Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy tushunchalarni shakllantirishda o’zbek xalk ertaklarining ta’siri


Download 250.17 Kb.
bet1/10
Sana19.06.2023
Hajmi250.17 Kb.
#1609360
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
dissertatsiya tayyor 2.06.2023


Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy tushunchalarni shakllantirishda o’zbek xalk ertaklarining ta’siri



KIRISH 3
I BOB O’zbek xalq ertaklarining katta maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy tushunchalarni shakllantirishdagi o’rni muammosining nazariy o’rganilishi 7
1.1 O‘zbek xalq ertaklarining falsafiy xususiyatlari va ularning axloqiy tushunchalarni shakllantirishga ta’siri 7
1.2. O‘zbek xalq ertaklarining falsafiy xususiyatlari va ularning axloqiy tushunchalarni shakllantirishga ta’siri. 28
Birinchi bob bo’yicha xulosa 37
II BOB. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy tushunchalarni shakllantirishda o‘zbek xalk ertaklarining ta’siri muammosining nazariy asoslari 38
2.1. Katta maktabgacha yosh davrlarini psixologik xususiyatlari va ularda axloqiy tushunchalarni shakllanishini o‘ziga xosligi 38
2.2 Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy tushunchalarni shakllantirishda o‘zbek xalq ertaklari orqali axloqiy tushunchalarni shakllantirishning psixologik asosi 49
2.3. Maktabgacha yosh davrida ertaklar asosida axloqiy tushunchalarni shakllantirishga quyiladigan talablar 58
Ikkinchi bob bo’yicha xulosa 59
III BOB. MTTLARDA BOLALARNI AXLOKIY TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK TAXLILI VA TAJRIBA SINOV ISHLARI TAXLILI 60
3.1. Katta maktabgacha yosh davrida ertaklar asosida shakllantirish bo’yicha olingan natijalar tahlili 60
3.2. Katta maktabgacha yosh davrida ertaklar asosida shakllantirish bo’yicha olingan natijalar tahlili bo’yicha olib borilgan psixik rivojlanish psixokorreksiya ishlardan keying olingan natijalar tahlili 72
Uchinchi bob bo'yicha xulosalar 85
Xulosa 87
Foydalanilgan adabuyotlar ro’yxati 90

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Jahon maktabgacha ta’lim tizimida maktabgacha yoshdagi bolalarni yuksak ma’naviyaxloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxs qilib tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanib, samarali ta’lim texnologiyalariga asoslangan ta’lim dasturlarini takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyoj yanada kuchaymoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalangan holda maktabgacha ta’lim bo‘yicha samarali o‘quv rejasi va o‘qitish strategiyalarini ishlab chiqish, tarbiya tizimini jumladan; aqliy, ma’naviy-axloqiy tarbiyani folklor namunalari orqali singdirish, bu borada koreys, yapon xalqlarining folkloridan foydalanish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyo xalqlarining og‘zaki ijodida ma’lum bir xalqning pedagogik g‘oyalari, dunyoqarashi, ruhiy kechinmalari, ma’naviy-axloqiy ideallari, xalqning hayotiy tajribasi, milliy an’analari, qadriyatlari va falsafasi o‘ziga xos yo‘sinda o‘sha xalqning ibratli va qiziqarli hikoyalarida, ertaklari va o‘gitlarida tasvirlangan. Bugungi globallashuv jarayonida dunyo miqyosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning innovatsion modellari va mexanizmlarini ishlab chiqish, xalq og‘zaki ijodi namunalarini pedagogik texnologiyalar va ta’lim strategiyalari bilan o‘zaro uyg‘unlikda ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni sog‘lom muhitda ta’lim va tarbiya olishlarini ta’minlash, ularni boshlang‘ich maktab ta’limiga sifatli tayyorlash dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Mamlakatimizda soglom avlodni tarbiyalas, kelajak avlodlar uchun bilimli akl-zakovatli yoshlarni voyaga yetkazish borasida keng kulamli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev «Bolaning inson sifatida shakllanishi, avvalo, oilada va bolalar bogchasidadagi sharoit va tarbiya ishlariga boglik. Olimlar va pedagoglar bola tarbiyasi qancha erta boshlansa, shuncha yaxshi, deb xisoblaydilar» deb ta’kidlagan edi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning dastlabki bugini bulib, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashda aloxida uringa egadir. Shu jixatdan mustakillik yillarida yuu soxani rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi va so’ngi yillar ichida ta’lim soxasiga tegishli «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbir to‘g‘risida», « Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora tabbirlari to’grisida», «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish tugrisidagi» karorlar va «Maktabgacha ta’limga kuyiladigan davlat talablari ishlab chikildi.2017- yil 30-sentabrda Respublikamizda «Maktabgacha ta’lim vazirligi»ning tashkil etilganligi buning yorkin daliliki, ta’limdagi bu uzgarish aloxida e’tiborga loyik. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshkaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmogini kengaytirish, bolalarni xar tomonlama intelektual, aqliy va jismoniy rivojlanishi uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi shart­­-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichlarini oshirish va uning qulayligini ta’minlash, pedagog va tarbiyachilarning malaka darajasini yuksaltirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, rekonstruksiya kilish, kapital ta’mirlash, zamonaviy o‘kuv va labaratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan va uquv metodik qullanmalar bilan jixozlash buyicha aniq ishlarning bajarilishi nazarda tutildi. Yosh avlodning barkamolligi uning ma’naviy kamoloti va ijodiy tafakkuriga ham ko‘p jihatdan bog‘likdir. Shu nuqtai nazardan bola tarbiyasi milliy, ma’naviy, ruxiy, jismoniy jixatdan innovatsion yondashuvni talab etmoqda.
Hozirgi zamonaviy dunyoda bola shaxsining rivojlanishida maktabgacha ta’limning urni bekiyos. Xar bir inson maktabgacha yoshdagi bolaning shaxsiyatining shakllanishi oilada va bogchada sodir bulishini biladi. Axloqiy tarbiya xar doim pedagogikada shaxsni xar tomonlama shakllantirishning markaziy yunalishlaridan biri bulib kelgan. Axloqning asosi uning axlokiy xarakterini belgilaydigan, shaxsni ijtimoiy va shaxsiy xayotining barcha soxalarida ichki erkin va ijtimoiy jixatdan qadrli kiladigan shaxsiy xususiyatlar dir. Axloqiy fazilatlar axloqiy tanlov asosida yotuvchi shaxsning ijtimoiy faolligi va yetukligi darajasini, uning axlokiy madaniyatini belgilaydigan muxum ichki mexanizmlardan biridir. Katta maktabgacha yoshli bolaning axloqiy xarakterini shakllantirishntng muxum bosqichi bo’lib, u ijtimoiy munosabatlar olamiga kirib boradi. Elementar axloqiy talablarni o’zlashtiradi va ularni bajarishga o’rgatadi. Bu yoshda bolalar o’rtasida do’stona munosabatlar, kattalarga xurmat, mexnatseverlik, Vatanga muxabbat shakllanadi. Ertak bolada axloqiy fazilatlarni shakllantirishda yordam beradigan kuchli vositadir. Ertak kampazitsiyasi, yaxshilik va yomonlikning jonli qarama qarshiligi, fantastikva axlokiy jixatdan aniklangan tasvirlar, ifodali til vokealar dinamikasi, maxsus sabab-natija munosabatlari va xodisalar -bularning barchasi bolaning atrof muxitni yaxshirok tushinishiga yordam beradi. Ertak maktabgacha yoshdagi bolaning axlokiy jixatdan soglom shaxsni shakllantirishningajralmas vositasidir. Xozirgi vaqtda bolalar shavqatsizligi, bir biriga, xayvonlarga va xatto yakin odamlariga nisbatan tajavvuskorlik munosabatlarini ko’plab misollarda kurishimiz mumkin. Zamonaviy axloqiy multfil’mlarning ta’siri ostida bolalarning axloqiy fazilatlari xaqidagi g’oyalari buziladi. Bolalarning yosh xususiyatlarini bilgan xolda men hamma bolalar ham bir birlari bilan muloqot qila olmasliklarini, ba’zida dushmanlik, o’yinchoqlarni birga baxam ko’rishni istamaslik, qiyin vaziyatlarda bir biriga yordam berish istagi borligini payqadim. Bu muammoni hal kilish uchun men bolalarni ertaklar bilan tanishtirishn ishini tanladim. Menimcha, ertaklar bolaning xayotiga kirgan va o‘z moxiyatiga ko‘ra, ertak kichik bolaning xayotiga to’liq mos keladi, uning fikrlashiga va tasavvuriga yakin hisoblanadi.

Download 250.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling