Kbk: 84(5O‘zb)7
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Қизлар дафтарига (3)
bormi, yo‘lini ayting, ustoz! Ey, attang, yaxshi
ish qilmabman! Ha, ha, yaxshi ish qilmabman! Yaxshi ish qilmaganimni mana endi, sharmanda bo‘lganimdan keyin angladim... Angladim-u, u ahdi yolg‘onni hech qachon, hech mahal yonimga yo‘latmaslikka so‘z berdim. O‘zim-o‘zimga so‘z berdim. So‘z? O, so‘zni ham so‘zida turadigan bersin ekan! Men bo‘lsam turmadim. Yo‘q-yo‘q, turolmadim. Men u yolg‘onchini jonimdan ortiq sevar, yo‘lida hasrat chekib yurar edim. Nimayam bo‘ldi-yu, bir kun yo‘limdan chiqib qoldi. Teskari burilib ketolmadim. O‘tirib gaplashdik, yurib 69 gaplashdik, uzoq gaplashdik. Goh xo‘rligim kelib yig‘lar, goh bu o‘tkinchi baxtli onlardan quvonib kular edim... Kim eshitadi endi mening oh-u zorimni! Axir, o‘sha «seni jonimdan ortiq sevaman», deb ont ichgan, oyoqlarimga bosh qo‘yib qasamyod etgan nomard meni badnom qilib ketdi. Men esam uyatli qilmishim o‘tida yonib, sharmandayi sharmisor bo‘lib qoldim... Ayting, aytinglar, odamlar, endi nima qilay, bu uyatli boshimni qaylarga uray?!» Maktub faryodidanmi, Saodat buvining boshi past ga tushib ketdi. Ko‘zoynaklari ostida bir nima yiltira gandek bo‘ldi. Yig‘ladimi, anchagacha bir nima demay, chap qo‘lining barmoqlari bilan lablarini to‘sib o‘tirdi. Qizlar ham xuddi og‘ir yuk ostidadek ezgin edilar. Tursunoy og‘ir turib kelib, buvijoniga termosdan choy quyib tutdi. Saodat buvi choydan ustma- ust ho‘pladi. Ana shundan keyingina yuziga qon yugurib, gazetani yana qo‘liga oldi. – Xo‘p, o‘qishni davom ettiraylik, – dedi u, qizlarga ko‘z yugurtirib. «Qizlar hayosi umumaxloq va odob tarkibidagi masalalarning eng muhimlaridan biri, desak xato bo‘lmas. Chunki bugungi qiz – ertaga ona. Ona esa farzandlariga hayot bag‘ishlabgina qolmay, ayni zamonda ularni xalq xizmatiga yaroqli, jamiyatga ibratli, Vatan himoyasiga salohiyatli, bardam, baquvvat, boodob, boandisha odamlar qilib tayyorlaydigan tabarruk zotdir. Shuning uchun qizlar toifasi bequsur axloqi, beg‘ubor ha- yosi bilan hamma zamon va makonda shoyon tahsindir. Bizda, bizning mamlakatimizda esa, ayniqsa, kuchli bu his. 70 Ammo bir afsusga o‘rin bor. Gul tikansiz bo‘l- maydi. Ba’zi qizlar sharafli cheklariga tushgan yuksak burchlarini, ya’ni ona bo‘lish kabi porloq istiqbollarini yo anglamaydilar, yo qadrlamaydilar. Shuning uchun ham qizlar o‘zlarining sha’nlariga yuqorida biz maktubini misol qilib keltirgan qizga o‘xshash dog‘ tushirib qo‘yishadi. Keling, qizim Muhabbatxon, shu to‘g‘rida bir voqeiy hikoyamiz bor, shuni aytib beray: «Adolat bilan Risolat degan ikki dugona bir kunda oliygohga kirdi. Adolat og‘irtabiat, o‘ziga, so‘ziga nazorati zo‘r qiz. Qadamini o‘ylab bosadi. Ammo odamovi emas. Chehrasi ochiq, kulib turgan quvnoq, sarbast qiz. Dugonasi Risolat esa, uning teskarisi – hurkak, ichimdan top. Risolat o‘rta maktabda o‘qib yurgan kezlarida o‘zini durustroq ko‘rsatishga ulgurmagan yo jur’at qilmagan ekanmi, oliygohga kirar-kirmas birdan o‘zgardi – o‘zini ham, so‘zini ham yo‘qotib, bosar-tusarini bilmay qoldi. Bu ahvolida u avvalgi hurkak Risolatga hecham o‘xshamas edi. Yurish-turishi dugonasi Adolatga Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling