Katta tip. Mesozoalar. Mollyuskalar tipi. Xalqali chuvalchanglar (Annelida) tipi. Reja
Download 170.58 Kb. Pdf ko'rish
|
3 uz Zoologiya lek
- Bu sahifa navigatsiya:
- İchki tuzilishi.
- Qon aylanish sistemasi
- Ayirish organlari
Tashqi tuzulishi. Tanasi biroz yassilashgan tsilindr shaklida, uzunligi 0,5 mm dan 3 m gacha.
Tanasining oldingi bogimi prostiomium h’araktchang, unda h’ech qanday o’simta bolmaydi. Tanasi 40-50 tanadan 600 tagacha segmentdan tashkil topgan, faqat ayrim turlarida 7-9 ta segment boladi. Kamtuklilar prostiumdan tashqari h’amma tana segmentlarida to’rt tutamdan (shu jumladan, 2 ta qorin va 2 ta en) qillar bolmaydi. Emg’ir chuvalchangida h’ar bir tutamda bir juftan, yani bitta segmentda 4 juftan qillar boladi. Qillarning joylanishi parapodiylarning orqa va qorin bolaklari o’rniga mos keladi. Kamtuklilar tanasi keyingi anal qismi, yani pigidiumda anal teshigi joylashgan. İchki tuzilishi. Kamtuklilar teri-muskul xaltasining tuzilishi koptuklilarnikiga o’xshaydi. Ularda orqa mezenteriysining bolmasligi, segmentlari orasida teri ustiga tselom suyuqligi chiqarib turadigan mayda teshikchalarning bolishi bilan farq qiladi. Ovqat h’azm qilish sistemasi ixtisoslashgan bolib, h’alqum, qizilo’ngach, muskulli oshqozon, o’rta va orqa ichak bolimlariga bolinadi . Emg’ir chuvalchanglarida qizilungach kengayib jig’ildonni h’osil qiladi. Qizilungachga morrenov bezi deb ataladigan uch juft bezlarning yo’li ochiladi. Bezlar ajratib chiqaradigan oh’ak chuvalchang ozig’i-chirietgan o’simlik qoldig’i tarkibidagi gumus kislotani neytirallashtiradi. O’rta ichakning ustki qismi, uning bo’shlig’iga botib kirib, tiflozolni h’osil qiladi. Tiflozol ichakning ichki h’azm qilish yuzasini kengaytirish vazifasini bajaradi. Qon aylanish sistemasi koptuklilarnikiga o’xshaydi. Qonning qon tomirlar bo’ylab aylanishini orqa va h’alqum atrofidagi h’alqa qon tomirlari taminlab turadi. Kamtuklilar terisi orqali nafas oladi. Terida kapillyar qon tomirlar qalin to’r h’osil qiladi. Ayirish organlari segmentlarda bir juftdan joylashgan metanefriydiylardan iborat. O’rta ichak qon tomirlarini sirtdan qoplab turadigan xloragogen h’ujayralar h’am ayirish funktsiyasini bajaradi. Xloragogen h’ujayralarda tana bo’shlig’idagi qattiq ayirish mah’sulotlari to’planadi. Bu h’ujayralar mah’sulotlari tana bo’shlig’iga tushib, maxsus teshik orqali chiqarib yuboriladi. Nerv sistemasi boshqa h’alqali chuvalchanglarnikiga o’xshash bolib, bir juft h’alqumusti gangliylar, h’alqum atrofi konnektivalar va qorin nerv zanjiridan iborat. Sezgi organlari kuchsiz rivojlangan. Kozlari bolmaydi, yomg’ir chuvalchanglari terisi yuzasida erug’likka juda sezgir h’ujayralar boladi. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling