Katta guruh bolalarida ekologik tushunchalarni shakllantirish vositalari


Yosh avlodga ekologik ta’lim-tarbiya berish dolzarb pedagogik muammo sifatida


Download 1.24 Mb.
bet9/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1520589
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
maktabgacha talim yoshdagi bolalarda ekologik bilimlarni shakllantirish

1.3. Yosh avlodga ekologik ta’lim-tarbiya berish dolzarb pedagogik muammo sifatida
Hozirgi davrda jamiyat va fan–texnika taraqqiyoti jadal ildamlashmoqda. Bu o’z o’rnida atrof–muhit va inson salomatligi haqidagi bilimlarni yosh avlodga kengroq tushuntirishni hamda anglatishni taqazo etmoqda. Ushbu muammo, albatta, ma’lum darajada ta’lim–tarbiya jarayonida o’z yechimini topadi, chunki bularning barchasi umumiy tarzda inson va tabiat munosabatida namoyon bo’lib, shaxsning ekologik madaniyatini takomillashtirish kabi yirik masalalardan hisoblanadi.
Shaxsning ekologik madaniyati –bu tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish, ekologik hissiyot, ehtiroslarning shakllanishi, faol hayotiy nuqtai nazarda turish, ekologik bilimga ega bo’lishdan iboratdir.
Ana shu xislatlarga inson faqat tabiat bilan to’g’ri munosabatga kirishgandagina ega bo’ladi. Ma’lumki, tabiat o’zining rivojlanishi va xilma–xil ko’rinishlarida jamiyat hayoti bilan uyg’undir. Hozirgi fan– texnika taraqqiyoti jarayonida insonning tabiat manbalaridan foydalanishida ana shu uyg’unlik buzilmoqda. Unga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo’linmoqda
Hozirda respublikamizda tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari yaratildi. 1992 yil 9-dekabrda O’zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi.Ushbu qonun tabiiy muhit sharoitlarini saqlab qolishni, inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarning bir tekis rivojlanishini, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab berdi. Bundan tashqari, respublikamizda ekologiya sohasida «Alohida himoya qilinadigan tabiiy hududlar to’g’risida» (1993 yil 7 may), «Sanitar nazoratlar to’g’risida» (1992 yil 3 iyul), «Yer to’g’risida» (1989 yil 20 iyun), «Suv va suvlardan foydalanish to’g’risida» (1993 yil 6 may), «Yer osti boyliklari to’g’risida» (1994 yil 23 sentyabr), «Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida» (1996 yil 27 dekabr), «O’rmon to’g’risida» (1999 yil 14 aprel) kabi qonunlar qabul qilindi.
Biz bu qonunlarni hayotga tatbiq etishimiz va ta’lim jarayonida o’quvchilar ongiga singdirib borishimiz zarur. Kishilik jamiyati nafaqat moddiy boyliklarni ko’paytirish orqali rivojlanadi, balki tobora ortib borayotgan insonlar ehtiyojini aql–idrok bilan qondirish, bir qator mamlakatlarda kuzatilayotgan chuchuk suv va oziq-ovqat yetishmovchiligidan, havo va boshqa muhitlarni ifloslanishdan bartaraf etish kabi ijtimoiy muammolarni hal etish orqali rivojlanadi.
Konstitusiyaning 50–moddasida «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar» hamda «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining «Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish» deb nomlangan 4-moddasida «Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun davlat hokimiyati, mahalliy idoralar, vazirliklar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermerlik va koorperativ xo’jaliklar, shuningdek, ayrim shaxslar xo’jalik, boshqaruv hamda boshqa faoliyatini amalga oshirish jarayonida barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya o’quvining majburiyligi» ta’kidlangan.
Ekologik madaniyatning hozirgi paytdagi holati tabiatga yangicha qarashlarni taqazo etmoqda. Uning asosida istiqbolga yo’naltirilgan hamda inson bilan tabiat o’rtasidagi bog’lanishlarni tartibga soladigan ekologik madaniyat munosabatlari yotadi.
– Bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish masalalariga uzluksiz ta’lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida qarash;
– Bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirishning ilmiy – nazariy asoslarini boyitish;
– Bolalarda umummadaniy hulqida katta ahamiyat kasb etadigan ichki ekologik motivasiya imkoniyatlariga kengroq e’tibor berish;
– Bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirishning milliy-madaniy, umuminsoniy, tarixiy asoslaridan ta’lim-tarbiya jarayonida yetarlicha foydalanish;
– Ta’lim –tarbiya jarayonida axborot vositalaridan foydalanish;
– Bolalarda ekologik madaniyatni tarkib topdirishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish kabilar.
Ekologiya va shaxs madaniyati, avvalo, bir–biri bilan o’zaro aloqada bo’lib, ularning umumiy jihatlari ko’pdir. Madaniyatli kishi tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqaning muvozanatini saqlaydi, bu borada boshqalarni ham to’g’ri faoliyat ko’rsatishga yo’llaydi. Kishilarni ma’lum bilimlar, mehnat qilish qoidalari bilan qurollantiradi.
Ekologik madaniyat tarkibiga tabiatni muhofaza qilish, tabiat boyliklaridan foydalanish, ekologik tizimni qaytadan o’zgartirish madaniyati kabilar kiradi. Ekologik madaniyat faqat tabiatga zarar keltirmaslikdan iborat emas, balki uning yanada go’zallashuvi, gullab– yashnashi uchun hissa qo’shish, tabiatni xarob etuvchilarga qarish beayov kurash olib borishni ham anglatadi.
Darhaqiqat, Xalqaro «Ekosan», «Sog’lom avlod uchun» xayriya jamg’armalari, respublika yoshlari «Bioekosan» o’quv–uslubiy majmuasining tashkil etilishi va «Sog’lom avlod uchun» ordenining ta’sis qilinishi, O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi, «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi, «Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida»gi Qonunlari davlatimizning barkamol insonni shakllantirish sohasidagi g’amxo’rligining nishonasidir. Demak, har qaysi bola, xonadon va har bir jamiyat a’zosiga munosib sharoit yaratib berish. Farzandlarimizning tinch–totuv hayoti, yurtimiz barqarorligini himoya etish vazifasi har doim davlatimiz siyosatining markazida bo’lib kelmoqda. Shuningdek, bugungi kunda o’zlikni anglash, milliy ong, milliy g’ururni tarkib topdirish hamda ma’naviy kamolotning muhim axloqiy, diniy, badiiy–estetik, iqtisodiy, ekologik qirralari yoshlar turmush tarzining negizini tashkil etishiga erishish ta’lim–tarbiya tizimining barcha bosqichlarida dolzarb bo’lib qolmoqda. Ayniqsa, har bir fuqaro, shu jumladan, boshlab ekologik savodxon qilib tarbiyalash, ularda tabiatga mehr–muhabbatni tarbiyalash, ularda atrof–muhitga ongli ijobiy munosabatni shakllantirish mustaqillik sharoitida davr talabidir.
Prezident I.A.Karimov «…ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning chegarasi yo’q. Toki hayot davom etar ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o’rtaga qo’yayotgan yangi–yangi talabalarga ko’ra muttasil ravishda o’zgarib–yangilanib boraveradi» deb ta’kidlagan edilar.
Yoshlarga tabiatni muhofaza qilimsh iqtisodimiz manbai ekanligi haqida tushuncha berar ekanmiz, ularning asl ma’nosini keng tushuntirmog’imiz kerak.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2003 yil–toza, chuchuk ichimlik suvi yili deb e’lon qilindi. Bu muammo BMT miqyosida ko’tarilgan ekan, har bir davlat, albatta, bu ishda faol bo’lmog’i lozim.
Bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri suvni toza saqlash, undan tejamkorlik bilan foydalanish, muhofaza qilish, ayniqsa, chuchuk suv tozaligi va sarflanishi ustida doimo nazorat o’rnatish kabilardir. Shu bilan birgalikda tabiatdan foydalanishda keng ommalashgan. «Tabiatdan in’om–ehson kutib o’tirmaymiz, balki undan undirib olamiz» qabilidagi eskicha fikrlashdan, boshqacha qilib aytganda «Bizning mamlakatimiz bitmas–tuganmas tabiiy boyliklarga ega va ulardan samarali foydalanishga hojat yo’q» degan fikrdan yiroq bo’lishimiz zarur.
«Suv–bu hayotdir» deb bekorga aytmaydilar. Inson ham, tabiatdagi barcha jonivorlar, o’simliklar ham suvsiz yashay olmaydi, rivojlanmaydi va o’smaydi. Bugungi kunda dunyoda suv muammosi bo’lishi mumkin emas, degan fikrning tug’ilishi turgan gap. Chunki yer yuzining to’rtdan bir qismi quruqlik bo’lsa, qolgan uch qismi suv bilan qoplangan. Dunyo okeanlaridagi suv bitmas–tuganmas dkb tushuniladi. Biroq bu suvlar ichish va foydalanishga yaroqsiz hisoblanadi. Dune suvining 2,5 foizigina chuchuk suv va ulardan foydalanish mumkin. 2020 yilga borib chuchuk suvdan foydalanish 40% ga oshadi. Bir qancha davlatlar ko’pincha biologik chuchuk suvdan foydalanishni yaxshi ko’radilar. Bugungi kunda 1 milliarddan ortiq aholi chuchuk suvga muhtoj bo’lib, undan tejab–tergab foydalanadilar.
Har yili 2 million ikki yuz ming kishi iflos suvdan zaharlanib, hayotdan ko’z yummoqda. Bir yilda har bir kishi o’rtacha 4 ming litrdan 25 ming litrgacha suv sarf qilar ekan. Bularning hammasini hisob–kitob qiladigan bo’lsak, vaqtimiz yetmasini hisob–kitob qiladigan bo’lsak, vaqtimiz yetmasligi mumkin. Minglab kishilar suvni bir necha metr uzoqlikdan tashib keltiradilar. Bundan kelib chiqadiki, tabiiy va biologik jihatdan toza bo’lgan suvdan foydalanish jahonda eng aktual muammolardan biridir. Shunday ekan, bugungi kunda har bir inson ichimlik noyob suvni iloji boricha ehtiyot qilishi kerak.
Tabiatning bu ne’mati har birimiz uchun nihoyatda zarur va qimmatli boylik hisoblanadi. Yashash uchun havo qanchalik muhim bo’lsa, chuchuk suv ham shunchalik zarurdir. Davlatimiz siyosatida barkamol avlodni tarbiyalashdek buyuk masalalar turar ekan, eng avvalo, biz kattalar tabiat boyligi bo’lmish, chuchuk va toza suvni asrash, tejash, undan kerakli joyda foydalanish, ortiqcha isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik suvning qadriga yetishdek insoniy fazilatlarni yoshlarga singdirishimiz lozim.
Bunday vazifalarni hal qilishning dastlabki ko’rinishlari, albatta, oilada shakllangan bo’lishi lozim. «Oila–jamiyatning negizi. Bunda o’zaro hurmat va qattiq tartib intizom bo’lmasa, oilaning barcha a’zolari o’z burchlarini ado etmasa, bir–biriga nisbatan mehr–oqibat ko’rsatmasa, yaxshi yashash mumkin emas,»–degan edilar Yurtboshimiz I.A.Karimov.
Inson hayoti faoliyatining ko’pgina qismi oilaning iqtisodiy mavqyeiga hamda jamiyatning rivojlanishiga bog’liq. Qush uyasida ko’rganini qiladi, deydi dono xalqimiz. Agar oilada suvni tejashga o’rgatilsa, iqtisodiy qoidalarga rioya qilinsa, albatta bola ham oiladagi odatlarga qarab ish tutadi, oila iqtisodiyotini mustahkamlashga o’z hissasini qo’shadi.
«Iqtisod, – deb yozadi A.Avloniy, – pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmoqqa aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o’rinsiz bir tiyin ham sarflamas, o’rni kelganda so’mni ayamas. Alloh taolo isrof qiluvchilarni suymas. Iqtisodiyot qoidalariga rioya qilgan kishilar hamma vaqt tinch va rohatda yasharlar. Toma–toma ko’l bo’lur, demishlar. Har narsa ozdan ko’payur».
Buning uchun oilada ota–onalar o’z farzandlariga doimiy ravishda tabiat in’omi bo’lgan suv haqida, undan tejab–tergab foydalanish to’g’risida suhbatlar va tushuntirish ishlari olib borishlari lozim. Bunday tadbirlar esa kelajak avlodning sog’lom, baquvvat, tetik bo’lib o’sishi bilan birga haqiqiy uy egasi, chinakam xo’jalik yurituvchisi bo’lishiga yordam beradi.
Bu kabi tarbiyaviy ishlar keyinchalik maktablarda, o’quv muassasalarida oila bilan hamkorlikda olib borilsa, yana ham maqsadga muvofiq bo’lar edi. Agar boshlang’ich sinflarda toza ichimlik suvini tejash haqida gap yuritilsa, yuqori sinflarda esa gap uning xalq xo’jaligidagi ahamiyati to’g’risida boradi. Ayni paytda hamma ham tejamkorlik qoidalariga rioya etavermaydi.
Keling, bir masalaga to’xtalib o’taylik. Har bir oila a’zosi bir kunda 15 litrdan suv tejasa, o’rtacha bir xonadonda 750 litr suv tejalar ekan. Agar bu ko’rsatkich bir oyga ko’paytirsa, 2250 litr, bir yilda esa 28 tonna suv tejaladi. Bu raqamlarni agar O’zbekiston aholisi miqyosida davom ettirsak, buyuk bir daryo suvi tejalgan bo’lur edi.
Bir litr toza ichimlik suvini tayyorlab xonadonlarga kran orqali yetkazib berish uchun davlatimizning bir necha ming so’m puli xarjlanadi. Agar unga sarflanadigan xizmatlar, xlor narxi qo’shib hisob–kitob qilinadigan bo’lsa 1 litr suv qanchalik qimmatga ega ekanligini hamma ham bilavermaydi. 1 tonna va 100 tonna suv uchun sarflanayotgan mablag’ni ko’z oldingizga keltira olasizmi? Bu davlatimiz va xalqimizning bitmas– tuganmas boyligi emasmi?
Bugungi kunda kelajak avlodimiz bo’lgan yoshlarni, sog’lom, baquvvat, har tomonlama chiniqqan qilib tarbiyalash, ta’lim–tarbiyani istiqlol g’oyalari asosida yuqori pog’onaga ko’tarish davrning qat’iy talabi, jamiyatning ijtimoiy topshirig’i. Keyingi paytda davlatimiz tomonidan ham suvni tejash haqida ko’pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Har bir xonadonga suv hisoblagichlar qo’yilayotir. Gazeta, jurnal, televideniya hamda radio orqali suvdan oqilona foydalanish to’g’risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, bu borada jamoatchilik orasida, tarbiya muassasalarida, yotoqxonalarda, aholi yashash joylarida ham munozara va suhbatlar tashkil etilayotir.
Bundan ko’rinadiki, toza, chuchuk ichimlik suvining qadri yuksak ekanligini har birimiz his etishimiz kerak. Ota–ona, tarbiyachi, o’qituvchi, jamoat tashkilotlari bu borada hamkorlikda ish yuritsalar, maqsadga muvofiq bo’lur edi. Bunday faollik bugungi kunning dolzarb da’vatidir.
Insonning hayot kechirishi uchun quyosh, toza havo, tiniq suv darkor. Ularning bari odamzodning eng yaqin do’sti. Bu iboralar har birimizning xotiramizga bolalikdanoq muhrlanib qolgan. Boisi, ona tabiatning bu bebaho bo’laklari har bir o’simlik, tirik jonzot uchun hayotiy zaruratdir. Shuningdek, tabiatdagi har bir narsa bir–biri bilan o’zaro aloqador. Ya’ni daraxtlar va o’simliklar havoni tozalaydi, issiq kunlarda soya–salqin beradi, ularni yetarli namlik bilan ta’minlaydi. Jonivorlarga oziq– ovqat bo’ladi. Lekin yer yuzida inson faoliyatining tobora faollashuvi tabiatda jiddiy o’zgarishlar yuz berishiga olib kelmoqda. Ya’ni, o’rmondagi daraxtlarning kesilishi, dasht va cho’l zonalarining o’zlashtirilishi, sanoat chiqindilari, jonivorlar va o’simliklarning hayot tarzining o’zgarishiga, ekologiya muvozanatining buzilishiga olib kelmoqda.
Inson buyuk yaratuvchi bo’lish bilan birga uning o’zi ham tabiatning buyuk mo’jizasidir. Shu bilan birga uning o’zi yaratayotgan texnik taraqqiyot ta’siridan qutula olmaydi. Natijada tabiat tabiiy muhitning ifloslanishi va zararlanishidan aziyat chekadi. Tekshirishlardan shu narsa ma’lum bo’lmoqdaki, yangi tug’ilgan har bir go’dak ma’lum miqdorda ishlab chiqarishning zararli moddalari ta’sirida bo’lar ekan. Bular – xlorli uglevodorodlar, qo’rg’oshin, simob va boshqa og’ir metallardir. Inson organizmiga kuchli ta’sir qiluvchi konserogen moddalarning 70% go’sht, sut, tuxum orqali, 30% esa o’simlik ozuqulari orqali o’tadi.
«TXB», «DDT» kabi ximikatlar qiyin parchalanuvchi preparatlar bo’lib, ular ma’lum miqdorda o’simlik to’qimalarida to’planadi, ulardan hayvon to’qimalariga , so’ng odamlarga o’tishi aniqlangan.
«DDT» bilan ishlov berilgan o’simliklarni sigir iste’mol qilganda, uni emgan buzoq sut orqali to’liq zararlanadi. Bunday konserogen moddalar odam organizmida rak o’simtalarini keltirib chiqarishda asosiy omil bo’ladi. 1900 yillarda Germaniyada rak kasali tufayli vafot etganlar 20 % ni tashkil etgan bo’lsa, hozirda 30% ga yetgani kuzatilmoqda. Bu salbiy holatni dunyoning istagan mamalakatiga tadbiq etish mumkin.
Ana shularni e’tiborga olgan holda Respublikamizda, tabiiy muhitni asrash va himoya qilishga, ishlab chiqarish jarayonlaridan oqilona foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Farzandlarimizni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash, yer suv, o’simliklar, dov-daraxtlar, o’rmon qazilma boyliklaridan to’g’ri va samarali foydalanishga o’rgatish ekologik ta’limning boshqalardan farqli o’laroq aniq maqsadga yo’naltirilgan faoliyat ekanligi, ya’ni u ekologik hodisa va jarayonlarning o’ziga xosligi haqida tushuncha berishga qaratilganligi borasida yo’l – yo’riqlar ko’rsatib o’tilgan.
Ekologik ta’lim va tarbiya bosqichlarida ma’lum ketma–ketlik bo’lishi zarurligini alohida ta’kidlab o’tish zarur. Tabiatga muhabbat uyg’otish oilada, bolalik chog’idan, maktabgacha ta’lim muassasasidan boshlanishi, maktabda rivojlantirilishi, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida takomillashtirishi kerak.Maktablar, mahallalarda «Ona tabiatni asraylik» shiori ostida to’garaklar tashkil etib, unga mahalla faollari, ota–onalar yetakchilik qilishi, uylar atrofini obodonlashtirish, daraxtlar ekish va ularni parvarishlash, suv havzalarini buloqlarni tozalashga e’tibor qaratishlari lozim.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling