Katta guruh bolalarida ekologik tushunchalarni shakllantirish vositalari


Download 1.24 Mb.
bet12/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1520589
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
maktabgacha talim yoshdagi bolalarda ekologik bilimlarni shakllantirish

OLMA

Zafar Diyor she’ri

1-bola

Boqqa kirdim olmalar,







Qip-qizil pishibdi,







Silkitibdi shamollar,







Yerga to’p-to’p tushibdi.
















Havas bilan har birin,







Olib ko’rdim qo’limga,







Oltin kabi ko’rinar,







Ular mening ko’zimga
















Mazasini totiyman







A’lo erur qanddan ham







Bunday shirin olmani,







Men ko’rganman kamdan-kam.
















Bunday shirin olmalar,







O’z bog’imda yetildi,







Yashnab o’ssin deb ular,







Halol mehnat etildi.







Uzum

M.Qo’shoqov she’ri

2-bola

Keling do’stlar ko’rgani,







Xovlimiz bog’ini,







Uzumlarning sharbatday







Pishib turgan chog’ini.
















Shakarangur tovlanar,







Shakar kabi toti bor.







Bog’dagi uzumlarning







Ex-xa qancha oti bor!
















Yeganmisiz pishganda







Noshvati rang xusayni,







Shivilg’oni yo chillaki,







Hay-hay xoldor buvaki!













Barcha oila a’zolari o’quvchilarni chapak chalib olqishlaydi. Ularga raxmat aytishadi. Boshlovchi oila bog’ida namunali mehnat qilgan a’zosiga (ona yoki opa) so’z beradi. Olma, shaftoli, uzum, nok, bodring, pomidor kabi meva – polizlarni yetishtirishda qilgan mehnatni bosqichma-bosqich gapirib beradi. Oila a’zolarining hosilni bunyo etishdagi xizmatlarini alohida ta’kidlaydi. Doimo oila a’zolari ana shunday uyushib, hamkorlikda faol mehnat qilishi zarurligini aytib o’tadi. Barcha oila a’zolariga o’z minnatdorchiligini bildiradi. Boshlovchi: avval bolalar keyin esa kattalar meva va polizlar haqida maqollar va topishmoqlar aytishni taklif etadi. Hamma o’zlari bilganlarini navbat bilan aytadilar: osti teri, usti teri, ichida totli tariq (Anjir). Bir onadan yuz bola yuzovi ham bo’z bola (Uzum). Kichkinagina dekcha, ichi to’la mixcha (Anor). Bir qop un, ichida ustun (Jiyda). U yog’i tog’, bu yog’i tog’, o’rtasida sariyog’ (Yong’oq). Onasi bitta, bolasi mingta (Tarvuz). Qat-qat to’ni bor, qarich to’nli (Karam). O’zi shirin tukligina, mazasi ham totligina (Shaftoli). Yer tagida oltin qoziq u hammaga bo’lar oziq (Sabzi). Yozda kiyinadi, qishda yechinadi (Daraxt). Arpa ekkan, arpa olar; Daryo suvini bahor toshirar, odam qadrini mehnat oshirar; Bug’doy ekkan bug’doy olar; Yer xazina, suv oltin; ishlagan tishlaydi, ishlamagan kishnaydi; Mehnat, mehnatning tagi rohat. Oltin o’tda bilinar, odam mehnatda va hokazo.


Nihoyat oila a’zolari jamoa bo’lib topishmoqlarni topadi va mehnat haqida maqollarni aytadilar. Boshlovchi hosil bayramini yakunlaydigan oila oqsoqoli yoki onaxon oila a’zolarini hosil bayrami bilan muborakbod etadi. Hosilni yetishtirishda namunali mehnat qilgan oila a’zolarining nomlarini tilga oladi va o’z navbatida ularga oila a’zolarining minnatdorchiligini izhor etadi. Hosil bayramida faol qatnashgan o’quvchilarning nomlarini e’lon qiladi va oila a’zolari jamoasi nomidan tayyorlangan esdalik sovg’alarni topshiradi. O’z navbatida hosil bayramida faollik ko’rsatish bilan bir qatorda, kelgusi yil hosili uchun bundan ham yaxshiroq mehnat qilish zarurligini ta’kidlab o’tadi va hosil bayramini yakunlaydi.
Oilada hosil bayrami juda sodda shaklda o’tkazilsada, bolalarni ekologik, mehnat va axloqiy tarbiyalashda muxim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Oila xo’jaligida yetishtirilgan meva yoki poliz maxsulotlari birorta turini boshlash barcha oila a’zolarining ishtiroki asosida tashkil etiladi.
Mana bu oddiy udumda oila a’zolarining hammasi ishtirok etishi katta, kichik, oila a’zolarining teng huquqli ekanligini, bir-birlariga bo’lgan hurmatni, mehr–muhabbatni, o’z manfaatini oiladagi jamoa manfaatiga uyg’unlashtiruvchi ekologik axloqiy vosita hisoblandi. Mabodo ma’lum sababalarga ko’ra qatnashish imkoniyati bo’lmasa qatnasha olmagan a’zoning ulushi ajratib saqlab qo’yilgan.
Ota–onalar hosil bayramini oilada tashkil etishda bolalarda ekologik ta’lim-tarbiyani qolaversa mehnatsevarlikni hosil qilishga, mehnat qilish xohishini tarbiyalashga, mehnat ahliga hurmat va mehnat natijalarini ko’ra bilish hamda qadirlash kabi mehnatning axloqiy sifatlarini shakllantirishga alohida e’tiborni qaratishi maqsadga muvofiqdir.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak oilada bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya berish muxim ahamiyatga ega. Chunki oilada hosil qilingan dastlabki ekologik bilimlar natijasida bolalar ijtimoiy hayotda tabiatning inson uchun ko’rsatadigan mexr – muruvvati his qiladi, anglaydi va uning qadriga yetishga harakat qiladi.
Bu xislatlarni shakllantirishda esa oilada ota-onaga katta mas’uliyat yuklaydi. Shuning uchun har bir oilada oila a’zolariga tabiat, hayvonlar, qushlar, parrandalar, hasharotlari, yer, suv, osmon, havo yil fasllari singari ekologik tushunchalarni bilishlarni nasihat, uqtirish, hikoya, bayramlar misolida tushuntirilsa amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Oila bolalarga ekologik tarbiyani berishda katta tarbiyaviy ta’sir ko’rsatuvchi omil hisoblanadi.
Mustaqil O’zbekistonimizning yanada ravnaq topishida barkamol shaxsni har tomonlama tarbiyalash eng dolzarb vazifalardan biri. Bu ishni muvaffaqiyatli hal etishda oila, maktabgacha ta’lim muassasasi hamda maktab jamoatchiligining yaxlit milliy tarbiya tizimini yaratish muhim hisoblanadi.
Ma’lumki, bolaga tarbiya oilada berib boriladi. Ularning tevarak-atrof ekologiya to’g’risidagi tasavvurlari, ijtimoiy hayot to’g’risidagi tafakkuri ham ilk bor oilada shakllanadi. O’z Vataniga, xalqiga bo’lgan mehr-muhabbat, o’lkamiz tabiatini muhofaza etish va uning boyliklarini asrash, ko’paytirish kabi insonga xos estetik hissiyotlar tarkib topadi, ekologik go’zalliklarini idrok etish va to’g’ri tushunish qobiliyati shakllanadi, ularning o’lkamizda ro’y berayotgan tabiiy o’zgarishlar to’g’risidagi bilimi oshib boradi.
Kichik yoshdagi bolalarda respublikamiz tabiatini muhofaza qilish, hayvon va o’simliklarini ko’paytirish, suv va havoni ifloslantirmaslik, daraxtlarning shoxlarini sindirmaslik, qushlarga ozor yetkazmaslik, daraxtlarning shoxlarini sindirmaslik, qushlarga ozor yetkazmaslik, eng muhimi, tabiatni har jihatdan avaylab – asrash kerakligi to’g’risida o’qituvchilar ota-onalar bilan birgalikda bolalarga tushuntirish uchun reja asosida uchrashuv va suhbatlar uyushtirishlari maqsadga muvofiq bo’ladi.
Tarbiyachilar-pedagoglar tabiat bilan inson o’rtasidagi uzviy bog’liqlikni puxta bilishlari,bolalarni ushbu sohaga qiziqtira olish uslubini to’liq egallagan bo’lishlari zarur.
Ota-ona bola tarbiyasi bilan muntazam shug’ullanish borasida, ularning umuiy rivojlanishi va xatti-harakati, fe’l-atvoridagi o’zgarishlar – salbiy va ijobiy jihatlarni juda yaxshi sezadi, idrok etadi. Bolalar tarbiyasini to’g’ri tashkil etish va ularga pedagogik ta’sir ko’rsatishda maktabgacha ta’lim, maktab o’qituvchi-tarbiyachilarining ota-onalar hamkorlik qilishi yaxshi natijalar beradi. Hamkorlik quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:
–pedagog-tarbiyachilar ota–ona bilan bola tarbiyasidagi hamkorligida maqsad va vazifalar birligini ta’minlash;
–ota-ona bilan bola tarbiyasi haqida mufassal suhbatlar o’tkazish;
–bola hayotini to’g’ri tashkil etish va bola tarbiyasida ota-onaga uslubiy yordam berish;
–bolaning umumiy rivojlanishi, yosh va shaxsiy xususityatlarini o’rganish;
–bolaning bog’chadagi hayoti va ta’lim-tarbiya mazmuni bilan ota-onalarni tanishtirish;
–bolalarni tabiat bilan tanishtirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash (o’lkani o’rganish borasidagi materiallar asosida);
–pedagog-tarbiyachilarning ota-onalar bilan amaliy faoliyatini tashkil etish;
–pedagog-tarbiyachilarning ota-ona bilan olib boradigan ishini ma’lum tizimda izchil va uzluksiz yo’naltirish;
–tarbiyadagi ilg’or tajribalarni o’rganish, umumlashtirish va amaliyotga joriy etish;
– «Bola va tabiat» mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etish.
Ota-onalar bilan ishlashning mazkur yo’lini amalga oshirishda o’qituvchilarda bolalar ta’lim–tarbiyasiga doir pedagogik bilim-tajribaning yetarli bo’lishi, bolalarni tarbiyalash masalalari yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishi, mavjud muammolarni o’zaro yordam va bir-birini tushunish asosida mujassam ijobiy hal etishi muhimdir.
Oilada bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya berish muxim ahamiyatga ega. Chunki oilada hosil qilingan dastlabki ekologik bilimlar natijasida bolalar ijtimoiy hayotda tabiatning inson uchun ko’rsatadigan mexr – muruvvati his qiladi, anglaydi va uning qadriga yetishga harakat qiladi.
Bu xislatlarni shakllantirishda esa oilada ota-onaga katta mas’uliyat yuklaydi. Shuning uchun har bir oilada oila a’zolariga tabiat, hayvonlar, qushlar, parrandalar, hasharotlari, yer, suv, osmon, havo yil fasllari singari ekologik tushunchalarni bilishlarni nasihat, uqtirish, hikoya, bayramlar misolida tushuntirilsa amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Oila bolalarga ekologik tarbiyani berishda katta tarbiyaviy ta’sir ko’rsatuvchi omil hisoblanadi.
Xulosa
Hozirgi davrda kishilik jamiyati oldida tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan unumli foydalanish, borliqni sof holda kelajak avlodga saqlab qolishdek muhim ekologik muammoni bartaraf qilish vazifasi turibdi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaning 50–moddasida «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar» hamda 55- moddasida «Yer va yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummiliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muxofazasidadir»-deb o’rinli ta’kidlab o’tilgan. O’zbekiston Respublikasi Qonunining «Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish» deb nomlangan 4-moddasida «Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun davlat hokimiyati, mahalliy idoralar, vazirliklar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermerlik va koorperativ xo’jaliklar, shuningdek, ayrim shaxslar xo’jalik, boshqaruv hamda boshqa faoliyatini amalga oshirish jarayonida barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya o’quvining majburiyligi» ta’kidlangan.
Ekologik madaniyatning hozirgi paytdagi holati tabiatga yangicha qarashlarni taqazo etmoqda. Uning asosida istiqbolga yo’naltirilgan hamda inson bilan tabiat o’rtasidagi bog’lanishlarni tartibga soladigan ekologik madaniyat munosabatlari yotadi. Shaxsning ekologik madaniyati bu tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish, ekologik hissiyot, ehtiroslarning shakllanishi, faol hayotiy nuqtai nazarda turish, ekologik bilimga ega bo’lishdan iboratdir. Ana shu xislatlarga inson faqat tabiat bilan to’g’ri munosabatga kirishgandagina ega bo’ladi.Shuning uchun bolalarga kichikligidan boshlab ekologik tarbiyalash zarur.
Bolaning rivojlanishi va xatti-harakati, fe’l-atvoridagi o’zgarishlar, salbiy va ijobiy jihatlarni juda yaxshi sezadi, idrok etadi. Bolalar tarbiyasini to’g’ri tashkil etish va ularga pedagogik ta’sir ko’rsatishda maktabgacha ta’lim, maktab o’qituvchi-tarbiyachilarining ota-onalar bilan hamkorlik qilishi yaxshi natijalar beradi. Hamkorlik quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:
–pedagog-tarbiyachilar ota–ona bilan bola tarbiyasidagi hamkorligida maqsad va vazifalar birligini ta’minlash;
–ota-ona bilan bola tarbiyasi haqida mufassal suhbatlar o’tkazish;
–bola hayotini to’g’ri tashkil etish va bola tarbiyasida ota-onaga uslubiy yordam berish;
–bolaning umumiy rivojlanishi, yosh va shaxsiy xususityatlarini o’rganish;
–bolaning bog’chadagi hayoti va ta’lim-tarbiya mazmuni bilan ota-onalarni tanishtirish;
–bolalarni tabiat bilan tanishtirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash (o’lkani o’rganish borasidagi materiallar asosida);
–pedagog-tarbiyachilarning ota-onalar bilan amaliy faoliyatini tashkil etish;
–pedagog-tarbiyachilarning ota-ona bilan olib boradigan ishini ma’lum tizimda izchil va uzluksiz yo’naltirish;
–tarbiyadagi ilg’or tajribalarni o’rganish, umumlashtirish va amaliyotga joriy etish;
– «Bola va tabiat» mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etish.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar bog’chasida bolalar ekologiyaga oid quyidagi bilimlar bilan tanishadilar:
1) jonsiz tabiyatdagi narsa va xodisalar bilan (qum, loy, toshlar, suv, ob-hovo sharoitining o’zgarishi);
2) uyda, polizda, gulzorda,bog’da, o’tloqda, o’rmonda, dalada uchraydigan eng oddiy o’simliklar bilan ;
3) eng ko’p tarqalgan uy havonlari va yovvoyi hayvonlar bilan;
4) o’simliklarni o’stirish bilan va hayvonlarni parvarish qilayotgan kishilar mehnati bilan.
Bolalar maktabga o’tish davrida suv, qum va qorning ba’zi bir xususiyatlari hamda mavsumiy hodisalar (qor yog’ishi, hovuzlarning muzlashi, daryodagi suvlarning ko’chishi, muzlarning erishi) haqida konkret tushunchalarga ega bo’lishi kerak.
Bolalar o’zlari tug’ilib o’sgan yerlarda o’sadigan va eng ko’p tarqalgan o’simliklarni barglariga, gullariga, xidiga qarab aniqlay bilishlari zarur; bu o’simliklar qayerlarda o’sishini, o’sish jarayonida qanday o’zgarishini, bu o’simliklardan odamlar qanday foydalanishlarini va qanday o’stirishlarini bilishlari kerak .
Bolalar dasturda ko’rsatilgan hayvonlarning tashqi ko’rinishdagi xususiyatlari, xarakatlari, odatlari, nimani va qanday yeyishi, qayerlarda yashashi, kishilarga qanday foyda va zarar keltirishlarini bilishlari kerak.
Bolalar tabiat xodisalarining izchilligi, ketma-ket sodir bo’lishi tartibini belgilay olishni o’rganishlari zarur. Mavsumiy o’zgarishlar; o’simlik va hayvonlar o’sishidagi o’zgarishlar va ular o’rtasidagi eng oddiy bag’lanishlarni payqay olishlari lozim.
Tarbiyachi mashg’ulotlarda bolalarni dastur asosida rejali ravishda tabiat bilan tanishtiradi. Tarbiyachi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga yangi ma’limotlar beradi, ulardagi bor bilimlarni aniqlaydi va mustaxkamlaydi,kuzatishga o’rgatadi, hayvon va o’simliklarni parvarish qilishning boshlang’ich ko’nikma va malakalarni beradi.
Shunday ekan hozirgi ijtimoiy hayotimizda bolalarni har tomonlama kamol toptirishimizda buyuk mutafakkir, olimlarimiz asarlaridagi g’oyalardan bahramand etish har bir ota–onaning, o’qituvchi– tarbiyachining qolaversa barcha ta’lim muassalari va keng jamoatchilikning burchi, vazifasi bo’lmog’i lozim.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling