Katta tip. Mesozoalar. Mollyuskalar tipi. Xalqali chuvalchanglar (Annelida) tipi. Reja
Download 170.58 Kb. Pdf ko'rish
|
3 uz Zoologiya lek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon aylanish
Hazm qilish sistemasi og’izdan boshlanadi. Og’iz peristomiumning qorin tomanida joylashgan. İchagi
ektodermal oldingi, endodermal o’rta va ektodermal orqa ichakdan iborat. Oldingi ichak kopincha og’iz bo’shlig’i va muskulli h’alqumga bulinadi. kopchilik yirtqich va koptuklilar h’alqumi devori kutikulasi qalinlashib, o’tkir xitin tishlar, yani jag’ plastinkalarini h’osil qiladi. Halqum ag’darilib tashqariga chiqariladiva uljani tutish vazifasini bajaradi. Yirtqichlik qilmaydigan turlarda h’alqum kuchsiz rivojlangan. O’rta ichak to’g’ri naydan iborat, orqa ichak kalta buladi. Kezib yuruvchi koptuklilar asosan yirtqich bulib, mayda umurtqasizlar bilan oziqlanadi. O’troq yashovchilvr suvda muallaq turadigan organik moddalar va mayda organizmlar bilan oziqlanadi. Ularda oziqni yig’ish va uni og’iz tomanga h’aydash vazifasini boshidagi uzun patsimon o’simtalari (palpalar) bajaradi. Bu o’simtalar nafas olish organi - jabralar h’am h’isoblanadi. Nafas olish organlari h’ar xil tuzilgan. Sodda tuzilgan vakillari teri yuzasi orqali nafas oladi. kopchilik koptuklilar parapodiylarning bir qismi, masalan, orqa mo’ylovi jabraga aylanadi. Jabraga qon tomirlari kiradi, uning devori orqali suvda erigan kislorod qonga o’tadi. Jabralar patsimon, bargsimon eki shoxlangan shaklda bulib, tananing muayyan bir qismida, masalan, boshida eki parapodiylarda h’osil buladi. Qon aylanish sistemasi tananing orqa va qorin tomani buylab joylashgan qon tomirlaridan iborat. Orqa qon tomirlari ichak ustidan, qorin tomirlari esa ichak ostidan o’tadi. Qon tomirlari bo’shlig’i birlamchi tana bushlig’i qoldig’i h’isoblanadi. İkkala qon tomirlari h’am peritoneal epiteliy ostidan o’tidigan mayda tomirlar va lakunalar h’amda tselom devorini aylanib o’tadigan qalqa tomirlar bilan bog’langan. Halqa tomirlar h’ar bir segmentda bittadan bazan bir nechtadan bolib joylashadi. Halqa tomirlar orqali qon jabralarga boradi; jabralardan va moddalar almashinuvi mah’sulotlaridan qonni tazolovchi nefridiylardan qaytadi. Qon tomirlari organlarda juda mayda ingichka kapillyarlarni h’osil qiladi. Kapillyarlar tana organlarini qalin o’rab oladi. Qon aylanish sistemasi epiq, chunki yirik qon tomirlaridan toqimalarga qon olib boruvchi kapillyarlar tug’ridan- tug’ri qon olib keluvchi tomirlarga ulanib ketadi, qon tomirlari ichida oqadi. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling