Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy tushunchalarni shakllantirishda o’zbek xalk ertaklarining ta’siri
Maktabgacha yosh davrida ertaklar asosida axloqiy tushunchalarni shakllantirishga quyiladigan talablar
Download 250.17 Kb.
|
dissertatsiya tayyor 2.06.2023
2.3. Maktabgacha yosh davrida ertaklar asosida axloqiy tushunchalarni shakllantirishga quyiladigan talablarRespublikamizda bugungi kunda maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim, kasb-hunarlarni egallashi, ma’nan-axloqan, jismonan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, fidoyilik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash” ustuvor vazifa etib belgilangan. Mana shu ustuvor vazifalarni amalga oshirishda mamlakatimizda maktabgacha ta’limni yanada rivojlantirish, uning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan muhim meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi O‘RQ-595-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2017 yil 30 sentabrdagi PF-5198- sonli «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonlari, 2019 yil 3 maydagi PQ-4307- sonli“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707- sonli “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari va mazkur faoliyatga oid boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi. Ertaklardan foydalanib, tarbiyalanuvchilarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishni maqsadli yo‘naltirishga doir O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari va “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish samaradorligi ortirish nazarda tutilgan.Ertaklardan foydalanib tarbiyalanuvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishni maqsadli yo‘naltirishga doir “Bolajon”, “Ilk qadam” Davlat ta’lim tayanch dasturlari asosida ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat talablari mazmuniga singdirilgan Ikkinchi bob bo’yicha xulosa Maktabgacha ta’lim muassasasining “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturida belgilanganidek, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iborat. Mazkur hujjatda maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim 4ta kompetensiyasi aks ettirilgan: kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish; o‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanish, u o‘quv-tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi; ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda axloq qoidalari va meyorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish; bilish kompetensiyasi – atrof olamni ongli idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni bajarish uchun foydalanish. Tadqiqotda maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda axloq qoidalari va meyorlarini bolalar xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida egallab borishi to‘g‘risida qat’iy xulosaga kelingan. Maktabgacha davridan boshlab bolalarda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish ko‘p bosqichli va murakkab jarayon bo‘lib, bu jarayon texnologik yondoshuvni talab qiladi. Tadqiqot ishini olib borishda xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimi Event-texnologiyasi asosida takomillashtirildi Ertak vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni takomillashtirish texnologiyasining quyidagi to‘rt bosqichi ko‘rsatib o‘tilgan. 1. Motivatsion bosqich – tarbiyalanuvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar bilan yo‘g‘rilgan xalq og‘zaki ijodi namunalarini tinglashga qiziqish, ehtiyoj va istakni qaror toptirishga qaratilgan jarayon. 2. Mazmun bosqichi – xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan ma’naviyaxloqiy fazilatlarga doir tasavvur, tushuncha va bilimlar majmuini ishlab chiqish. 3. Faoliyatli bosqich – maktabgacha yoshdagi bolalarda xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida shakllantirilishi lozim bo‘lgan ma’naviy-axloqiy fazilatlarga doir aniq vaziyatlar, faoliyat shakllarini yaratish orqali ularni amaliy faoliyatga jalb etish. 4. Qadriyatli bosqich – maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan egallangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni qadriyatga aylantirish, ularda mustahkam e’tiqodni shakllantirish maqsadida tashkil etiluvchi jarayon hisoblanadi. Download 250.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling