Katta guruh bolalarida ekologik tushunchalarni shakllantirish vositalari


II BOB. MAKTABGAChA TARBIYA YoShDAGI BOLALARGA EKOLOGIK BILIMLARNI ShAKLLANTIRIShNING AMALIY ShAKL VA METODLAR


Download 1.24 Mb.
bet5/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1520589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
maktabgacha talim yoshdagi bolalarda ekologik bilimlarni shakllantirish

II BOB. MAKTABGAChA TARBIYA YoShDAGI BOLALARGA EKOLOGIK BILIMLARNI ShAKLLANTIRIShNING AMALIY ShAKL VA METODLAR




2.1. Mashg’ulot orqali bolalarda ekologik bilim, ko’nikma va odatlarni shakllantirish ....................................................................................................




2.2. Oilada kichik yoshdagi bolalarni ekologik tarbiyalash usullari.................




Xulosa ………………………………………………………………………..




Foydalanilgan adabyotlar ro’yxati……………………………………........




Annotattsiya

Mazkur bitiruv malaka ishi . ”Katta guruh bolalarida ekologik tushunchalarni shakllantirish vositalari” mavzusida.


Mavzuni yoritishda maktabgacha ta'lim muassasasining davlat talablari kitoblaridan va boshqa internet, axborot resurs markazlaridan foydalanildi. Yangi pedagogik texnologiyalar usullari xakida fikr yuritildi.
Bitiruv malaka ishi ___ saxifadan iborat bulib kirish, asosiy kism (____ta rejaga bulingan), diagrammalar, jadvallar, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat.
Bitiruv malaka ishiga oid bir soatlik mashg'ulot ishlanmasi ilova kilindi.
“Katta guruh bolalarida ekologik tushunchalarni shakllantirish vositalari” mavzusidagi bitiruv malaka ishini yoritishda maktabgacha ta'lim muassasasining davlat talablari, qonun xujjatlari xamda internet resurslaridan keng foydalanildi.

KIRISh
Hozirgi davrda jamiyat va fan–texnika taraqqiyoti jadal ildamlashmoqda. Bu o’z o’rnida atrof–muhit va inson salomatligi haqidagi bilimlarni yosh avlodga kengroq tushuntirishni hamda anglatishni taqazo etmoqda. Ushbu muammo, albatta, ma’lum darajada ta’lim–tarbiya jarayonida o’z yechimini topadi, chunki bularning barchasi umumiy tarzda inson va tabiat munosabatida namoyon bo’lib, shaxsning ekologik madaniyatini takomillashtirish kabi yirik masalalardan hisoblanadi.
Konstitusiyaning 50–moddasida «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar» hamda «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining «Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish» deb nomlangan 4-moddasida «Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun davlat hokimiyati, mahalliy idoralar, vazirliklar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermerlik va koorperativ xo’jaliklar, shuningdek, ayrim shaxslar xo’jalik, boshqaruv hamda boshqa faoliyatini amalga oshirish jarayonida barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya o’quvining majburiyligi» ta’kidlangan.
Ekologik madaniyatning hozirgi paytdagi holati tabiatga yangicha qarashlarni taqazo etmoqda. Uning asosida istiqbolga yo’naltirilgan hamda inson bilan tabiat o’rtasidagi bog’lanishlarni tartibga soladigan ekologik madaniyat munosabatlari yotadi. Shaxsning ekologik madaniyati bu tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish, ekologik hissiyot, ehtiroslarning shakllanishi, faol hayotiy nuqtai nazarda turish, ekologik bilimga ega bo’lishdan iboratdir. Ana shu xislatlarga inson faqat tabiat bilan to’g’ri munosabatga kirishgandagina ega bo’ladi.
Ma’lumki, tabiat o’zining rivojlanishi va xilma–xil ko’rinishlarida jamiyat hayoti bilan uyg’undir. Hozirgi fan–texnika taraqqiyoti jarayonida insonning tabiat manbalaridan foydalanishida ana shu uyg’unlik buzilmoqda. Unga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo’linmoqda
Bolalarga tabiatdan oqilona foydalanish, tabiat hodisalari va jarayonlarini o’rganish, muayyan ekologik bilim ko’nikma va ma’lumotlar tizimi xalq tarbiyashunosligida ilmiy nazariy va amaliy jihatdan asoslangan. Yaratilgan xalq tajribasi–yoshavlodga ekologik bilim va tarbiya berishning asosidir.Ekologik tarbiyalashda o’zbek xalqining ko’p mingyillik tarixi, barqaror shakllangan urf–odati, boy milliy–madaniy merosidan tayanish va foydalanish davr talabidir.
O’zbek xalq tarbiyashunosligida bolalarni ekologik tarbiyasiga alohida e’tibor berilib kelingan. Ota–bobolarimiz zilol suvni, buloqlarni, so’lim daraxtzorlarni, qoya–g’oyalarni, xosiyatli o’t–o’lanlarni, gul–giyoxlarni muqaddas bilib asrashga, niyati nopok kishilardan saqlashga, toptamaslikka, oyoq osti qilmaslikka alohida e’tibor berib kelganlar. Xalq nopok kishilar haqida shunday iboralar qo’llagan: «Daraxt ko’r qilgur», «Moling sutdan qolsin», «parranda ursin (qarg’ish)». «Suvga tupurma ko’zing ko’r bo’ladi»; kabi naqllar ham bekorga aytillagan. Ota– bobolarimiz o’z farzandlarini tabiatga mexr–muxabbat ruhida tarbiya qilganlar. Beziyon bo’lgan oddiy qurt–qumursqani ham o’ldirish gunox deb ularning qulog’iga qo’yganlar. «Til zaboni yo’q, jonivorlarga ozor berma gunoh bo’ladi!»; «Sigir– oilaning bozori»; «Tovuq yetti xazinaning biri»; «Kuy bor uyda baraka bor» singari hikmatli naqllar to’g’ilgan.
Ekologik muammolarning oldini olish uchun butun O’zbekiston aholisiga, ayniqsa yoshlarga ekologik bilim ko’nikma va malumot berish orqali, ularda ekologik madaniyatni takomillashtirish zarur. Shunday ekan, bolalarda ekologik madaniyatni tarkib toptirish, ularga ekologiyaga oid bilim ko’nikma va odatlarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.Ayniqsa kichik yoshidagi bolalarda ekologik madaniyat haqidagi tushunchalarni shakllantirish, ularda ruhiy–hissiy ta’sir etish bilan birga tabiatda bo’lgan muhabbat, uning go’zalliklaridan zavq ola bilish kabilarni kamol toptirish o’ta muhimdir. Ekologik madaniyat bolalarda tabitani asrash, unga oqilona munosabatda bo’lish singari ko’nikma va malakalarni shakllantiradi. Har bir shaxsda jamiyat va insoniyat oldida, shuningdek, tabiatga bo’lgan munosabatda o’z burchini anglab yetish kabi mas’uliyatini rivojlantiradi.
Yurtboshimiz I.Karimov ta’kidlaganidek: «Keng ko’lamdagi ekologik tanglik taxlilini barxam toptirish jismoniy sog’lom avlodning dunyoga kelishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar hamda ekologik jixatdan musaffo hayotiy muxit yaratish imkonini beradi».
Shuning uchun bolaga ta’lim-tarbiya berish jarayonida, ularni o’rab olgan ijtimoiy muxitdan ajralgan holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bola qalbiga ta’sir etuvchi, unda insoniylik his-tuyg’ularini shakllantiruvchi muxim tarbiya vositalaridan biri tabiatni, ya’ni inson o’z yashash joyini o’rganib borishdir. Bu, albatta dastlab maktabgacha ta’lim muassasalarida turli mashg’ulotlar va faoliyatlar asosida amalga oshiriladi. Bolaning tabiat bilan yaqindan munosabatda bo’lishiga imkoniyat yaratish lozim. Ona yer boyliklarini asrashga, ularga tejamkorlik bilan munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash lozim. Buni uzluksiz ta’limning birinchi bo’g’ini bo’lmish maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlash maqsadga muvofiqdir.
MTMda beriladigan dastlabki ekologik ta’lim-tarbiya orqali bolalar tabiatning tarkibini, uning in’omlarini va ularning qanchalik ahamiyatga ega ekanligini tushunib yetadilar.
«Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturida bolalarning barkamol inson bo’lib yetishishlarida ekologik bilimlar berishga alohida e’tibor qaratilgan. Chunki hozirgi davrda tabiatni muxofaza qilish va borliqni sof holda kelajak avlodga yetkazishdek muhim va kechiktirib bo’lmaydigan ekologik muammolar o’z yechimini kutib turibdi. Ekologik tanglik avj olmoqda.
Bunday holatlarning oldini olish aynan maktabgacha yoshdan berilayotgan ekologik ta’lim-tarbiyani zamon talablariga mos holda tashkil qilish bilan bog’liqdir.
Yuqorida bayon qilingan fikr-muloxazalardan kelib chiqib tadqiqot muammosi sifatida «Kichik yoshdagi bolalarda ekologik bilim, ko’nikma va odatlarni hosil qilish» sifatidagi mavzu tanlandi.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling