 va «Yana chang–to’zon bo’lmaganda inson besh yuz yil umr kechirishi mumkin» edi – deb ta’riflaydi.Ibn Sino tog’larning vujudga kelishi, Yer yuzining davrlar o’tishi bilan o’zgarib borishi, zil-zila bo’lishi kabi turli tabiiy jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta ta’sir qildi.
Davlat arbobi, sarkarda Sohibqiron Amir temur (1336-1405) bobomiz ham o’z davrida yurtni obod qilishga katta e’tibor qaratgan. Ayniqsa, u obodonlashtirish, ekologik muxitni yaxshilash ishlariga katta e’tibor bilan qaragan.
Sharqshunos olim V.V.Bartolning yozishicha, «Temur buyuk imoratlar barpo etdi va ularni bog’roqlar bilan o’radi, shahar va qishloqlarnitikladi, suv inshootlari qurdi va buzilganlarini tikladi». Butun Movarunnahrni Samarqand va Keshni dunyoning eng go’zal, ko’rkam shaharlarga aylantirdi. O’rta asr shoir, yozuvchilari ta’kidlaganidek, Maroqandni «Sayqali ro’yi zamin»4 – butun Dune sayqali, husni darajasiga ko’tardi. Shahar aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash orqali har xil yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishining oldi olindi.
Tarixchi sayox Ibn Xakulning yozishicha, Samarqandda suv oqmagan biror ko’cha, biror xovli bo’lmagan. Bu bilan shahar havosi, atrof-muhit toza ozodaligiga katta e’tibor berilgan. Bundan tashqari aholining sihat – salomatligini saqlash maqsadida, sog’lom avlod uchun kurashib, ichimlikka qarshi turgan, fuqarolarni uzluksiz oziq–ovqat, dori–darmonlar bilan ta’minlash uchun bozorlar qurgan, dehqonchilik, chorvachilikni rivojlantirishga qattiq kirishib, chetdan ham ko’pgina o’simlik navlari, hayvon zotlarini olib kelib ko’paytirgan. Amir Temur aytadi «xon bo’lsangda bog’ yarat–bir kunmas bir kun mevasini totirsan». Bu o’gitga uning o’zi ham umrining oxirigacha amal qilgan. Bir–biridan chiroyli so’lim 12 ta bog’ni yaratadi. Ular:

Amir Temur o’ta nozik didli bo’lib tabiatni, o’simliklar olamini, hayvonot dunyosini sevgan va ularga nisbatan alohida hurmat munosabatda bo’lgan, tabiat go’zalligi, qulay ob-havoga, boy tabiiy resurslarda qarab joy tanlagan hamda ularni tabiiy holda saqlashga harakat qilgan.


Xalqimizningning ulug’ shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy (1441-1501) asarlarida tabiat masalalarini tahlil etish fuqorolarning ekologik madaniyat haqidagi tushunchalarini rivojlantiradi. Chunki Navoiy o’z jodi va faoliyati davomida atrof muhitga, tabiatni bir qismi bo’lgan insoniyat turmush tarziga katta e’tibor beradi. Inson salomatligi uchun «Tabiat» ning qanchalik muhim ekanligini kishilar ongiga yetkazishga harakat qiladi.
Shoir jismonan sog’lom, aqlan yetuk kishilarning ko’p bo’lishi uchun avvalambor «sog’lom ijtimoiy muxit» yaratish kerakligini nazarda tutadi va bu ishlarni amalga oshirishda o’zi bosh-qosh bo’ladi. U obi–hayot, suv muammosiga alohida e’tiborini qaratadi. Navoiy ariq qazish, zavurlarni tozalash, bog’-rog’lar barpo etish, suv chiqarish kabi ishlarga rahbarlik qiladi.
Alisher Navoiy «Xamsa» (1483-1485) asarining ikkinchi dostoni «Farxod va Shirin» da (1483) faqat sevgi, sadoqatni kuylabgina qolmasdan, El-yurt obodonchiligi, kishilarning baxt–saodati, sog’lom turmush tarzi, mardlik va jasurlik g’oyalarini ilgari suradi. Tabiat va ijtimoiy muxit qo’ynida kamol topgan Farhod obrazi orqali vatanparvarlik, xalqsevar, yuksak ma’naviyatli, har tomonlama yetuk, jismonand sog’lom, ruhan pok, irodasi kuchli, tafakkurni serqirra, paxlavon, fozil va komil o’g’lon obrazini gavdalantiradi.
Farhod bor kuch g’ayratini insonlarning faravon turmush tarziga bag’ishlaydi. Ariqlar qazib, zavurlarni tozalaydi, tog’–toshlarini yorib, suv keltiradi. Tabiatni obod qilib, insonlar uchun sog’lom turmush tarzini yaratadi. U birgina Shirinni sevib qolmasdan, balki uning Vatanni, elini, tabiatni ham e’zozlaydi.
Alisher Navoiy uzoq o’lkalarning fasl o’zgarishlarini bir–biridan farqi, o’simlik va hayvonot dunyosining ham tabiatga moslashib, yashashi joy tanlash kabi ma’lumotlarni o’z davri nuqtai–nazari bilan yondashgan holda kishilar ongiga yetkazishga harakat qiladi. Shoir kishilarning mavsum bilan bog’liq holda kiyinishini ham ta’riflab o’tadi.
Alisher Navoiy ijodida tabiatga oid g’oyalar, fikrlar va qarashlarni alohida o’rganish yoshlarimiz ongida tabiat hodisalari, uning go’zalligiga, undagi mavjud jonsiz va jonli borliqqa nisbatan mehr–muhabbat, muruvvat, mehr–shafqat va nafosat tuyg’ularini rivojlantirishda muxim omildir.
Zaxriddin Muxammad Bobur (1483-1530) faqat shoirgina bo’lmay, balki podshoh, sarkarda, tarixchi, mashshok, ovchi va bog’bon, sayyox va tabiatshunos ham bo’lgan. Boburning eng yirik asari «Boburnoma»dir. Unda shoirning ko’rgan kechirganlari, borgan joylarining tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari, hayvonoti, o’simliklar va boshqalar tasvirlangan. Har bir kasb egasi bu kitobdan o’ziga keragicha ma’lumot topadi. Unda yer, suv, havo, turli tabiiy hodisalarga tegishli xalq so’zlari ko’plab topiladi.
«Boburnoma»ni o’qigan, o’rgangan har bir kishi uni tabiat va geografiyani yaxshi bilgan o’lkashunos olim yozgan degan xulosaga keladi. Bobur o’lkani bilgan kishilarni hurmat qilgan, ularning qadriga yetgan va ular bilan hamisha maslahatlashgan. Biron safarga chiqishdan oldin yer suv bilur kishilarni chorlab, atrof va tomonlar surishtirilar edi», deb yozadi muallif.Bobur har bir xududni ma’lum bir tartibda tasvirlaydi. Avvalo joyni geografik o’rni, so’ngra qaysi iqlimga mansubligi, shifobash joylari, o’simliklari, qazilmalari, hayvonot olami va aholisi haqida ma’lumotlar beriladi.
Bobur ajoyib botanik olim bo’lgan. U o’simliklarni sevgan va yaxshi bilgan. U juda ko’p giyox va mevalarni, ularning xosiyatlari va ahamiyatini ta’riflaganki, haqiqatda bog’bon bo’lgan kishi, asl tabiatshunosgina buning uddasidan chiqa oladi.«Boburnoma»da Markaziy Osiyo, Afg’oniston va Hindiston davlatlari qishloq xo’jaligining rivojlanishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Asarda o’lkamizda qadim vaqtlardan buyon qovun, bug’doy, o’rik, olma, behi, anor, shaftoli, olcha, yong’oq, nok va tutlarning bir necha novlari borligi ta’kidlanadi. Shuningdek, Bobur Markaziy Osiyo va Hindistonda chorvachilik va hunarmandchilikning rivojlanishiga kata e’tibor bergan, Afg’oniston xalqining asalarichilik va savdo – sotiq bilan qadimdan shug’ullangani haqida to’xtalgan.
Bobur o’zi bo’lgan joylarning tabiati va o’ziga xos xususiyatlarini jonajon Vatani Andijon bilan taqqoslaydi. U ayniqsa, gullar, manzarali hamda mevali daraxtlarni ko’paytirishga, ularning tarqalishiga e’tibor bergan. Bobur ovga juda qiziqar edi, shuning uchun u Markaziy Osiyo, Afg’oniston, Xuroson va Hindistondagi hayvonlarni batafsil bayon etgan. Allomaning fikricha, o’sha davrlarda Farg’ona vodiysida antilopalar, tog’ qo’ylari va yirik yirtqich qushlar, Samarqandda esa jayronlar, Buxoro antilopa, tog’ echkilari, kakliklar va boshqa hayvonlar ko’p bo’lgan. U Hindiston hayvonlaridan fil, karkidon, antilopalarning bir necha turlari, maymunlar, daraxtlarda yashovchi kalaxara kemiruvchilari haqida batafsil ma’lumot bergan. Qushlardan esa tustovuqlar, to’tiqushlar, bulbullar, suvda yashovchi laylak, g’oz va o’rdaklar, yirik sutemizuvchi hayvonlardan begimot, suv to’ng’izi kabilarni ta’riflaydi.
Bobur bir necha bor Yer qimirlashi, Oy va Quyosh tutilishi kabi tabiiy hodisalar guvohi bo’lgan. Ushbu hodisalarning tabiat qonunlaridan boshqa narsa emasligiga ishonch hosil qilgan.
Yuqorida bayon qilingan allomalar asarlaridagi fikrlar shundan dalolat beradiki Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan o’zbek xalqi qadimdan ekologik bilimga madaniyatga, ega bo’lgan. Tabiatni qadriga yetishgan, o’simlik, hayvonot dunyosi, suv daraxtlar, hasharotlar, havoning musaffoligi, singari tabiiy qadriyatlar qadrlangan.
Shu bilan birgalikda bu masala dolzarb mavzu sifatida e’tirof etilib uni saqlashga, asrashga o’rinli foydalanish g’oyalari yosh avlodga yoki keng xalq ommasiga tashviqot qilingan. Chunki, tabiatga noto’g’ri munosabatda bo’lish insoniyatga salbiy holatlarni yuzaga keltirishlarini o’z asarlarida dalil va misollar bilan ilmiy–nazariy va amaliy jihatdan asoslab berishgan.
Shunday ekan hozirgi ijtimoiy hayotimizda bolalarni har tomonlama kamol toptirishimizda buyuk mutafakkir, olimlarimiz asarlaridagi g’oyalardan bahramand etish har bir ota–onaning, o’qituvchi– tarbiyachining qolaversa barcha ta’lim muassalari va keng jamoatchilikning burchi, vazifasi bo’lmog’i lozim.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling