Katta tip. Mesozoalar. Mollyuskalar tipi. Xalqali chuvalchanglar (Annelida) tipi. Reja


Download 170.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/22
Sana31.01.2024
Hajmi170.58 Kb.
#1830275
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
3 uz Zoologiya lek

Qon aylanish sistemasi tana bo’ylab uning orqa qismidan o’tadigan qon tomiridan iborat. Qon tomiri 
ikkiga ajralib, ikkita en xartum tomirlarini h’osil qiladi. Bu tomirlar xartumdan orqoroqda bitta umumiy qorin 
qon tomiriga birlashadi. Qorin qon tomiri ichak osti bo’ylab tananing orqa tomanigacha davom etadi. Orqa va 
qorin qon tomirlar ichak atrofini aylanib o’tadigan ikkita h’alqa tomirlari orqali tutashgan. Qoni rangsiz
leykotsitlari boladi. 
Ayirish sitemasi uch xil korinishga ega. Exiurid lichinkasi bir juft protonefridiydan iborat. 
Protonefridiy metamorfoz jaraenida reduktsiyaga uchraydi. Voyaga etgan exiuridlarda tselomga ochiladigan 
tipik nefromiksiyalar h’am boladi. Nefromiksiyalar jinsiy mah’sulotlarni chiqarish vazifasini h’am bajaradi. 
Nefromiksiyalar tananing oldingi qismida joylashgan bolib, qorin tomandan tashqariga ochiladi. kopchilik 
exiuridlarda ular 1-4 juft boladi. 
Nerv sitemasi kuchsiz rivojlangan. Markaziy nerv sistemasi qorin nerv stvoli va h’alqum atrofi nerv 
h’alqasidan iborat. Nerv sistemasi umumiy tuzulishi koptuklilarga o’xshasa-da nervh’ujayralarining nerv stvoli 
bo’ylab tarqoq joylashganligi, yani nerv gangliylarining bolmasligi bilan ulardan farq qiladi. Ayrim sezgir 
h’ujayralardan boshqa sezgi organlari h’am bolmaydi. 
Jinsiy sistemasi. Exiuridlar ayrim jinsli. Gonadalari toq. tanasi keyingi qismining qorin tomanida 
joylashgan. Jinsiy dimorfizm keskin rivojlangan. Bonelliyaning urg’ochisi yashil rangli, uzunligi 1-15 sm 
gacha, xartumining uchi ikkiga ajralgan. Erkagi juda mayda (1-3 mm) bolib, urg’ochisi nefridiylari 


bo’shlig’ida yashaydi. Erkagi tanasi kipriklar bilan qoplangan (95-rasm), tuzulishi juda soddalashgan, qon 
aylanish sistemasi bolmaydi. Erkaklarining h’aeti oziga h’os boladi. Dastlab ular urg’ochisi xartumida 
o’rmalab yuradi, songra uning ichagiga, keyin nefridiylariga o’tib oladi. Erkaklari nefridiylar orqali o’tadigan 
tuxum h’ujayralariga urug’ chiqarib, ularni urug’lantiradi. 
Rivojlanishi. Kuzatishlar lichinkalar yashaetgan muh’it sharoitini jins rivojlanishidagi ah’amiyatini 
korsatadi. Lichinkalar aloh’ida boqilganida ulardan faqat urg’ochi jins rivojlagnadi. Agar lichinka voyaga etgan 
urg’ochisi solingan idishda boqilsa, ular urg’ochisi xartumga o’tirib olib regressiv metamorfozga uchraydi, yani 
tuzilishi soddalashadi va parazit erkagiga aylanadi. Lichinkaning erkak bonelliyaga aylanishi urg’ochisi xartumi 
qoplag’ichi ishlab chiqaradigan moddaga bog’liq. 

Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling