Katta guruh bolalarida ekologik tushunchalarni shakllantirish vositalari


Mashg’ulot orqali bolalarda ekologik bilim, ko’nikmalarni shakllantirish metodlari


Download 1.24 Mb.
bet10/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1520589
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
maktabgacha talim yoshdagi bolalarda ekologik bilimlarni shakllantirish

2.1 Mashg’ulot orqali bolalarda ekologik bilim, ko’nikmalarni shakllantirish metodlari.
Bugungi kunda ekologik savodxonlikka ega bo’lish har bir kishining muxim madaniy sifatlaridan biriga aylanib bormoqda. Ekologik savodxonlik, ekologik ong va madaniyatni shakllantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ekologik muammoga bu qadar e’tibor berilayotgani bejizga emas, albatta. Bu butun insoniyatni tashvishga solayotgan ekologik taxdid va uning oqibatlari, undan chiqishning yangi-yangi yo’llarini izlash bilan asoslangan.
I.Karimov ta’kidlaganidek: «Keng ko’lamdagi ekologik tanglik taxlilini barxam toptirish jismoniy sog’lom avlodning dunyoga kelishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar hamda ekologik jixatdan musaffo hayotiy muxit yaratish imkonini beradi».
Ma’lumki, bolaga ta’lim-tarbiya berilar ekan, uni o’rab olgan ijtimoiy muxitdan ajralgan holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bola qalbiga ta’sir etuvchi, unda insoniylik his-tuyg’ularini shakllantiruvchi muxim tarbiya vositalaridan biri tabiatni, ya’ni inson o’z yashash joyini o’rganib borishdir. Bu, albatta dastlab maktabgacha ta’lim muassasalarida turli mashg’ulotlar va faoliyatlar asosida amalga oshiriladi. Bolaning tabiat bilan yaqindan munosabatda bo’lishiga imkoniyat yaratish lozim. Ona yer boyliklarini asrashga, ularga tejamkorlik bilan munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash lozim.
MTMda beriladigan ekologik ta’lim-tarbiya orqali bolalar tabiatning tarkibini, uning in’omlarini va ularning qanchalik ahamiyatga ega ekanligini tushunib yetadilar.
«Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturida bolalarning barkamol inson bo’lib yetishishlarida ekologik bilimlar berishga alohida e’tibor qaratilgan. Chunki hozirgi davrda tabiatni muxofaza qilish va borliqni sof holda kelajak avlodga yetkazishdek muhim va kechiktirib bo’lmaydigan ekologik muammolar o’z yechimini kutib turibdi. Ekologik tanglik avj olmoqda.
Bunday holatlarning oldini olish aynan maktabgacha yoshdan berilayotgan ekologik ta’lim-tarbiyani zamon talablariga mos holda tashkil qilish bilan ham bog’liqdir.
«Yashash muhiti, tabiyat va ma’naviyat ekologiyasi bir biridan ajralmasdir». Yurtboshimining bu so’zlaridan ko’rinib turibdiki, insonning har tamonlama shakllanishiga ekologik ta’lim-tarbiyaning ro’li beqiyosdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya berish ko’proq tabiat bilan tanishtirish orqali amalga oshiriladi. Buning uchun xilma-xil ta’limiy usullardan, ya’ni ko’rgazmali, amaliy, og’zaki usullardan va yangi pedogogik texnologiyalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Bunda tabiat xodisalarini, yil fasli, mavsum haqida rasmli testlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan:
1.qor avval qayerda tushadi ?
A. Tomga.
B. O’rmonga.
D. toqqa.
2.Qishda qaysi daraxt bargini to’kmaydi ?
A. olma.
B.Yong’oq.
D.Archa.
3.Qishda qaysi havon uyquga kiradi ?
A. Tulki.
B. Ayiq.
D.Quyon.
Tevarak atrof bilan tanishtirish mashg’ulotlari ham bolalarga ekologik tarbiya berish uchun hizmat qiladi. Ayniqsa bu mashg’ulotlarda sayrlar eng samarali hisoblanadi. Bolalar sayr vaqtida qushlar, hoshorotlar, hayvonlar bilan yaqindan tanishadilar va bevosita ularni boqishlari, ularga g’amxo’rlik qilishlari ham mumkin.
Bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya berishda badiiy adabiyot mashg’ulotlarining ham o’rni katta. Masalan T. Adashboyevning «O’rik gullari» hikoyasi orqali kichkintoylarning yil fasllari haqidagi tasavvurlarini boyitish, ko’klamda tabiat o’yg’onib, dehqon va bog’bonlarning mehnati ayni qizg’in pallada bo’lishi, Bu davrda ko’chat ekib,parvarishlash ishlari avj olishi haqidagi bilimlari kengaytiriladi.
Guruxlarda tabiat burchagini tashkil etish ekologik ta’lim-tarbiya berishning asosiy omilidir. Buna bolajonlar xonadagi gullarni qanday parvarish qilish, ularning foydasi, ya’ni xona gullari zararli gazlarni yutib, toza havoning inson organizmiga foydasi haqida bilimga ega bo’ladilar.
Gullar, qushlar, uy hayvonlari, hayvonlar, o’simliklar, tabiat hodisalari haqida tasavvurga ega bo’ladilar. Ularda ekologik bilimlar shakllanadi. Bolalar tabiat xodisalariga e’tibor bilan qarashga, ular o’rtasidagi bog’lanishlar va o’zgarishlarning sababini tushunib yetishga o’rganadila, har bir o’simligu giyohga nisbatan mehr tuyg’usi shakllana borad, birgalikda mehnat qilish zavqi paydo bo’ladi. Yil fasllari bahor, yoz, kuz, qishda tabiatning o’zgarishi bilan tanishtiri, qushlar, hayvonlarni boqish, parvarish qilish, tabiatga, undagi barcha jonli va jonsiz olamga g’amho’rlik tuyg’usini shakllantiradi.
Ekologik ta’lim-tarbiya berishda bolalar ongiga «uvol»tushunchasini singdirish yaxshi natija beradi. Masalan mevali daraxtlarning shoxlarini sindirsa, anchagina mevalar uvol bo’lishini, qushlarning poloponi yoki inidagi tuxumni bolalar olib qo’ysa ularning onasi hafa bo’lishini , tuxumning sinib uvol bo’lishini va shu kabilarni aytib o’tish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga foydali faolyat turlari ham shakllanadi. Buni bolaning daraxt shoxlarini sindirmasligiga, parrandalarna, mehribonlik qilishda ko’rishimiz mumkin.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar bog’chasida ekologiyaga oid quyidagi bilimlar bilan tanishadilar:
1) jonsiz tabiyatdagi narsa va xodisalar bilan (qum, loy, toshlar, suv, ob-hovo sharoitining o’zgarishi);
2) uyda, polizda, gulzorda,bog’da, o’tloqda, o’rmonda, dalada uchraydigan eng oddiy o’simliklar bilan ;
3) eng ko’p tarqalgan uy havonlari va yovvoyi hayvonlar bilan;
4) o’simliklarni o’stirish bilan va hayvonlarni parvarish qilayotgan kishilar mehnati bilan.
Bolalar maktabga o’tish davrida suv, qum va qorning ba’zi bir xususiyatlari hamda mavsumiy hodisalar (qor yog’ishi, hovuzlarning muzlashi, daryodagi suvlarning ko’chishi, muzlarning erishi) haqida konkret tushunchalarga ega bo’lishi kerak.
Bolalar o’zlari tug’ilib o’sgan yerlarda o’sadigan va eng ko’p tarqalgan o’simliklarni barglariga, gullariga, xidiga qarab aniqlay bilishlari zarur; bu o’simliklar qayerlarda o’sishini, o’sish jarayonida qanday o’zgarishini, bu o’simliklardan odamlar qanday foydalanishlarini va qanday o’stirishlarini bilishlari kerak .
Bolalar dasturda ko’rsatilgan hayvonlarning tashqi ko’rinishdagi xususiyatlari, xarakatlari, odatlari, nimani va qanday yeyishi, qayerlarda yashashi, kishilarga qanday foyda va zarar keltirishlarini bilishlari kerak.
Bolalar tabiat xodisalarining izchilligi, ketma-ket sodir bo’lishi tartibini belgilay olishni o’rganishlari zarur. Mavsumiy o’zgarishlar; o’simlik va hayvonlar o’sishidagi o’zgarishlar va ular o’rtasidagi eng oddiy bag’lanishlarni payqay olishlari lozim.
Tarbiyachi mashg’ulotlarda bolalarni dastur asosida rejali ravishda tabiat bilan tanishtiradi. Tarbiyachi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga yangi ma’limotlar beradi, ulardagi bor bilimlarni aniqlaydi va mustaxkamlaydi,kuzatishga o’rgatadi, hayvon va o’simliklarni parvarish qilishning boshlang’ich ko’nikma va malakalarni beradi.
Mashg’ulot mavzusi: Uy havonlari.
Mashg’ulot maqsadi: Bolalarga uy havonlari va ularning turlari, inson hayotidagi o’rni, ahamiyati, yashash sharoiti, ozuqalari,parvarish qilish, avaylash singari ekologik bilimlarni xosil qildirish.
Mashg’ulotning jixozi: plakatlar, rasmlar,suratlar.
Mashg’ulot usullari: xikoya, suxbat, nasixat, uqtirish, tushuntirish, o’yin.
Tarbiyachi: Aziz bolalar bugun biz sizlar bilan «Uy hayvonlari» haqida suxbatlashamiz. Shunday ekan uy hayvonlariga: sigir, buzoq, ot, qo’y, echki, tuya, it, mushuk, eshshak, qo’zichoq, uloqcha, bo’toloq, toychoq singari hayvonlarimizni keltirishimiz mumkin. Hayvonlar rasmlari ko’rsatiladi(jadvalga qarang). Uy hayvonlari uy va xona sharoitida boqishga mo’ljallanganligi uchun ularni uy hayvonlari yoki xonaki hayvonlar deb yuritiladi.
Ular insonlarning moddiy extiyojlarini qodiradi. Masalan : sigir o’zining suti, qatiq, qaymoq, sariyog’, ayron, go’sht, pishloq, kolbasa, brinza, tvarog, muzqaymoq, singar maxsulotlari bilan inson turmush tarzini boyitadi, uning terisidan esa zavod va fabrikalarda turli kiyim-kechaklar (kurtka,tufli, etik)singarikerakli maxsulotlar tayyorlanadi.Shuning uchun biz insonlar uy hayvonlari bo’lgan sigirni yaxshi parvarish qilishimiz, ko’paytirishimiz, asrashimiz kerak. Sigir yem, xashak, somon, beda,kunjara, singari ozuqalar berilishi, yoz fasllarida esa yaylovlarda boqishi, qish faslida maxsus og’ilxona(molxona)larda saqlanishi tushuntiriladi.
Shundan so’ng tarbiyachi bolalarga savollar beradi: Kimlar sigirni ko’rgan?, ranglari qanaqangi bo’lishi mumkin?, boshqa hayvondlardan nimasi bilan ajralib turadi? singari savollar bilan qisqacha munozara qilinadi.

Shundan so’ng tarbiyachi bolalarni ham jalb qilish uchun ularga quyidagi savolar berishi mumkin:
-Kimlar sigirni ko’rgan?
-Ranglari qanaqa bo’lishi mumkin?
-Boshqa hayvonlardan nimasi bilan ajralib turadi? Singar savollar bilan munozara qilinadi.
Ot ham uy hayvonlaridan biridir. Ot inson yo’lini yaqin, og’irini yengil qiluvchi transport vositasi sifatida uy-ro’zg’or ishlarida hissasi katta. U ham xuddi sigir kabi yem, xashak, somon, beda, arpa, singari ozuqalar
bilan oziqlanadi. Ot sigirdan o’z kuchi,bo’ylarining balandligi,chopqirligi bilan ajralib turadi. Unga egar, afzal, yugan taqib miniladi. Qish faslida esa maxsus otxonalarda saqlanadi.
Qo’y qo’zi, qo’chqor, echki va uloqchalar ham inson extiyojlarini qondirib, o’zining nasli, juni, go’shti, terisi, suti(echki) kabi maxsulotlarni beradi. Qadimda qo’y yetti xazinaning biri hisoblangan. Qo’y boquvchi maxsus kishilar cho’ponlar deyilgan.
Keyingi jonivorimiz sahro kemasi nomi bilan ataladigan tuyadir. Tuya saxro va cho’llarda issiqqa chidamli bo’lgan jonivordir. Boshqa hayvonlar bajara olmagan ishlarni tuya bajaradi. Tuya suvsizlikka mo’ljallangan bo’lib to’yib suv ichsa 40 kungacha chidashi mumkin ekan. Yana uning boshqa jonivaorlardan ajralib turadigan jixati uning oyoqlari yassi bo’lib qumda yurishga mo’ljallangan. Shuning uchun bo’lsa kerak bu jonivorni «sahro kemasi» deb atalgan. Tuya yuk tashuvchi kuchli hayvon,ular beozor,chidamli,baquvvat,yuvvosh hayvon, o’t tanlamaydi.
Hamma jonivorlarning o’z nomi vazifalari bo’lgani kabi eshakning ham o’rni bor. Eshak insonlarni, ularning yuklarini va yumushlarini bajarishda doimo shay turadigan hayvondir. Eshakning boshqa hayvonlardan ajralib turadigan jixati uning bo’yi, quloqlarining uzunligi va mehnatga chidamliligidir.
Hayvonlar ichida vafodorlikda itdan o’tadigani yo’q. It uyda hamma jonli va jonsiz narsalarni qo’riqlaydi. Uni xid bilish organi boshqa jonzodlardan kuchli. Shuning uchun kechayu kunduz qo’riqchilik qilish uning vazifasidir. It uyni tashqi kuchlardan qo’riqlaydigan bo’lsa ichki salbiy xolatlardan mushuk qo’riqlaydi.
Mushuk ham turmushda foydali hayvondir. Chunki u don, arpa, jo’xori, bug’doy singari maxsulotlarni sichqonlardan qo’riqlaydi degan ma’lumotlarni bolalarga beradi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak bolalar uy hayvonlari haqidagi bilimlarni shaxsiy kundalik hayotlarida qo’llashning amaliy axamiyati katta ekanini, ularni asrab avaylash, parvarishlash haqidagi bilimlar ko’nikmaga aylantirishga muvaffaq bo’lishimiz mumkin. Shuning uchun ham mashg’ulotlarda ekologik bilimlarga oid ma’lumotlarni rasm, suratlar,o’yinlar yaxshi samara beradi.
Yuqoridagi omillar asosida ekologik ta’lim-tarbiya berish bolalarda tabiyatni muntazam kuzatib borishga qiziqish uyg’otadi. Tabiatni ximoya qilishga undaydi, bola qalbiga tabiatni e’zozlash his-tuyg’ulari oshib boradi.


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling