Katta tip. Mesozoalar. Mollyuskalar tipi. Xalqali chuvalchanglar (Annelida) tipi. Reja


Sipunkulidlar (Sipunculida) sinfi


Download 170.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/22
Sana31.01.2024
Hajmi170.58 Kb.
#1830275
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
3 uz Zoologiya lek

 
 Sipunkulidlar (Sipunculida) sinfi 
Sipunkulidlar-dengizlarda suv tubidagi loyni kovlab eki bo’sh naychalarda va chig’onoqlarda 
yashaydigan chuvalchangsimon h’ayvonlar. 250 ga yaqin turi malum. Sistematik o’rni exiuridlar singari aniq 
malum emas. Voyaga etgan davrida eki lichinkalarida h’am h’ech qanday metamer belgilar korinmaydi. Ular 
h’am birlamchi segmentlashmagan tselomik h’ayvonlar h’isoblanadi. 
Sipunulidlar tanasi ingichkalashgan xartumga va birmuncha keng gavda qismiga bolinadi. Xartumi 
tanasi ichiga mah’sus muskullar erdamida tortilishi eki chiqarilishi mumkin. Og’zi xartumning uchki qismida 
joylashgan. Teri-muskul xaltasi yaxshi rivojlangan. Qon aylanish sistemasi bolmaydi. Ayirish sistemasi 
nefromiksiyalardan iborat. 
Sipunkulidlar ayrim jinsli h’ayvonlar. Tuxumidan troxofora lichinkasi chiqadi. 
Sipunkulidlar deyarli h’amma dengizlarda uchraydi. Tanasining o’rtacha uzunligi bir necha santimetr
eng yirik vakili Siphonomecus multicinctus ning uzunligi 51 sm ga etadi. 
 
Ko’ptuklilar (Polychaeta) sinfi 
Ko’ptuklilar suvda erkin suzib yuruvchi yoki suv tubida yopishib o’troq h’ayot kechiradigan h’alqali 
chuvalchanglardir. Ularda h’arakatlanishga ixtisoslashgan birmuncha murakkab tuzilgan h’arakatlanish 
sistemasi parapodiylari rivojlangan. Bosh bo’limi esa tanadan aniq ajralib chiqqan ixtisoslashgan maxsus 
bo’limdan iborat. Bosh bo’limida h’ar xil organlari: paypaslagichlar, ko’zchalar va h’idlov chuqurchalari 
joylashgan. Ko’ptuklilar baliqlar va boshqa bir qancha h’ayvonlar uchun oziq bo’lib h’isoblanadi. Bu sinfga 
8000 ga yaqin tur kiradi. 
Nereis (Nereis pelagica). Nereis dengizlarda keng tarqalgan ko’ptukli h’alqali chuvalchang. Tanasining 
uzunligi 15 sm ga yaqin bo’lib, old tomonidagi ikki bo’g’imi boshqa tana bo’g’imlaridan kengroq bo’ladi (12-
rasm). Bu bo’g’imlar bosh bo’limini h’osil qiladi. Boshida ikki juftdan paypaslagichlari, mayda ko’zchalari va 
mo’ylov deb ataluvchi 4 juft o’simtasi bor. Boshining ostki tomonida og’iz joylashgan. 
Nereisning tanasi 200 ga yaqin bir xil shakldagi h’alqalardan iborat. Har bir bo’g’imning ikki yonida bir 
juftdan kuraksimon o’simtalar joylashgan. Bu o’simtalar bir necha tutam tuklar bilan taminlangan. Shu tufayli 
nereis ko’ptukli h’alqali chuvalchanglar sinfiga kiritiladi. Kuraksimon o’simtalar h’arakatlanish uchun xizmat 
qiladi. Shuning uchun ular parapodiylar (para-o’xshash, podiy-oyoq) deyiladi. Parapodiylar yordamida nereis 
suv tubida o’rmalab yuradi yoki suzadi. Nereis mayda h’ayvonlar va suv o’tlari bilan oziqlanadi. 

Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling